Davlat qarzi
Davlat qarzi —
davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari
oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda
byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi.
Davlat qarzni turli
qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan
ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning
toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat
mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy
davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor.
Ichki qarz va uning foizlari
milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi.
D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti
summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng
ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi
iqtisodiyotni izdan chiqaradi,
xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni
oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning
koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi
uchun milliy iqtisodiyotni
yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini
xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz
toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.
D.q.ning boʻlishi uni boshqarishni taqozo etadi, yaʼni qarzni olish va toʻlash bilan bogʻliq
muayyan choratadbirlarni amalga oshirish lozim boʻladi. Qarz va uning foizlarini toʻlash uchun
byudjetdan pul ajratish D.q.ga xizmat qilish deyiladi. D.q.ni toʻlashdagi shartsharoitlarning
oʻzgarishi D.q. restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya
yuz berganda qarz haqining
oʻzgarishi konversiya deyiladi. Qarz toʻlash muddati choʻzilganda D.q. prolongatsiyasi yuz
beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga
aylanadi va D.q.ning konsolidatsiyasi yuz beradi. D.q.ga oʻrin boʻlmasligi
uchun davlat
harajatlari davlat daromadlari darajasida boʻlishi lozim. Bunda taqchillikka yoʻl berilmaydi yoki
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval
IluvatarBot
tomonidan amalga oshirildi
minimal darajaga keltiriladi (mas, Oʻzbekiston davlat ichki qarzini
oshirmaslik uchun byudjet
taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1997 y.da 2,2% ga, 2000 y.da 1% ga keltirildi).
Ahmadjon Ulmasov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Davlat_
qarzi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Davlat_qarzi&oldid=2054941
" dan olindi
Adabiyot