Islom karimov o‘zbekiston erishgan yutuq va marralar — biz tanlagan islohotlar yo‘lining tasdig‘idir


“Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana20.02.2022
Hajmi1 Mb.
#461254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 22-jild. O\'zbekiston erishgan yutuq va marralar - biz tanlagan islohotlar yo\'lining tasdig\'idir

“Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida 
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda joriy yilda Toshkentda 
tashkil qilingan Xalqaro quyosh energiyasi instituti ilmiy va ilmiy-
eksperimental tadqiqotlar o‘tkaziladigan mintaqaviy markazga 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur tadqiqotlar natijalari quyosh 
energiyasidan foydalanish bo‘yicha istiqbolli texnologiyalar sifatida 
joriy etilishi mumkin.
O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Samarqand 
viloyatida 100 megavatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr 
stansiyasini qurish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishga kirishdi. 
Qisqa muddatda uning loyiha-texnik hujjatlari tayyorlandi, 400 gektardan 
ortiq yer maydoni ajratildi, ob’ekt qurilishini boshlash bilan bog‘liq deyarli 
barcha masalalar hal etildi. 
Biz kelgusida yuqori samara beradigan, yangi texnologiyalarga 
asoslangan yana bir nechta yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishga 
kirishishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Hozirgi vaqtda shu 
maqsadda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 6 ta 
hududida eng zamonaviy o‘lchash stansiyalari joylashtirildi va har 
tomonlama puxta ishlangan loyihalarni tayyorlashda zarur bo‘ladigan 
barcha ma’lumotlarni yig‘ish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston 
fotoelektrik modullar va quyosh energetikasida qo‘llanadigan boshqa 
uskunalarni ishlab chiqarish uchun boy xomashyo zaxiralariga ega ekanini 
alohida qayd etishni istardim. 
O‘tgan yili mamlakatimizda Janubiy Koreyaning “Neoplant” 
kompaniyasi bilan hamkorlikda yillik quvvati 12 ming tonnani tashkil 
etadigan texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavod foydalanishga 
topshirildi. Bugungi kunda “Angren” maxsus industrial zonasida 
Koreyaning “Shindong Enerkom” kompaniyasi ishtirokida yillik quvvati 5 
ming tonna bo‘lgan kremniy ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavod qurilishi 
nihoyasiga yetkazilmoqda. Kelgusida ushbu mahsulot yuqori samarali 
fotoelektrik quyosh panellari ishlab chiqarish uchun xomashyo manbai 
bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari ishtirokida 2014-
yilda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida dastlabki quvvati 
50 megavatt bo‘lgan fotoelektr panellari ishlab chiqaradigan, “Jizzax” 
maxsus industrial zonasida esa yiliga 50 ming dona quyosh issiqlik 
kollektorlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi. 
O‘zbekistonda maishiy va uy-joy-kommunal sohada, xususiy uylarda 
quyosh energiyasidan foydalanishni keng joriy etishga, bu borada zarur 
ishlab chiqarish va servis imkoniyatlarini shakllantirishga katta e’tibor 
qaratilmoqda. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bunday texnologiyalarni keng 
miqyosda qo‘llash yaqin yillarda yurtimiz energiya tizimiga tushayotgan 
energiya yukini 2 milliard kilovatt-soatga qisqartirish, lokal tarzda qariyb 2 
million gigakaloriyaissiqlik energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash 
imkonini beradi. Bu esa yiliga jami 250 million dollardan ortiq qiymatdagi 
energiya resursini tejashni ta’minlaydi. 
Mamlakatimizda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga 
oshirilayotgan Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish dasturi 
doirasida har yili namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1,5 
million kvadrat metrdan ziyod bo‘lgan 10 mingdan ortiq yakka tartibdagi 
zamonaviy uy-joylar barpo etilayotganiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. 
Mazkur dastur doirasida biz texnik jihatdan ilg‘or, quyosh energetikasi 
texnologiyalari qo‘llangan, yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan 
uy-joylarni dunyodagi, jumladan, Yevropa va Osiyodagi bu sohada eng 
taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda, ommaviy 
ravishda qurishni ko‘zda tutmoqdamiz. 
Biz yaqin yillar mobaynida asosan uzoq va borish qiyin bo‘lgan 
hududlardagi 1300 ta umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarini 
tajriba 
tariqasida 
quyosh 
kollektorlari 
bilan 
ta’minlashni 
rejalashtirmoqdamiz. Qishloq joylardagi 600 dan ortiq vrachlik punktlarida 
fotoelektrik panellar o‘rnatiladi. 
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirgan holda, bir xulosani 
ta’kidlab aytishga barcha asoslarimiz bor. Ya’ni, 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish