Islom karimov o‘zbekiston erishgan yutuq va marralar — biz tanlagan islohotlar yo‘lining tasdig‘idir


bir-birini takrorlamasdan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana20.02.2022
Hajmi1 Mb.
#461254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 22-jild. O\'zbekiston erishgan yutuq va marralar - biz tanlagan islohotlar yo\'lining tasdig\'idir

bir-birini takrorlamasdan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha
faoliyatini 
yo‘lga qo‘yayotgani g‘oyat muhimdir. Bunday holat esa kelajakda yuz 
berishi mumkin. 
Hurmatli hamkasblar! 
Belarus Respublikasining MDHga raisligi, bizning fikrimizcha, faol va 
amaliy xususiyatga ega bo‘ldi va Tashkilot doirasida unga a’zo 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
37
mamlakatlarning umumiy maqsad hamda vazifalarini ilgari surishga 
yordam berdi. 
Fursatdan foydalanib, Ukrainani navbatdagi davrda MDHga raislik 
qilishi 
bilan 
tabriklab, 
Ukraina 
Prezidenti 
Viktor 
Fedorovich 
Yanukovichga ushbu mas’uliyatli missiyani amalga oshirishda katta 
muvaffaqiyatlar tilayman. 
E’tiboringiz uchun tashakkur.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
OSIYO QUYOSH ENERGIYASI FORUMINING OLTINCHI 
YIG‘ILISHIDAGI NUTQ 
Hurmatli Forum ishtirokchilari!
Xonimlar va janoblar! 
Siz, aziz mehmonlarimizni, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya 
institutlari, xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlari, yirik agentlik va 
kompaniyalar, tadqiqot markazlari vakillari, mutaxassis va ekspertlarni – 
Forumning mazkur yilig‘ishida qatnashayotgan barcha ishtirokchilarni 
Toshkent shahrida qabul qilish va qutlash, hammangizga chuqur hurmat-
ehtiromimizni bildirish biz uchun katta sharafdir. 
Men Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao janoblariga 
Forum yig‘ilishida shaxsan ishtirok etayotgani, «Quyosh energiyasi 
bo‘yicha Osiyo tashabbusi»ni hayotga tatbiq etishga qo‘shayotgan ulkan 
hissasi, Osiyo taraqqiyot banki va uning tuzilmalari tomonidan quyosh 
energetikasidan foydalanish va uni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish 
sohasida ko‘rsatilayotgan beqiyos yordam uchun alohida minnatdorlik 
bildiraman. 
Forum majlisida ishtirok etayotgan Xalqaro energetika agentligi 
(XEA), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish 
tashkiloti (YuNIDO), Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro markazlar 
va tuzilmalar vakillariga, mazkur anjumanga katta qiziqish bildirgan 
barcha mehmonlarimizga samimiy tashakkur izhor etaman. 
«Quyosh energiyasi texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyalari va 
istiqbollari» mavzusidagi mazkur yig‘ilish uchun taklif etilgan kun 
tartibini, birinchi navbatda, «Quyosh energetikasi uchun uskunalar va 
ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish va Osiyo uskunalar 
bozorini kengaytirish istiqbollari» kabi masalalarni har tomonlama 
muhokama qilish, hech shubhasiz, g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, 
ko‘plab davlatlar va mintaqalarda katta amaliy qiziqish uyg‘otadi. 
Ma’lumki, sivilizatsiyalar tarixida eng samarali energiya manbalarini 
topish doimo alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Birinchi navbatda, 
elektr va issiqlik energiyasining asosiy xomashyosi bo‘lgan uglevodorod 
zaxiralarini o‘zlashtirish uchun so‘nggi o‘n yillikda ulkan miqdordagi 
investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi va yo‘naltirilmoqda. 
Bugungi kunda energiya resurslari manbalari, neft va gaz zaxiralariga 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
39
ega bo‘lish cheksiz daromad olish va xalqaro maydonda o‘zining mavqei 
va ta’sirini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadigan eng muhim 
omillardan biri ekani hech kimga sir emas. 
Keyingi paytda uglevodorod xomashyosini qazib olish borasida yuz 
bergan, «slanets inqilobi» deb atalayotgan yangi bosqich ertaga ba’zi 
qit’alar, mamlakat va hududlarning energetika bozoridagi hamda jahon 
maydonidagi kuchlarning geosiyosiy joylashuvidagi o‘rni va rolini 
o‘zgartiradigan jiddiy omilga aylanishi mumkinligiga shubha qilmasa ham 
bo‘ladi, deb o‘ylayman. 
Biroq bunday o‘zgarishlar qayta tiklanadigan energiya manbalariga, 
birinchi navbatda, dunyodagi eng sof quyosh energiyasidan foydalanishga 
bo‘lgan, yildan-yilga ortib borayotgan qiziqish va ehtiyojni hech qachon 
susaytira olmaydi. 
Bu haqda gapirganda, quyidagi faktga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda elektr 
energiyasi ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari o‘rtacha 3,4 foizni tashkil 
etayotgan bir paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng 
istiqbolli tarkibiy qismi bo‘lgan quyosh energiyasi keyingi besh yil 
davomida har yili misli ko‘rilmagan sur’atlarda, ya’ni 60 foizga oshmoqda. 
Ana shu 5-yil mobaynida quyosh energetikasi sohasiga yo‘naltirilgan 
yalpi investitsiyalar hajmi 520 milliard dollarni, jumladan, faqat 2012-
yilning o‘zida 143 milliard dollarni tashkil etdi. 
Quyosh stansiyalari tomonidan 2012-yilda ishlab chiqarilgan jami 
elektr energiyasi 113 milliard kilovatt-soatni, jumladan, fotoelektr 
stansiyalar bo‘yicha 110 milliard kilovatt-soatni tashkil etdi. 
Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, dunyoda muqobil va qayta 
tiklanadigan energiya manbalarini izlab topish va ularning samaradorligini 
oshirish, xususan, elektr va issiqliq energiyasi olish uchun quyosh 
energiyasidan foydalanishga bo‘lgan qiziqishning jadal o‘sib borishiga olib 
kelayotgan sabablar ko‘p. 
Birinchi navbatda, bu jahon iqtisodiyotida energiyaga bo‘lgan 
talabning yil sayin ortib borayotgani bilan bog‘liq. Yana bir sababi 
shundaki, an’anaviy uglevodorod xomashyosi bo‘lmish neft va gazning 
yangi manbalarini o‘zlashtirish tobora qiyinlashib borayotgani va shu bilan 
birga, ularning zaxiralari kamayib ketayotgani xalqaro hamjamiyatda 
tashvish uyg‘otmoqda. 
Ammo shu borada hech qachon e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40
shunday muhim bir omil borki, u ham bo‘lsa, qazib olinayotgan 
yoqilg‘idan foydalanish misli ko‘rilmagan darajada kengayib borayotgani 
atrof-muhitga sezilarli darajada zarar yetkazayotgani, aholining salomatligi 
va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani va kelajakda global miqyosda 
barqaror rivojlanishga xavf solayotgani bilan bog‘liq. 
Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llaridan biri, bu, 
avvalo
, qayta 
tiklanadigan energiyaning eng samarali va istiqbolli manbai sifatida 
quyosh energetikasini rivojlantirish loyihalariga investitsiya yo‘naltirishni 
yanada ko‘paytirishdan iborat. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish