Hozirgi kunda mamlakatimiz har tomonlama barqaror rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirmoqda. Yurtimizda to’qimachilik va yengil sanoat sohasida erishilayotgan yutuqlar salmog’i juda yuqorilashib bormoqda
Hozirgi kunda mamlakatimiz har tomonlama barqaror rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirmoqda. Yurtimizda to’qimachilik va yengil sanoat sohasida erishilayotgan yutuqlar salmog’i juda yuqorilashib bormoqda. Mamlakatimizda to’qimachilik va yengil sanoat sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmida to’qimachilik tarmog’ining ulushi tobora otib borayotgani, bunda buyurtmachilarga xomashyo emas, tayyor mahsulot yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilgani diqqatga sazovor.
Bugungi kunda viloyatimizda eksport salohiyatini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishni tizimli tashkil etish borasida Namangan muhandislik-texnologiyasi instituti professor-o’qituvchilar tomonidan hamda ilmiy tadqiqodchilar o’rtasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda [1].
Namangan viloyatini 2020-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan tikuv buyumlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarini nomlari quyidagicha keltirilgan (1-jadval).
Ushbu jadvaldan ma’lumki mustaqillik davrida tashkil etilgan “Iftihor”, “Chust textile”,“Istiqlol dizayn markazi”, “Style textile” , “Lyuks plus servis” tikuv korxonalari rivojlanishi davomida texnologik jarayonini bir necha bor o’zgartirib hozirda optimal rejimda ish olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21- dekabrdagi “2017-2021-yillarda to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida”gi qarori sohada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Mazkur dastur 2020-yilga qadar yurtimizda yetishtirilgan paxta tolasini to’liq qayta ishlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport salohiyatini
2.7 barobardan ko’proqqa oshirish hamda ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni nazarda tutadi. Bu yengil sanoat tarmog’ining yangi raqobatbardosh qiyofasini yaratish va jahon savdo maydonlariga ishonchli kirib borishimizni ta’minlaydi [2].
Dasturga muvofiq yaqin besh yilda 2milliard 200 million dollor investitsiya jalb etib,120 dan ortiq yangi korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan bo’lib, 20 ta mavjud korxona modernizatsiya qilinadi. Natijada mamlakatimizda to’quv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2.2 barobarga ko’payadi.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida kelgusi yilning o`zida
61 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo`lsa, kelgusida har yili 100 dan ortiq loyiha joriy etiladi.
Eng muhim oldimizda turgan vazifalardan biri bu – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni va xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat.
Namangan aholisi o`zining mohir hunarmandlari va ustalari bilan dunyoga tanilgan. Viloyatimiz hunarmandchilari mahsulotlari xususan, xon atlas, adras va beqasam kabi milliy matolarimizdan tayyorlangan liboslar O`zbekistondan tashqarida ham ma'lum va mashxurdir.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlikning bunday noyob an'analari Namangan ahlining qon-qonida bo`lib, avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Mustaqillik davrida milliy an'anaviy qadriyatlarimiz tiklanishida Namangan hunarmandlarining alohida munosib hissasi bor.
Bitiruv malakaviy ishini dolzarbligi va ahamiyati. Bugungi kunda mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor tikuv buyumlarini raqobatbardoshligini oshirish va zamonaviy modaga mos bo`lgan yangi kiyim assortimentlarni yaratish avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini qo`llashning ahamiyati katta. Buning zamirida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini sifat ko`rsatgichlarini taminlashda asosiy omillardan biri bo`lgan texnologik tayyorlov kabi barcha jarayonlarda zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda, tikuvchilik korxonalari faoliyatini barqarorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etayotganligi hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.