Mavzu: Mahorotli musiqa o’qtuvchisi qanday bo’lish kerak. Reja: O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog. O`qituvchining musiqiy pedagogik mahorati



Download 26,2 Kb.
Sana04.11.2022
Hajmi26,2 Kb.
#860311
Bog'liq
mahoratli musiqa


Mavzu: Mahorotli musiqa o’qtuvchisi qanday bo’lish kerak.


REJA:


1. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog.
2. O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati.
3. Mahorotli o’qtuvchilar.
Respublikamiz hukumati oliy va xalq ta'limi sohasida o`rtaga qo`ygan vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchiga bog`liq. Yangi iqtisodiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga etishish, o`quvchi-yoshlarning xilma-xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashiga bo`lgan munosabatiga bog`liq. Uzluksiz ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati davlat va jamiyatning diqqat markaziga qo`yilgan. O`qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, yuksak mahoratli, mulohazali bo`lishlariga e'tibor berilmoqda. Shuni aytish kerakki, pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi musiqiy - pedagogik mahoratiga ega bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina etarli emas. Chunki, pedagogik nazariyada o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g`oyalar bayon etiladi. Pedagoglarning yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Lekin, o`rta maxsus ta'lim xayoti, amaliy jarayoni esa xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham mustaqil O`zbekiston davlatining umumiy ta'lim muassasalarida ishlaydigan o`qituvchi, pedagog faoliyatiga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy, diniy bilimlarni mukammal egallagan, ma'naviy barkamol, O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to`g`ri anglagan, e`tiqodli fuqaro, ixtisoslik, psixologik, pedagogik bilimli va mahoratli bo`lishi muhimdir.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo`lish uchun tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruxiy xislatlar jo bo`lishi kerak. Pedagoglik faoliyatida yoshlarni o`qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va o`quvchilarning izzat-hurmatiga sazovar bo`lishi uchun kishida layoqat, qobiliyat, mahorat, qiziqish bo`lmog`i lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o`qituvchi pedagogik mahoratga ega bo`lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo`ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo`lishi mumkin.
Musiqiy - pedagogik mahoratga ega bo`lish uchun eng avvalo qobiliyatli, malakali va uddaburon bo`lishi kerak. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo`ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishida iste'dodning o`rni beqiyosdir. Ana shundagina, qobiliyat deb ataluvchi ruxiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo`lishi uchun pedagogda qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo`lishi lozim. Bilim qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, ko`zatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obru ortira olish qobiliyati, kelajakni ko`ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati va x.k.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir pedagogning muhim xayotiy o`rni o`z ishining ustasi bo`lishdir. Master (usta) juda ilg`or, bilimdon, yoki o`z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Musiqa o`qituvchisining pedagogik mahorati uning faoliyatida ko`rinadi. Pedagog avvalo, pedagogik jarayonning qonuniyati va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo`lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Mahorat - bu alohida qudrat. Xaqiqiy usta mehnat faoliyati chog`idagina go`zaldir. Musiqiy - pedagogik mahoratga etishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Musiqiy - pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati deganda, kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin ko`rinishi sifatida tushuniladi. O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan kishining individualligini harakterlaydi.
Hozirgi tadqiqotlarda musiqiy - pedagogik mahoratning o`ziga xosligi quyidagi kategoriyalarda jamlanadi:
ijrochilik mahorati;
musiqiy-pedagogik faoliyati;
ijodkorlik faoliyati;
musiqiy bilimdonlik;
musiqiy uslubi;
innovatsion faoliyat;
pedagogik texnologiya.
O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog – bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir. Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi:
umumiy madaniyatning yuqori darajasi va bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatgichi;
o'zining o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim sohibi;
pedagogika, musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi, umumiy va pedagogik psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, yaxshi ijrochilik mahoratiga ega bo`lish, ularda o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish;
musiqa o`qitish metodikasini mukammal egallanganlik.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratining mazmunida quyidagi o'zaro bog'lik bo'lgan asosiy qismlarni ajratish mumkin:
musiqiy- pedagogik insonparvarlik yo'nalishi;
musiqa mutaxassisligiga doir bilimlar;
musiqiy- pedagogik qobiliyat;
musiqiy - pedagogik texnika (ko'nikma-iqtidor).
Hozirgi zamon jamiyatining hamma sohada har kimdan tashabbuskorlikni, ijodni, mustaqil fikrlashni talab qiladi. Dars - pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni. Pedagogning asosiy pedagogik ehtiyoji - o'rgatish, etkazib berish - aynan darsda amalga oshadi. Shunday ekan, dars ta'lim jarayonini tashkil qilishga to'g'ri, yangicha munosabat kerak.
Dars jarayonida pedagog oldida muhim bir masala turadi. O`quvchilarni bilim olishga jalb qilish, ularni olg'a harakatlantirishdir. Bu esa pedagog va o`quvchilarni (o'zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun o'qitishga majbur qilmaslik kerak. Pedagogik hamkorlikning qarashlaridan biri, darsda o`quvchidagi qo'rquvni yo'qotish, uni erkinroq, dadilroq qilish, o'zini kuchiga ishontirish, unga jiddiy ijod qilishga qodir shaxs sifatida qarash. Darsda aniq maqsad g'oyasi. Bu o`quvchilar bilan hamkorlik ruhida ish olib borish, ularga aniq bir maqsad qo'yib, bu maqsadning murakkabligiga va buni amalga oshirishga ishontirish - ularda o'ziga bo'lgan ishonchini, aniq, mushkul masalani ham echa olish mumkunligini shakillantrish.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratida darsning o'rni muhim. Dars shunday markazki, pedagogning har bir tafakkuri va harakatlari shu markaz atrofida aylanib, yana unga qaytib keladi. Har bir dars o'qitish jarayoniga o'zining, faqat unga xos bo'lgan hissasini qo'shadi. Zamonaviy dars faqat o'qitishning metod va formalari bilan cheklanib qolmay, balki ta'lim-tarbiya, rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish, pedagog va o`quvchi faoliyatida birgalikdagi o'zaro bog'liqligini ro'yobga chiqarishni talab qiladi.
Dars pedagogdan ijodiy pedagogik tafakkur, pedagogik mahoratni talab qiladi.
Pedagogning o'qitish vositalari uning ijodkorligiga, ko'p qirrali bilimga, o`quvchilarni sevish, faoliyatiga asoslanadi. Dars berishda pedagogning muvaffaqiyati uning nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog'liq.
Dars tayyorlash jarayonida pedagog shu predmetga qarashli, psixologik-pedagogik, metodik kitoblarni, jurnal va gazetalarni muntazam ravishda o'qib borishi, badiiy adabiyotdan, har xil kinofil'mlardan foydalanishi kerak. Dars berish jarayonida vositalar har xil bo'lishi mumkin. Bu pedagogning ixtisosligiga, uning qiziquvchanligiga, ehtiyojlariga, intellektual faoliyatiga bog'liq. Albatta, bunda o'rganilayotgan material mazmunini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Dars bir nechta omillardan iborat. Shularning asosiy davlat pedagogikasi tomonidan qabul qilingan material. Pedagog o'quv dasturining asosiy yo'nalishlarini bilishi kerak. Har bir darsda 3 ta masalaga e'tibor qaratishi kerak. Bular:
Tarbiyaviy masalalar- pedagogning bo'layotgan masalalarga, atrofga bo'lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Ularda insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini tarbiyalaydi.
Ilm oshiradigan masalalar - o'z ichiga o`quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishini oladi.
Bilish masalalari- o`quvchilarda o'rganilayotgan materiallardan asosiysini, muhim joylarini ajrata olish qobiliyatini, o'quv faoliyatida va fikrlashda mustaqil bo'lishni, o'qishda qiyinchiliklarni engishni shakillantirish.
Mahoratli pedagog o`quvchilar ruxiyatini, bilim darajasini hisobga oladi. Ba'zi pedagoglarga o`quv materiali tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi.

Bunday pedagoglar o`quvchilarni emas, balki o`zlarini nazarda tutadilar.
Qobiliyatli, tajribali pedagog o`zini o`quvchining o`rniga qo`ya oladi. U fanning ilmiy-nazariy asoslarini o`quvchilarga tushintirish maqsadida ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning harakter va shaklini aloxida uylab chiqadi. Mahoratli pedagog dars materialini bayon etish jarayonida o`quvchilarning qanday o`zlashtirayotganlarini o`quvchilarning qator belgilar asosida payqab oladi va zarur xollarda bayon qilish usulini o`zgartiradi. Shuningdek, pedagog o`quvchilarni savodli o`zlashtirishlari uchun zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga o`tishlari, ishdan bo`shashi, lanjlik, layoqatlariga barham berish uchun minimal darajada foydalanish, vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar ish boshlamaydi.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati, odobi, madaniyati yuksak bo`lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, saxovatli bo`la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Pedagog umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy urganib, ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq etishi lozim. Shu bilan birga milliyligimizni, asrlar sinovidan o`tgan an'analarimizni, hamisha iymon-e`tiqod bilan yashash kabi xayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, ham yuksaltirib borishi va ularni o`quvchilar qalbiga singdirish zarur. O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati o`z moxiyatiga ko`ra ijodiy harakteriga ega. Ma'lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka extiyoj tug’iladi.
Albatta bunda pedagog talabchan, mehribon, sabrli, bosiq va o`z kasbiga nisbatan e`tiqodli bo`lishi lozim. O`quvchini butun qalbi bilan sevadigan pedagog ko`proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. O`quvchilarga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda, ularga o`z harakterini o`tkaza oladi, odamiylik namunasi bulib ko`rinadi.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik nazariyalarning ahamiyati katta, chunki, ma'naviyatimizning shakllanishida o`z-o`ziga ega bo`lgan ulug` insonlar faoliyati to`g`risida, ularga quyilayotgan talablar haqida zamonaviy pedagogik texnologiyalar to`g`risida nazariyalar pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy manbai bo`lib xizmat qiladi. Pedagogik tajribalarni takomillashtirishda ilmiy pedagogik ma'lumotlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Musiqa o’qituvchisi yuksak madaniyatli, o’z kasbiga cheksiz sadoqatli, ilg’or pedagogik tafakkur egasi bo’lmog’i lozim. U o’zi uzluksiz kasbiy va madaniy rivojlanish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. U pedagogika, ruxshunoslik, musiqa o’qitish metodikasi, estetika nazariyasi fanlaridan xususan musiqa o’qitishni chuqur bilishi va malakalar egasi bo’lmog’i darkor. Ayniqsa, unda musiqa o’qituvchisi ixtisosi zarur me’yorida cholg’uchilik, honandalik va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo’lmog’i lozim.
Musiqa o’qituvchisi pedagog muloqot ustasi bo’lishi har qanday vaziyatda ham pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Izlanuvchan, ijodkor o’qituvchilar tajribasi va kashf etgan yangi usullari musiqa ta’lim-tarbiyalar doimiy ravishda rivojlanishlar asosiy tayanchi va ilxom manbaidir. Musiqa o’qituvchisi san’at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy ma’rifiy ishlarning sardoridir. Hozirgi musiqa o’qituvchisi ilmiy tafakkur egasi, ilg’or tajribalar shaydosi izlanuvchan va ijodkor bo’lib, musiqa o’qitishlar yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog’i lozim. U musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimidagi jaxon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan, hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning yuqori sifat ko‘rsatkichini ta’minlash, ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlari asosida takomillashtirishga kirishildi. Barcha o‘quv fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarini o‘quv jarayonida qo‘llab va o‘quv yili yakunida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar shu standartlarga mosligini aniqlash bo‘yicha maktab, tuman, shahar, respublika darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda.
Milliy dasturda ko‘zda tutilgandek, zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlandi. O‘quv - uslubiy, ilmiy, innovatsion, zamonaviy texnologiyalar mukammallashib, o‘quv jarayoniga tatbiq etib borilyapti.
Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish, hamda ta’lim mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir - biri bilan o`zviy aloqada bo‘lib, ulardan birortasini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda nimani (qaysi mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchimiz yoki o‘rgatmoqchimiz, degan savol tug‘iladi.
O`rgatish ham, o‘rganish ham ularning oxirgi natijasi ham ta’lim mazmuniga bog‘liq.
Har xil mazmundagi matnlarni o‘ziga xos usullar bilan o‘zlashtirish qabul qilinganligi uchun o‘rgatishning qanday bo‘lishi uning mazmunidan kelib chiqadi, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi, ya’ni o‘rgatuvchiga bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, didaktik tafakkur bu - o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.
O`qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi.
Shu boisdan ham, pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o‘quv jarayonidagi eng samarali vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo pedagogik amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Hozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta’lim standartlarini o‘quv jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir.
Agar bu vazifa amalga oshirilmas ekan, ta’lim - tarbiya sohasida sifat va samaradorligiga erishish, o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalari xal etilmay qoladi.
Pedagogik texnologiya hozirda barcha pedagogik kasblar, hamda ta’lim -tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo‘lishlari zarur.
Ta’lim - tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida, uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.
Musiqa madaniyati o‘qituvchisining pedagogik mahoratlaridan eng avval birinchisi ta’lim - tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganishi lozim. Bu albatta ko‘pgina muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda oddiy o‘qituvchilarning faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki, tajribalarni o‘rganish jarayondagi muammo: yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Bunda ko`zatish, intervyu olish, anketalashtirish, o‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarini o‘rganish metodlaridan foydalaniladi, masalan: ko`zatishda o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsaddan kelib chiqqan holda, ko`zatish bayonnomasini olib boradi. Bu jarayon aniq reja asosida olib boradi.
Suhbat esa fakt - dalillar to‘plash yoki ko`zatish davomida to‘plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi.
«Suhbat mustaqil yoki yordamchi metod sifatida qo‘llaniladi».
Anketalashtirish material to‘plash maqsadida amalga oshiriladi. Mahoratli o‘qituvchi barcha o‘quvchilar kabi maktab hujjatlarini o‘rganishi lozim. Bunga o‘qituvchilarning shahsiy varaqalari, metodistning habarlari, kundaliklar, majlis bayonnomalaridan habardor bo‘lishi nazarda tutiladi. Shuningdek, darsdan tashqari musiqiy to‘garak ishlarini olib boradi. Jumladan: Qadimgi Gretsiyada musiqa yordamida donolikni, mardlikni tarbiyalashi mumkin deb hisoblangan. Haqiqatdan har bir san’at insonga ruxiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa ayniqsa emotsional ta’sir etishda katta kuchga ega. Shuning uchun ko‘pgina davlatlarda musiqadan ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha keng foydalaniladi.
Maktablar faoliyatining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv tarbiya jarayonini yangi yo’llarini amalga oshirish va uni olib borishning ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif, hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p yangi texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni qo‘llaniladigan metodlari va vositalari bo‘yicha etarlicha ko`p o‘xshashliklarga ega, ularni shu umumiy belgilariga ko`ra tasnif qilinadi:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
falsafiy asosi bo‘yicha;
asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha
mazmun xususiyatlari bo‘yicha;
boshqaruv turi bo‘yicha;
bolaga yondashuvi bo‘yicha;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini quyidagicha tasniflash mumkin:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
falsafiy asosi bo‘yicha; majburlash pedagogikasi;
(umumiy majburiy ta’lim); asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha:
asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratilgan, shu bilan bir vaqtda shaxsning har tamonlama rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha; asossiativ - reflektor bo‘lib, suggestiya (namuna, misol, o‘rnak ibrat ko‘rsatish)ga tayangan holda;
shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim - tarbiya jarayonida tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi;
boshqaruv turi buyicha an’anaviy mumtoz (klassik) bo‘lib unga ta’limning texnik vositalari qo‘shilgan;
bolaga yondashuv buyicha avtoritator;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlar buyicha tushuntirish - ilyustratsiyalash;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Shu bilan bir vaqtda jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi.
Download 26,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish