BIZ DOIM TARIXDAN SABOQ CHIQARIB, TINCHLIKNI
QADRLAB, G‘URUR VA IFTIXOR BILAN YASHAYDIGAN
XALQMIZ
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari
uchun berilgan intervyu
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va
qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng
nishonlanmoqda
Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘tabardir.
Davlatimiz
rahbari
tashabbusi
bilan
mamlakatimizda
keng
nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana
shunday insonparvar tamoyillar o‘z ifodasini topgan.
Bu sana urushlarda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz
xotirasiga ta’zim qiladigan, bugun saflarimizda yurgan, osmonimiz
musaffoligi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan nuroniylarga yuksak
hurmat-ehtirom ko‘rsatiladigan ezgu marosimdir.
Bunday kunlarda bugungi tinch va osuda hayot, musaffo osmon,
to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotishlar, sinov va mashaqqatlar
evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. Bizga nasib etgan mustaqillik,
tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini teranroq anglaymiz.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan
«Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi
farmoni urushda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga, olovli
janggohlardan omon qaytgan ota-bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-
bardosh bilan yenggan momolarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana
bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq urush qatnashchilari va
nogironlariga pul mukofotlari va bayram sovg‘alari tantanali ravishda
topshirildi. Ularning holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy yordam
ko‘rsatildi.
9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu
yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat
a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
Maydon uzra mahzun musiqa taraladi.
Soat 9:00. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
Karimov kirib keldi.
Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona
haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz
xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
– Bugun barcha vatandoshlarimiz, butun xalqimiz Xotira va qadrlash
kuni deb nom olgan ulug‘ ayyomni, fashizm ustidan qozonilgan
G‘alabaning 69-yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda. – Shu kunlarda
barchamiz o‘z insoniy burchimizni ado etib, bugungi tinch hayotimiz
uchun, musaffo osmonimiz uchun jang maydonlarida jon berib urushdan
qaytmaganlarni eslaymiz, ularning arvohlarini shod etib, o‘chmas xotirasi
oldida bosh egamiz.
Bugun oramizda sog‘-salomat hayot kechirayotgan, barchamiz uchun
aziz va muhtaram bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, urushda
qatnashgan mardlarga, shu bilan birga, front ortida mehnat qilib, G‘alaba
kunini yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizga chin
qalbimdan hurmatimni bildiraman va ularga o‘z nomimdan, butun
xalqimiz nomidan bardamlik, uzoq umr, baxtli hayot tilayman, dedi
davlatimiz rahbari.
Hayotimizga,
xonadonlarimizga
fayz
va
baraka
beradigan
faxriylarimizning ko‘nglini ko‘tarish, ularning hayotini uzaytirishga,
umrini mazmunli qilishga qo‘limizdan kelgancha hissa qo‘shish, ularga
g‘amxo‘rlik va mehribonlik ko‘rsatish bizning insoniy burchimiz ekanini,
bu hayot g‘animat ekanini unutmasligimiz zarur, desam, barchaning fikrini
ifodalagan bo‘laman.
Aytish mumkinki, kishilik tarixidagi eng qonli, eng katta yo‘qotish va
mislsiz qurbonlarga, el-yurtimiz o‘rtasida qancha-qancha musibat va
ofatlar, g‘am-alamlarga, beva-bechoralar va yetimlarning paydo bo‘lishiga
sabab bo‘lgan beshafqat urush tugaganidan buyon oradan qariyb 70-yil
o‘tmoqda. Lekin yurtimizda birorta xonadon yo‘qki, bu mash’um urushni
esidan, xayolidan chiqargan bo‘lsa.
O‘ylaymanki, bu borada ba’zi bir raqamlarni takror va takror esimizga
olishimiz, bolalarimizga, yosh avlodimizga yetkazib turish uchun ularni
doimo xotiramizda saqlashimiz darkor, deb ta’kidladi Prezidentimiz.
Agar urushdan oldin mamlakatimizda 6,5 millionga yaqin aholi
yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 milliondan ko‘prog‘i janglarda qatnashgan.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
128
Yoki o‘sha paytdagi xalqimizning taxminan uchdan bir qismi qo‘liga qurol
olib, jangu jadallarda ishtirok etgan, qonini to‘kkan.
O‘sha yovuz urushda 500 mingga yaqin yurtdoshlarimiz halok bo‘lgan,
qancha odam bedarak ketgan, qancha-qancha insonlar mayib-majruh bo‘lib
qaytgan.
Bu raqamlar xalqimizning fashizm ustidan g‘alaba qozonishga qanday
ulkan, hech unutilmas hissa qo‘shganini ko‘rsatadi va buni birortamiz ham
esimizdan chiqarmasligimiz darkor.
Bu haqda gapirganda, urush yillarining og‘ir qiyinchiliklariga mardona
bardosh berib, front ortida mehnat qilgan, urush tufayli O‘zbekistonga
ko‘chirilgan qancha-qancha odamlarga, ota-onasidan ayrilgan minglab
yetimlarga boshpana bergan, hatto oxirgi nonini ham ular bilan baham
ko‘rgan xalqimizning fidoyiligi, bag‘rikengligi haqida har qancha faxrlanib
gapirsak, arziydi. Chunki el-yurtimizning ma’naviy qudrati, uning
odamiylik fazilatlari, mehr-oqibati, mardligi va olijanobligi ayni mana
shunday unutilmas voqealarda, tarixiy misollarda yaqqol namoyon bo‘ladi,
deb ta’kidladi Yurtboshimiz. Shuning uchun ham urushda halok
bo‘lganlarning,
urushdan
qaytmaganlarning
nomlarini
azim
poytaxtimizning markazida va joylarda barpo etilgan Xotira maydonlarida
oltin harflar bilan muhrlab qo‘yib, bundan 16-yil oldin 9-may sanasiga
Xotira va qadrlash kuni deb nom berganimiz naqadar to‘g‘ri bo‘lganini
bugun hayotning o‘zi yana bir bor tasdiqlab bermoqda.
Vaqt o‘tadi, zamonlar o‘tadi, lekin uzoqni ko‘zlab, hayotning o‘zi
o‘rtaga qo‘yayotgan talablarni inobatga olib, odamiylik, insonparvarlik
fazilatlarini ulug‘lash, umuman, Vatan uchun, elu yurt uchun xizmat qilgan
insonlarning nomlarini saqlash, inson xotirasini e’zozlash yo‘lida qilingan
bunday savobli ishlar, o‘ylaymanki, hech qachon unutilmaydi.
Prezidentimiz urush hech qachon qaytarilmasligi uchun bunday fojia
va balolarning oldini olish, doimo ogoh va hushyor bo‘lish zarurligini
ta’kidladi.
Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli hudud va mintaqalarida, olis
va yaqin atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora kuchayib
borayotganini ko‘rmoqdamiz.
Ayrim joylarda qon to‘kilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani,
fashizm degan balo yana bosh ko‘tarayotgani, millatchilik, shovinizm kabi
xavfli ofatlar maydonga chiqayotgani, bir so‘z bilan aytganda, vaziyat
tobora keskinlashib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
tashvishga solmasdan qo‘ymaydi.
Bugungi kunda har bir inson albatta bunday g‘oyat xavfli holatlarni,
shular qatorida sobiq ittifoq hududlarida paydo bo‘layotgan qarama-
qarshiliklarni ko‘rib, kecha yaqin do‘st bo‘lganlar ertaga o‘zaro
dushmanga, o‘ta xatarli vaziyat yuzaga kelib qonli urushga aylanib
ketmasligini istaydi.
Bunday tahlikali vaziyatda bizning yondashuvimiz va qarashlarimiz
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida, xalqaro huquqiy normalarda
belgilab, muhrlab qo‘yilgan asosiy prinsiplarni so‘zsiz bajarishdir,
zo‘ravonlikka, kuch ishlatishga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni, nizolarni faqat siyosiy yo‘l,
tinch vositalar bilan hal etish lozim, davlatlarning siyosiy suvereniteti va
chegaralari daxlsizligining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Bu bizning qat’iy siyosatimizdir, dedi davlatimiz rahbari.
Butun dunyo xalqlarining ezgu orzusi, xohish-irodasi bitta. U ham
bo‘lsa, urush hech qachon, hech qanday shaklda qaytarilmasin, degan
talabdir. Bunday istak, bunday maqsad jahondagi barcha xalqlarning
manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Chunki, hech qaysi xalq urushni xohlamaydi.
Bizning yon qo‘shnimiz bo‘lgan Afg‘oniston xalqi ham, agar o‘z holiga
qo‘ysa, o‘zaro kelishib, tinch hayot kechirgan bo‘lardi.
Biz qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik barqaror bo‘lishini istaymiz.
Afg‘oniston bilan aloqalarimiz va hamkorligimizni ikki tomonlama asosda
tashkil qilishni ma’qul deb bilamiz.
Shu fikrlardan kelib chiqib, yana bir bor ta’kidlamoqchiman, dedi
Islom Karimov, bizning xalqimizga tinchlik va omonlik kerak. Ko‘pni
ko‘rgan xalqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan,
mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon
va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga yetish
mumkin.
Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan, har birimizdan
ogoh va sezgir bo‘lib yashashimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinch
hayotimizni o‘zimiz asrashimizni talab etadi. Faqatgina tinchlikni niyat
qilishimiz, orzu qilishimiz emas, balki tinchlik, osuda hayot uchun,
musaffo osmon uchun albatta kurashishimiz darkor.
Mening ishonchim komil: orqamizga qarab, xolisona baho berishimiz
zarur. Biz kechirgan hayot oson o‘tgani yo‘q. Biz oldin o‘tmagan katta
maktabni o‘tdik. Bugungi odamlarimiz, ularning dunyoqarashi, ongu
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
tafakkuri, siyosiy va ijtimoiy faolligi, hayotning ma’nosiga qarashi yon
atrofimizdagi vaziyat o‘zgarishi bilan yaqqol o‘zgarib borayotgani bugun
har qadamda namoyon bo‘lmoqda, deb ta’kidladi Prezidentimiz.
Sodda qilib aytganda, bugungi fuqarolarimiz, bugungi insonlar bilan
90-yillardagi odamlar o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor, desak, bu ham
haqiqat.
Shu haqda gapirganda, biz, avvalambor, o‘tgan davr mobaynida
qanday qiyin, qanday og‘ir bo‘lmasin, qanday mashaqqatli sinovlarni
boshimizdan kechirishga to‘g‘ri kelmasin, o‘zimizning oriyatli, g‘urur va
iftixor bilan yashaydigan xalq ekanimizni, o‘z tariximizni, kimning
avlodlari ekanimizni esimizdan chiqarmadik. Va uzoqni ko‘zlab oldimizga
qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun o‘zimizni ayamadik, barcha-barcha
tahdid va xavf-xatarlardan el-yurtimizni himoya qilishga doimo tayyor
bo‘lib turdik.
Aynan shuning hisobidan, ana shunday olijanob, o‘xshashi yo‘q
xalqimiz borligi uchun O‘zbekistonimiz bugungi kunda jahondagi kamdan-
kam davlatlar qatorida yuksak, barqaror sur’atlar bilan o‘sib, odamlarning
kundalik turmushi, hayoti har tomonlama obod va farovon bo‘lib
bormoqda. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, biz barchani hayratda
qoldiradigan marralarni qo‘lga kiritmoqdamiz va ertangi kunga katta
ishonch bilan yashamoqdamiz.
Ayniqsa, yoshlarimiz, farzandlarimizning yonib turgan ko‘zlari,
g‘ayrat-shijoati, bilimga intilishi, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmayman,
degan
harakatini
yorug‘
kelajagimizning,
ezgu
maqsadlarimizga
erishishning asosiy omili va garovi sifatida ko‘ramiz, dedi Islom Karimov.
Joriy yilga yurtimizda Sog‘lom bola yili, deb nom berganimiz, hech
shubhasiz, ayni shu yo‘lda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlarimizni
yangi yuksak bosqichga ko‘tarishi va ulkan natijalar berishi muqarrar.
Mana shunday niyatlarimiz bugun ro‘yobga chiqayotganiga yaqinda
Qoraqalpog‘istonga borganda katta bir qurilish – Surg‘il gaz-kimyo
kompleksida bo‘lgan suhbatda guvoh bo‘ldim.
Dunyoda kamdan-kam uchraydigan qiymati qariyb 4 milliard dollarlik
ana shu kompleksni qurishga Janubiy Koreyadan kelgan, ko‘p
mamlakatlarda bo‘lgan mutaxassislarning yoshlarimiz haqida o‘z
taassurotini yashirmasdan, balki g‘ururlanib gapirganini aytishni joiz, deb
bilaman.
Ayniqsa, koreyalik ish boshqaruvchi, ya’ni menejerning aytgan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
so‘zlari esimda qoldi. U biz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mana
shunday obyektlarni barpo etishda qatnashganmiz, dedi. Lekin, hech
qayerda O‘zbekistondagidek aql-zakovatli, zehni o‘tkir, intiluvchan
yoshlarni ko‘rganimiz yo‘q. O‘zbek yoshlarining har qanday murakkab
jarayon va texnologiyalarni tez o‘zlashtirib olishi bizda hayrat uyg‘otdi,
degan gaplari, o‘ylaymanki, barchamizga mamnuniyat yetkazmoqda.
Haqiqatan ham, bunday yoshlarimizni, ertangi kunimizning tayanchi
va suyanchi, davomchisi bo‘lgan, tobora hal qiluvchi kuchga aylanib
borayotgan farzandlarimizni ko‘rib, ularning chehrasiga boqib, oldimizda
turgan barcha-barcha yuksak marralarni egallaymiz, ezgu maqsadlarimizga
erishamiz, o‘z murodimizga yetamiz, degan ishonchimiz yanada
mustahkamlanadi.
Ollohdan tinchlik, osoyishtalik berishini, yomon ko‘zlardan asrashini
so‘raymiz.
So‘zimning nihoyasida muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni
bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barcha-barchangizga
uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman, dedi
Prezidentimiz.
Shu kuni Motamsaro ona haykali poyi gullarga burkandi. Xotira
maydoni oqshomga qadar yurt tinchligi va ozodligi, avlodlarning porloq
istiqboli uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo
etish uchun kelgan ziyoratchilar bilan gavjum bo‘ldi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
132
Do'stlaringiz bilan baham: |