www.ziyouz.com
kutubxonasi
124
Navro‘zi olam o‘lkamizga qadam qo‘yishi bilan har birimiz yon-
atrofimizdagi mavjudotning uyg‘onishi, kurtaklar va gul-chechaklar
ochilishi, yeru ko‘k bag‘rida yuz berayotgan o‘zgarishlardan,
bahor
nafasidan bahramand bo‘lamiz, ona tabiatimizning uzviy va ajralmas bir
qismi ekanimizni beixtiyor chuqur his qilamiz.
Ayni shu pallada xuddiki tabiat olami bilan uyg‘un va mushtarak
bo‘lib, bu osuda hayotni har bir kunining qadriga yetib, shukronalik
hissiyoti bilan yashash kerakligini yana va yana bir bor anglaymiz.
Bunday ajoyib lahzalarda millati, tili, dinidan qat’i nazar, yurtimizda
yashayotgan har qaysi inson, har qaysi oila
shodu xurramlik bilan bahor
sog‘inchi va orzu-niyatlarini, yorug‘ chehrasini namoyon etishga intiladi.
Shu fayzli, shodiyona kunlarda har qanday gina va arazlar, nizo va
adovatlar unutiladi, yurtdoshlarimiz sumalak, halim, ko‘ksomsa kabi tansiq
taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida to‘planib, qalbini dunyoga keng
ochib, Navro‘z ne’matlarini, bayram quvonchini yaqinlari, yoru birodarlari
bilan baham ko‘rishni istaydi.
Barcha-barchaga sog‘liq-omonlik, baxt-saodat tilaydi, tabarruk
keksalarni ziyorat qilishga, ularning duosini olishga hozir bo‘ladi.
Shu
mo‘tabar
ayyomda
bemorlar,
yetim-esirlarning,
muhtoj
insonlarning ko‘nglini, ruhini ko‘tarish, barcha savob ishlarni amalga
oshirish – bularning hammasi xalqimizning qon-qoni,
ong-ongiga singib
ketganidan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragida saqlab kelayotganidan
darak beradi.
Ayni shunday paytlarda o‘zimga o‘zim bir savol beraman. Dunyoda
bizning mehribon, mehmondo‘st xalqimizga o‘xshagan xalqni topish
mumkinmi o‘zi? Aminman – hech qachon!
Aziz do‘stlarim, birodarlarim, bizning xalqimiz nimani istaydi?
Avvalo, o‘z yurtida va qo‘shni mintaqalarda, butun olamda tinchlik-
osoyishtalik hukm surishini, turli-turli hududlarda davom etayotgan mojaro
va qarama-qarshiliklar
kuch ishlatmasdan, faqatgina tinchlik yo‘li bilan,
siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishini xohlaydi.
O‘z osmonining musaffo bo‘lishini, tinchlik barqaror bo‘lgan hayotni
istaydigan xalqimiz o‘zgalarga ham ayni shunday tilaklarni ravo ko‘radi.
Fursatdan foydalanib, bizga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, bugun mana
shu davrada o‘tirgan chet davlatlarning muhtaram elchilarini, xalqaro
tashkilotlar vakillarini, butun diplomatik korpusni, olis va yaqindagi
mamlakatlarning xalqlarini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, ularga ravnaq
www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Muhtaram do‘stlarim!
Mening istagim – mana shu shukuhli, tarovat sochilib turgan damlarda
shu muazzam bog‘da bizga mehr bilan boqib turgan buyuk Alisher Navoiy
bobomizning “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” – degan tilaklari xuddi
yangitdan qulog‘imizga chalingandek tuyulsin, shunday xush kayfiyat siz,
azizlarimga, butun el-yurtimizga doimo yor bo‘lsin.
Bugun
hayotga kirib kelayotgan, bilagi kuch-quvvatga to‘lib
borayotgan yigit-qizlarimizning ochiq chehrasiga boqib, aytmoqchiman –
barchamiz bir narsani esimizdan chiqarmasligimiz zarur: Vatanimizning
taraqqiyoti haqida, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoriga
ko‘tarilishimizni avvalo siz, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizning
salohiyati,
bilimga
chanqoqligi
va
ilmu
fan
cho‘qqilarini
o‘zlashtirishingizga, yetuk va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishingizga
qarab xalqaro jamoatchilik bizning nimalarga qodir ekanimizga baho
beradi.
Shuning uchun ham biz o‘zligini, o‘z qadr-qimmatini, Vatani oldidagi
o‘z
burchini chuqur anglagan, o‘z oldiga baland marralar qo‘yib,
dunyodagi barcha tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor farzandlarimni
bizning ishonchimiz va tayanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz, deb yuksak
qadrlaymiz va siz yoshlarimizni e’zozlab kamol toptirishda o‘zimizni hech
qachon ayamaymiz.
Aziz va navqiron, ko‘zni quvontiradigan bolalarim – Navro‘zi olam
barchangizga bahordek ochilish, baxt va omad, sevgi-muhabbat olib kelsin,
eng ezgu orzularingizni ro‘yobga chiqarish sizga nasib etsin.
Aziz qadrdonlarim!
Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayzu baraka arimasin!
Tabarruk otalarimiz, munis onalarimizning umrlari uzoq bo‘lsin, aka-
ukalarimiz, opa-singillarimizning ko‘nglidagi pok niyatlari ijobat bo‘lsin!
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!