Davlat qarzlaridan samarali foydalanish va ularni tog'ri boshqarish yo'llari
TMI talabalari: Shahriyorov.Z., Akbaraliyev.M
Ilmiy rahbar: Muxtorova.U
Annotastiya: Ushbu maqolada mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzi, davlat qarzining yillik limitlarini belgilash, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, ularning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va loyihalar natijalarini baholash va samarali mexanizmlari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:davlat ichki qarzlari, davlatning tashqi qarzlari,moliyalashtirish, qarz siyosati, xalqaro obligatsiyalar, xorijiy investitsiylar, imtiyozli kreditlar.
Аннотация: В данной статье анализируется государственный долг, годовые лимиты государственного долга, проанализированы приоритетные направления выбора проектов, финансируемых за счет государственного долга, ежегодного лимита государственного долга в условиях ускоренной интеграции нашей страны в мировую финансовую систему, системный мониторинг их реализации и оценка результатов проектов и эффективные механизмы их реализации.
Ключевые слова: государственный долг, внешний государственный долг, внутренний государственный долг, финансирование, кредитная политика, международные облигации, иностранные инвестиции, льготные кредиты.
Annotation: This article analyzes the effectiveness of the national debt, annual public debt limits, priority areas in selecting public-funded projects, systematic monitoring and evaluation of projects and effective mechanisms for accelerated integration into the global financial system.
Key words:Public internal debt, public external debt, financing, debt policy, international bonds, foreign investments, preferential loans
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, qarz munosabatlari dunyodagi juda ko’plab mamlakatlarga xos bo’lib, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi zamonlarda odamlar urug’larni sotib olish uchun qarz olgan, qarzni esa hosilni yig’ib olgandan keyin qaytarishgan. “Hozir ham banklar va kreditorlar kelajak taraqqiyot uchun urug’lar ekishda muhim rol o’ynamoqda. Shu bilan birga tarix hech narsa bilan kafolatlanmagan kredit ajiotaji jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga olib kelgan kabi qarz berishning salbiy tomonlarini ham biladi. Bunday muammolardan qochish uchun qarz olishga e’tiborliroq bo’lish hamda uning o’rniga investitsiyalarga ko’proq ahamiyat berish zarur”[1]. So’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilaytgan keng ko’lamli islohotlar natijasida O’zbekistonning jahon mamlakatlari va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligi kuchayib, ikki tomonlama va ko’p tomonlama samarali va o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatilib bormoqda. Iqtisodiyotni tarkibiy yangilash va modernizatsiya qilish orqali jadal rivojlantirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun xorijiy davlat va tashkilotlardan qarz va imtiyozli kreditlar jalb etilmoqda. O’zbekistonning barqaror va oshkora qarz siyosatini yuritayotgani xalqaro moliya institutlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Aynan ushbu munosabatlarda davlat bevosita ishtirokchi va garant(kafil) bo’lib maydonga chiqadi. Jalb qilingan ushbu mablag’larni samarali va manzilli ishlatilishi ustidan ta’sirchan tizim ishlab chiqilishi davlatning oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan muhtaram Prezidentimiz tomonidan aytib o’tilgan quyidagi fikrlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. “ Oxirgi uch yilda faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko’p mablag’ yo’naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilingan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerak kerakligi hamda qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalshtirishga ruxsat berilmaydi”[2].Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari oldida vujudga hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunida davlat qarziga “ davlat qarzi- davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mab’lag’ qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi” deb, ta’rif berilgan[3]. Joylashtirish joyiga qarab qavlatning qarzlari ikkiga bo’linadi:
davlat ichki qarzlari;
davlatning tashqi qarzlari.
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni jalb etish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
davlat byudjetining daromadlari va o’rtasidagi tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik tafovutni to’g’rilash;
mavjud qarzlarni qayta moliyalshtirish;
byudjet defitsitini moliyalashtirish;
tabiiy ofat va boshqafavqulodda vaziyatlar tufayli mab’lag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash[4].
Davlat kreditini boshqarish deganda yuqorida qayd etilgan davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qaytarish, ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog’liq harakatlar majmui tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |