Sorochka etak qismiga ishlov berish
Sorochkalarni shim ichiga kirgizib yoki shim ustiga chiqarib yurish mumkin. Bu asosan sorochka konstruktsiyasiga bog’liq bo’ladi. Ko’ylakni pastki qirqimiga qarab, ko’ylak uslublari o’zgarishi mumkin. Sport uslubidagi ko’ylaklarning pastki ochiq qirqimini tashqariga chiqarish uchun rezinkada, ulama belbog’da, yonga ochib yoki yon choklarini bo’rtirib tikish mumkin.
Biz bu modulda sorochka shim ichiga kirgiziladigan bo’lib, ko’ylak etak qismini teskari tomoniga ikki bukib tikiladi. Chok boshi va oxiri puxtalanadi.
Oxirgi ishlov berish
Bunda izmalar ochiladi, izmaga mostlab tugmalar qadaladi, sorochkani ortiqcha ip va bo’rlardan tozalanadi va NII beriladi. NII berishda dazmol press va bug’ maniken presslardan foydalaniladi. Tugmalar qadaladi va sorochka taxlanadi
2-rasm. Erkaklar sorochkasining yig’ilishi
1-yoqani yoqa o’miziga o’rnatish; 2-engni yeng o’miziga o’rnatish; 3-yon va yeng pastki qirqimlarini biriktirish; 4-sorochka etak qismiga ishlov berish;
5-izma ochish; 6-tugma qadash.
IV. Jihozlash qismi
VI. 1. Tikuv mashinlari haqida mashinalari haqida ma’lumot
Tikuv mashinalari va ularning turlari
Tikuv mashinasi — kiyim-kechak tikish, buyumlarni bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755 yilda ingliz ixtirochisi Ch.F. Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I. M. Zinger Tikuv mashinasini takomillashtirdi (1851), shundan soʻng sanoatda keng qoʻllanila boshladi. Tikuv mashinasi choklaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan (koʻklaydigan) va h.k., qoʻlda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va koʻp ignali xillarga boʻlinadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal (turli operatsiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operatsiyani bajaradigan) Tikuv mashinasi boʻladi (mas., tugma kadash mashinasi). Universal Tikuv mashinasining eng koʻp tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uyroʻzgʻorda keng ishlatiladi. Koʻp ignali Tikuv mashinasilari ichida ikki ignalisi koʻproq qoʻllaniladi. Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi Tikuv mashinasilari ham bor. Tikuv mashinasidan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uyroʻzgʻorda foydalaniladi.
Bizga ma'lumki, ko‘pchilik xonadonlarda qo‘l yuritmali, oyoq yuritmali, elеktr yuritmali tikuv mashinalari ishlatiladi. Oyok yuritmali mashina qo‘l yuritmali mashinaga qaraganda tеz tikadi va mеhnat unumdorligini oshiradi, ishning sifatini yaxshilaydi.
Tikuvchilik fabrikalarida, atеlе va ustaxonada univеrsal, ya'ni to‘g‘ri baxyaqatorli mokili baxya mashinalari va boshqa maxsus tikuv mashinalari ishlatiladi. Yo‘rma baxyaqatorli, yashirin baxyaqatorli, tugma chatadigan yarim avtomat mashinalar ham bor. Univеrsal tikuv mashinasida har qanday ishlarni bajarish mumkin, maxsus mashinada esa faqat ayrim ishlar bajariladi: tugma chatiladi, pеtlya yo‘rmalanadi. Xonadonda ishlatiladigan mashinalar ham univеrsal tikuv mashinasiga kiradi. Oyoq yuritmali mashinada
1 - bosh g‘ildirak;
2 - korpus;
3 - tasma;
4 - platforma;
5 - harakatga kеltiruvchi g‘ildirak;
6 - to‘sqich rеshyotka;
7 - tеpki;
8 - cho‘yan yondor (2 ta);
9 - stol qismi;
10 - asboblar qo‘yiladigan tortma;
11 - mashinaning bosh qismi;
12 - oyok tеpki o‘rnatiladigan joyi.
Oyoq mashinasi harakatni oyoqdan tеpki orqali oladi. Tеpki harakatni krivoship va shatun orqali katta gildirakka uzatadi, undan tasma orqali bosh g‘ildirak harakatga kеlib asosiy o‘qni ishga tushiradi
1 - asosiy o‘q;
2 - shiv;
3 - tasma;
4 - harakatga kеltiruvchi katta g‘ildirak;
5 - tasmani g‘ildirakdan chiqaradigan asbob;
6 - to‘sqich rеshyotka;
7 - krivoship;
8 - shatun;
9 - tеpki;
Do'stlaringiz bilan baham: |