www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 20,8
foizga o‘sgani, inflyatsiya darajasi 6
foizdan ortmagani, bozor va
do‘konlarimiz rastalari to‘kin-sochin bo‘lib, ko‘zni quvontirayotgani, narx-
navo me’yordan oshmagani – bularning barchasi, hech shubhasiz,
xalqimizning farovonligi, hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganining
yaqqol dalili va isboti, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Yangi yilda ham ayni shu siyosatni izchil davom ettirish asosida
aholimizning moddiy ahvoli yanada yaxshilanib, oylik ish haqi, pensiya,
stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori bu raqamlardan kam bo‘lmaydi,
deb barchangizni ishontirib aytishga to‘liq asoslarimiz bor.
Qadrli yurtdoshlar!
Bugun biz katta orzu-umidlar bilan kutib olayotgan yangi – 2014-yil
haqida, barchamizning e’tiborimiz markazida turishi zarur bo‘lgan
vazifalar haqida gapirganda,
eng avvalo, qo‘lga kiritgan yutuqlarga
mahliyo bo‘lmasdan, beparvolik kayfiyatiga berilmasdan, erishgan
natijalarimizni tanqidiy baholab, hayot talablari bilan hamohang bo‘lib,
ko‘zlagan istiqbolimizga qadam qo‘yishimiz nihoyatda muhimdir.
Shu ma’noda, birinchi navbatda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni,
mehr-oqibat, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni, qo‘shnilarimiz bilan
do‘stona munosabatlarni
yanada mustahkamlash, har qanday balo-
qazolarni ostonamizga yo‘latmaslik, sarhadlarimiz daxlsizligini ko‘z
qorachig‘idek asrash, buning uchun Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va
qudratini oshirishga alohida ahamiyat berish – bugungi kunda notinch
zamonning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb vazifalar qatorida
saqlanishi zarur.
Biz tanlagan va o‘tgan davr mobaynida o‘zini to‘liq oqlagan, chuqur
o‘ylangan,
jamiyatimizni
demokratlashtirish
va
hayotimizni
erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish va samarasini
oshirish siyosatimizni davom ettirish yangi yilda barcha dasturlarimiz va
kundalik harakatlarimizning maqsadlariga aylanishi kerak.
Shu borada zamonaviy korxonalarni ishga tushirish hisobidan
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish, kichik biznes,
xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatlarini rivojlantirishga keng yo‘l
ochib berish, sog‘liqni saqlash, biz uchun muhim o‘rin tutadigan ta’lim-
tarbiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, keng ko‘lamli bunyodkorlik
ishlarimizni davom ettirish yangi yilda ham eng ustuvor vazifalarimiz
bo‘lib qoladi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
Kirib kelayotgan 2014-yilning yurtimizda “Sog‘lom bola yili” deb
e’lon qilinganini xalqimiz katta mamnuniyat bilan kutib olgani va keng
qo‘llab-quvvatlayotgani
bu
qaror
el-yurtimizning
olijanob
orzu-
intilishlariga naqadar hamohang ekanidan dalolat beradi.
Haqiqatan ham, bolalarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga
yetishi, ularning baxtu iqbolini ko‘rish – har bir ota-ona, har qaysi oilaning
eng ulug‘ va muqaddas orzusidir.
Shu bilan birga,
hammamiz yaxshi tushunamizki, faqatgina jismoniy
va ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimga, o‘z fikr va qarashlariga
ega bo‘lgan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yangi avlodimizni kamol toptirish – biz
ko‘zlagan obod va farovon hayot barpo etishning asosiy garovi va aytish
mumkinki, hal qiluvchi sharti bo‘lib maydonga chiqmoqda.
Ayni shu haqiqatni chuqur anglab, “Sog‘lom bola yili” deb nom olgan
2014-yilda va kelgusida ham bu masala, bu vazifa ham davlatimiz, ham
jamiyatimiz, barcha-barchamizning doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi
lozim.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Yangi yil kirib kelishiga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu hayajonli
damlarda barchamiz Yaratganimizdan
ezgu orzu-maqsadlarimizning
ro‘yobga chiqishini, xonadonlarimizning qut-barakasi, fayzini berishini
chin qalbimizdan so‘raymiz.
Kirib kelayotgan yangi yilimiz yurtimizga, barcha-barcha oilalarga
baxtu saodat va omad keltirsin!
Har birimizning pok niyat va tilaklarimiz ijobat bo‘lsin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!