Davlat ichki qarzi Reja: kirish davlatning ichki qarzi



Download 45,97 Kb.
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi45,97 Kb.
#301303
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat ichki qarzi


Davlat ichki qarzi

Reja:

KIRISH

  1. Davlatning ichki qarzi

  2. Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining turlari

  3. Davlatning kreditor sifatidagi o’rni uning ichki va tashqi kreditlari 


KIRISH

Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqningboshqa sub’yektlari oldida vujudga kelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi”dir deb, ta’rif berilgan.

Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo’linadi:

    • davlat ichki qarzlari;


    • davlatning tashqi qarzlari.


Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi.

Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy

shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Odatda, davlat o’z rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi. Masalan, biror bir korxona ijtimoiy ob’ektni o’zining yoki jalb qilingan mablag’lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o’z vaqtida moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet muassaslarida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana shunday vaziyat qaror topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi payda bo’ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994- 2000 yillarda qisman qaror topgan edi.

Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.

Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzining ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy bank) tomonidan amalga oshiriladi.

Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin:


    • iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalish-larini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;


    • davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to’g’rilash;


    • mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish;


    • byudjet defitsitini moliyalashtirish;


    • tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash.


Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:




    • qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat g’aznachilik qog’ozlari;


    • kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli);


    • O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;


    • byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;


    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.




Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo’lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo’yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag’larini jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar emissiya qilinadi. Investorlarni qo’shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foyda-laniladi.

Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo’lgan mamlakat investorlarining o’ziga xos bo’lgan manfaatlari hisobga olinadi.

Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:

    • qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish;


    • ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.




Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq, faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari deb e’tirof etiladi.

Davlat qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:


    • byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish;


    • Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o’tkazishni ta’minlash;


    • tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish.


Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to’lanishi kerak. Shunga o’xshash, qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valyutada ifodalanishi va shu valyutada to’lanmog’i lozim.

Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi.



Download 45,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish