MUSTAQILLIK — BARCHA EZGU REJA VA
MARRALARIMIZNING MUSTAHKAM MEZONIDIR
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi tabrik so‘zi
Aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun mamlakatimiz, butun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intilib
kutgan, hayotimizning ma’no-mazmuni, ongu shuurimizni tubdan
o‘zgartirgan Mustaqillik kunining yigirma ikki yilligini baland ruh va
shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.
Ana shu buyuk ayyom bilan, haqiqatan ham barchamiz uchun eng
ulug‘, eng aziz bayram bilan siz, qadrli yurtdoshlarimni, sizlarning
timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklashdan baxtiyorman.
Mustaqillik deganda, uning ma’no-mazmunini biz avvalo huquq deb
qabul qilamiz. Mustaqillikka erishish – bu o‘z taqdirimizni qo‘limizga olib,
yurtimizning yer osti va yer usti boyliklariga ega bo‘lish, biz qanday ulug‘
tarix, madaniyat va ma’naviyatga ega ekanimizni, o‘zligimizni chuqur
anglab, beqiyos salohiyatimizni ishga solish, qadriyatlarimizni, dinu
diyonatimizni tiklash kabi buyuk va muqaddas burchimizni amalga
oshirishdir.
Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo‘lmasdan, o‘z milliy
manfaatlarimizni,
uzoq
va
davomli
maqsadlarimizni
ko‘zlab,
iqtisodiyotimizning
barqaror
sur’atlar
bilan
o‘sishini
ta’minlash,
aholimizning farovonligini, xalqaro maydonda Vatanimizning obro‘-
e’tiborini munosib darajaga ko‘tarishdir.
Shu bilan birga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam
zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-
qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan hayotga kirib kelayotgan
yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish
demakdir.
Biz oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda o‘tgan
yigirma ikki yil davomida erishgan va jahon tan olgan yutuq va marralar –
milliy demokratik davlat qurish, iqtisodiyotimizni yangi asosda tashkil
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
etish, hayotimiz darajasi va sifatini oshirish borasidagi keng ko‘lamli
ishlarimizni, shahar va qishloqlarimiz, butun mamlakatimizning qiyofasi
tobora ochilib, obod bo‘lib borayotganini ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazadigan
bo‘lsak, qani, ayting, aziz do‘stlarim, qadrdonlarim, istiqlolga erishmasdan
turib, bunday yuksak natijalarga yetib borishimiz mumkinmidi?
Bunga javob bitta: Yo‘q va aslo yo‘q.
Faqatgina mustaqillik va yana bir bor mustaqillik bu yo‘lda tog‘dek
mustahkam asos va qudratli zamin bo‘ldi.
Barchani hayratda qoldirayotgan bunday ulkan o‘zgarishlarni sarhisob
qilishda tabiiy bir savolga murojaat qilsak o‘rinli bo‘ladi: ya’ni, biz kecha
kim edigu bugun kim bo‘ldik?
Kecha O‘zbekistonimiz o‘ta og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
girdobida qolib ketgani, qoloq, faqatgina paxta xomashyosi yetishtiradigan
mintaqaga aylanib qolgani, xalqimizning hayot darajasi va sotsial ahvoli
qanday ayanchli holatda bo‘lgani va bularning barchasi respublikamizni jar
yoqasiga
olib
kelgani,
o‘ylaymanki,
hali-beri
ko‘pchilik
yurtdoshlarimizning yodidan chiqqan emas.
Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda o‘zini o‘zi boqishga qurbi
yetmagan nochor o‘lkadan o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, o‘z
sarhadlari, o‘zining tinch va osuda hayotini himoyalashga qodir bo‘lgan,
bugun izchil va barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy,
mustaqil va suveren davlatga aylangani barchamizga g‘urur-iftixor
bag‘ishlamoqda
va
aksariyat xalqaro kuzatuvchilarning
havasini
tortmoqda.
El-yurtimiz qanday katta yutuq va marralarga erishganining tasdig‘ini
anglash uchun oxirgi yillar davomida biz qo‘lga kiritgan natijalarni,
Vatanimizning bugungi salohiyati va o‘sish sur’atlarini o‘zida yaqqol ifoda
etadigan ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratishni o‘rinli deb bilaman.
Bugungi kunda 2000-yilga nisbatan mamlakatimizning yalpi ichki
mahsuloti 3,1 barobar, aholi jon boshiga hisoblaganda 2,6 karra o‘sgani,
eksport hajmi 4,4 barobar, nominal ish haqi solishtirma narxlarda 22-
marta, pensiyalarning o‘rtacha miqdori 12,7 barobar oshgani, aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad esa 8,4 barobar ko‘paygani va
oxirgi olti yil davomida iqtisodiyotimizning o‘sishi 8 foizdan oshib
kelayotgani – bularning barchasi dunyo miqyosida kamdan-kam
uchrayotgan raqamlar, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.
Istiqlol yillarida yoqilg‘i-energetika, g‘alla mustaqilligiga, o‘zimizni
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
eng zarur iste’mol mollari bilan to‘liq ta’minlashga erishganimiz, eng
muhimi, yurtimizda aholi salomatligi mustahkamlanib, onalar o‘limi 3,2
barobar, bolalar o‘limi 3,4 barobar kamaygani, odamlarimizning o‘rtacha
umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaygani bizning qanday
katta yuksalish yo‘lini bosib o‘tganimizdan va xalqimizning hayot sifati
o‘sib borayotganidan dalolat beradi.
Vaqt o‘tishi bilan biz tanlagan, chuqur o‘ylangan demokratik
islohotlar, dunyoda “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan taraqqiyot
strategiyasi naqadar to‘g‘ri ekaniga, xalqimizning manfaatiga to‘la javob
berayotganiga yana va yana bir bor iqror bo‘lmoqdamiz.
Biz erishgan yutuq va marralarning asosiy omili haqida gapirganda,
hech ikkilanmasdan aytish mumkin – biz bugun o‘zimizning
dunyoqarashimiz, ongu tafakkurimiz, hayotga, mehnatga, yon-atrofga
munosabatimiz bilan kechagi – 90-yillardagi odamlar emasmiz.
Biz bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, siyosiy, huquqiy va
ma’naviy saviyasi tobora o‘sib borayotgan, o‘z kelajagini, kim uchun va
nima uchun mehnat qilayotganini o‘ziga aniq tasavvur etayotgan xalqmiz.
Biz bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik
jamiyati qurish, dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga
ko‘tarilishdek oliy maqsadni o‘z oldimizga qo‘ydik va bu yo‘ldan bizni
hech qanday kuch qaytara olmaydi.
Hurmatli yurtdoshlarim!
Bugun biz boshimizdan kechirayotgan notinch va tahlikali zamonda
turli
mintaqalarda,
yon-atrofimizda
qarama-qarshilik
va
qonli
to‘qnashuvlar tobora kuchayib borayotganini ko‘rib, kuzatib, beg‘amlik va
beparvolikka yo‘l qo‘ymasdan, hushyorlik va uyg‘oqlik bilan yashashni
hayotning o‘zi barchamizdan talab etmoqda.
Biz eng katta boyligimiz bo‘lmish, jamiyatimizda hukm surayotgan
millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi do‘stlik va ahillik, mehr-oqibat muhitini
mustahkamlash, yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro hurmat va
hamjihatlikni yanada kuchaytirishni o‘zimizning eng ustuvor vazifamiz
sifatida ko‘ramiz.
Shu ma’noda, xalqimizning yurak-yuragiga singib, hayotining
mazmuniga aylanib ketgan “Bizga tinchlik va omonlik kerak” degan ezgu
da’vatni amalga oshirish hammamizning eng dolzarb vazifamiz bo‘lishini
istardim.
Muhtaram do‘stlar!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
Shu fursatdan foydalanib, bugun bizning bayram quvonchimizga
sherik bo‘layotgan yurtimizdagi xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro
tashkilotlarning vakillariga, barcha hurmatli mehmonlarimizga samimiy va
ezgu tilaklarimizni izhor etishga, ularning barchasiga sihat-salomatlik va
ishlarida yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz.
Mana shu unutilmas damlarda ko‘pni ko‘rgan, ne-ne sinov va
qiyinchiliklarda toblangan, ko‘p asrlik tariximizda o‘chmas iz qoldirib,
O‘zbekistonimizning bugungi va ertangi kunini bunyod etishda fidoiylik
ko‘rsatib kelayotgan mehnatkash va bag‘rikeng xalqimizga beqiyos
hurmatimni bildirib, bosh egib ta’zim qilishni o‘zimning burchim deb
bilaman.
Bugun mana shu keng maydonni to‘ldirib o‘tirgan, suyanchimiz va
tayanchimiz bo‘lmish o‘g‘il-qizlarimizga, mening farzandlarimga qarata
aytmoqchiman: biz o‘z oldimizga qo‘ygan kelajagi buyuk davlat qurishdek
olijanob maqsadga yetish yo‘lida men sizlar kabi mard va shijoatli
yoshlarimizga, ilmu fan cho‘qqilarini egallashga bel bog‘lagan, qiyinchilik
va sinovlar oldida bosh egmaydigan, bugun hayotimizning hal qiluvchi
kuchi bo‘lib maydonga chiqayotgan sog‘lom va barkamol avlodimizga
ishonaman.
Men qayerda, qanday yig‘ilish, qanday anjuman bo‘lmasin, siz,
navqiron yoshlarimizning vakillari bilan uchrashganda, sizlarning yonib
turgan
ko‘zlaringizni,
kuch-g‘ayratga
to‘lgan
qaddi-qomatingizni
ko‘rganda qalbimda beixtiyor katta g‘urur va iftixor paydo bo‘ladi. Men
sizlarning barchangizni haqiqatdan ham yaxshi ko‘raman, sizlar uchun,
sizlarning baxtu saodatingiz uchun butun borlig‘imni bag‘ishlashga ham
tayyorman.
Marrani doimo baland qo‘yib yashang, aziz bolalarim, davr bizniki,
marra bizniki!
Muhtaram vatandoshlarim, qadrdonlarim!
Mana shu munavvar oqshomda hammangizni bag‘rimga bosib,
Mustaqillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu
baraka tilayman.
Vatanimizni, xalqimizni Yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon
niyatlardan asrasin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
Do'stlaringiz bilan baham: |