Hozirgi kunda mamlakatimiz har tomonlama barqaror rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirmoqda. Yurtimizda to’qimachilik va yengil sanoat sohasida erishilayotgan yutuqlar salmog’i juda yuqorilashib bormoqda


-rasm. Sorochka qotirma bo’laklari andozalarining chizmasi



Download 1,78 Mb.
bet4/9
Sana12.06.2022
Hajmi1,78 Mb.
#657989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sanobar diplom ishi

3-rasm. Sorochka qotirma bo’laklari andozalarining chizmasi.





2-rasm. Sorochka asosiy bo`laklari andozalarining chizmasi.

1-jadval.


ERKAKLAR SOROCHKASI ANDOZALARINING SPESIFIKASIYASI

Bo’lak nomi

Belgisi

Soni


Simmetrik belgisi

Andozada

Bichishda

Ustki koketka.

01




1

-

Ortki koketka.

02

1

1

-

Ort bo’lak

03

1

1

-

Chap old bo’lak

04

1

1

-

O’ng old bo’lak

05

1

1

-

Ustki yoqa

06

1

1

-

Ostki yoqa

07

1

1

+

Yeng

08

1

2

+

Cho’ntak

09

1

1

-

Planka qotirmasi

10

1

1

-

Ostki yoqa qotirmasi

11

1

1

-

Cho’ntak qotirmasi

12

1

1

-



Izoh; «+» belgisi simmetrik bo’lak ekanligini anglatadi.

2-jadval.


Erkaklar sorochkasi bo’laklarining andozalariga

qo’yiladigan chok haqlari



Bo’lak belgisi

Bo’lak nomi

Qirqim nomi

Chok haqqi qiymati, sm.

01, 02

Koketka.

Bo’yin o’mizi

0,7 . . . 0,8

Yeng o’mizi

1,2

Koketkani ort bo’lakka ulash qirqimi

0,7

Koketkani old bo’lakka ulash qirqimi.

0,7

03

Ort bo’lak

Koketkani ulash qirqimi

0,7

Yeng o’mizi

1,2

Etak qirqimi

1,0

Yon qirqim

1,2

04, 05

Old bo’lak

Koketkani ulash qirqimi

0,7

Yeng o’mizi

1,2

Etak qirqimi

1,0

Yon qirqim

1,2

Bo’yin o’mizi

0,7 . . . 0,8

06, 07

Ustki va
ostki yoqa.

Yoqa uchlari, cheti

0,7

Yoqani bo’yin o’miziga ulash qirqimi

0,7 . . . 0,8

08

Yeng

Yeng qiyamasi

1,2

Yon qirqim

1,2

Yeng uchi

Model konstruktsiyasiga qaralsin.

09

Cho’ntak

Cho’ntak yon va pastki qirqimi

0,5

Cho’ntak og’zi qirqimi

3,0

3-jadval.


SOROCHKA BO’LAKLARINING ANDOZALARIDA TANDA IPI YO’NALISHI VA UNDAN CHETGA OG’ISH QIYMATLARI

Bo’lak belgisi

Bo’lak nomi

Bo’laklarda tanda ipi yo’nalishi
(2-rasm).

Mumkin bo’lgan chetga chiqish (%).

01, 02

Koketka **

O’rta chiziqqa parallel

2*

03

Ort bo’lak

O’rta chiziqqa parallel

2

04

Chap old bo’lak.

Planka qirqimiga ort chizig’iga parallel

1

05

O’ng old bo’lak

Bort chizig’iga parallel.

1

06, 07

Ustki va ostki yoqa.

Yoqa uchlarini birlashtiruvchi parallel.

1

0,8

Yeng

Yeng cho’qqisidan o’tuvchi vertikal chiziqqa prallel.

2

09

Cho’ntak

Yon qirqimlariga parallel.

1



* Izoh: Jadvaldagi qiymatlar sidirg’a gazlamalar uchun berilgan. Katak va yo’l-yo’l gazlamalar uchun bu qiymatlar nolga teng.


** Izoh: Koketka tanda ipi yo’nalishi ort bo’lak yo’nalishi bilan mos tushadi, ba’zi hollarda koketka tanda ipi yo’nalishi uning pastki qirqimiga parallel yoki 45 burchak ostida o’tadi.
ANDOZALARNI GAZLAMAGA JOYLASH VA BICHISH

Gazlama tejamliroq ishlatilishi uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, katak yoki yo’l-yo’l gulli gazlamalarni bichish uchun mo’ljallangan bo’rlama tayyorlanganda, andozalarni shunday joylashtirish kerakki, kiyim tikilgandan keyin ham uning bo’laklaridagi rasmlar o’zaro mos tushsin. Velvet, chiyduxoba kabi tukli gazlamalardan tikilgan kiyimlar barcha bo’laklarining tuki yuqoriga yo’nalgan bo’lishi kerak, aks holda kiyim ko’p ishqalanadigan joylari yaltirab qoladi.


Gulsiz sidirg’a gazlamalarni bichishga mo’ljallangan bo’rlama tayyo1rlash uchun, andozalarni qarama-qarshi joylashtirsa ham bo’ladi. Agar bichiladigan gazlama yo’l-yo’l yoki katak bo’lsa, tikilayotganda yo’llari yoki kataklarini to’g’ri keltirish uchun bo’laklar mo’ljallangandan ko’ra kattaroq qilib bo’rlanadi. Ort ustki koketka bo’laklarida tanda ipi yo’nalishi ustki yoqa va cho’ntak ipi o’rta chizig’igaa parallel, koketkani ort bo’lakka ulash qirqimiga parallel yoki unga 45 ostida joylanishi kerak. Bunda ostki koketka tanda ipi yo’nalishining ustkisi bilan mos tushmasligi ham mumkin. (2-rasm).
Sorochka old va ort bo’lak andozalari tanda ipi bo’ylab nihoyatda (juda) aniq bo’lishi kerak.
Andozalar bo’rlama ustiga zich joylashtiriladi, avval katta bo’laklar qo’yilib va ular orasiga mayda bo’laklar joylashtiriladi. Joylashmadan chiqinda ham chiqishi uchun ostki yoqaga, yengga uloq qo’shiladi. (2-rasm), yaxlit yoqa tik qismidan alohida bichilishi mumkin.
Andozalar gazlama ustiga joylashtirilgach, bo’rlanadi. Bo’r chizig’ining qalinligi 1-2 mm dan oshmasligi kerak.
Bichishga mo’ljallangan gazlama ko’rikdan o’tkaziladi, nuqsonlari aniqlanadi, dekatirovka qilinib dazmollanadi.


«Sorochka» andoza bo’laklari bichib tayyorlangandan keyin, ko’ylak mayda bo’laklariga ishlov berish boshlanadi.
Erkaklar sorochkasi yozgi mavsumga mo’ljallangan bo’lib, yosh va o’rta yoshli erkaklarga tavsiya etiladi. Bu ko’ylak paxta, shoyi, sun’iy, lavsan, polatnolar ishlatiladi. Ko’ylakni yoqasi alohida yaxlit bichilgan bo’lib, yoqa chetlariga bezak baxyaqator yurgaziladi. Ko’ylakni old bo’lak orqa qismi koketka bilan ishlangan. Old bo’lak chap ko’krak qismida yaxlit bichilgan qoplama cho’ntak mavjud. Yeng uchi qirqimi, o’zidan bukma manjet chiqarib tikiladi. Old bo’lak taqilma qismiga 6 dona tugma qadalgan. Ko’ylakni etak qismi qirqimi ichiga olib bukib tikilgan.
Erkaklarning «sorochka» sini tartib bilan tikishga kirishiladi. Avval taqilmasiga ishlov beriladi, so’ngra mayda qismlari – yoqa, manjetlar, yeng qirqimlari, yelka qirqimlari va yeng uchlariga ishlov beriladi. Yelka qirqimlari biriktirib, yoqa o’tkazib tikiladi. Yengni yeng o’mizining ochish va yopiq holatida ko’klab o’tkazish mumkin. Agar ochiq yeng o’miziga yengni ko’klab o’tkazilsa yeng qirqimlari bilan ko’ylak yon qirqimi bir vaqtda tikiladi. Yengni o’mizga, yeng boshiga yengil burma bergan holda ko’klab o’tkaziladi va tikiladi. (Yeng o’miziga nisbatan yeng 2-3 sm kengroq bo’lishi kerak.). Agar yopiq yeng o’miziga yeng o’tkazilsa yengning biriktirma choki ko’ylak yon qirqim choki bilan yonma-yon joylashtiriladi. O’mizga yeng bilan o’rab tikiladi (chok ko’ylak ustida bo’ladi). Yelka, yon qirqimlarini tikishda orqa bo’lak bilan o’rab tikiladi. Ko’ylakni quyidagi tartibda dazmollanadi: yoqa, bukma manjetlar, yeng va ko’ylakni qolgan joylari.

YOQA TIKISH
Yoqa o’miziga ulanish usuliga qarab o’tkazma va yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin. Yoqa tayyorlash ikki bosqichdan iborat bo’ladi.
Yoqa tayyorlash.
Yoqani yoqa o’miziga o’tkazish.
Erkaklar va o’g’il bolalar ko’ylagini ustki va ostki yoqasi orasiga qo’shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo’shimcha qatlamning chetlari yoqaning ag’darma chokiga qo’shib tikilishi kerak.
Qaytarma bilan ko’tarmasi yaxlit bichilgan yoqa ag’darma chok bilan tikilib olgandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga o’tish chizig’i bo’ylab, yoqa uchlariga 3-4 sm yetmaydigan qilib yelim uqi qo’yiladi. Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tkaziladi. Ostki yoqaning pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o’tkazilgan chokni yopadigan qilib bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo’lgandan keyin qaytarmaning ko’tarmaga o’tish chizig’i bo’ylab baxyaqator yurgiziladi.
Kiyimning yoqasi, bortlari, cho’ntak qopqoqlari manjetlarini turg’unlik berish uchun ularga yelim qoplangan xilma-xil qotirmalar ishlatiladi. Bunday qotirmalar kiyimni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan xlorli eritmalarga, sovun eritmasiga, qaynatishga va yuvishga chidamli bo’ladi. Bu qotirmalar kiyim tashqi ko’rinishini yaxshilaydi va berilgan dastlabki shaklni uzoq vaqt saqlay oladigan bo’ladi.

KO’YLAK QOPLAMA CHO’NTAGIGA ISHLOV BERISH
Cho’ntak uch turga bo’linadi: qirqma, chokdagi va qoplama cho’ntaklarga.
Ko’ylaklar cho’ntaglarida ko’rinma bo’ladi. Cho’ntakning hamma bo’laklari asosiy materialdan bichiladi. Erkaklar sorochkasidagi qoplama cho’ntaklarni tikishda cho’ntaklar bo’laklarga birikma yoki quyma choklar bilan ulanadi.
Qoplama cho’ntakni asosiy bo’lakka kasetali yarim avtomatda bostirib tikish ham mumkin.
Oddiy qoplama cho’ntak yon va past tomonlaridan qotirish uchun qo’yim qoldirib bichiladi.
Qo’yim eni cho’ntak chetidan asosiy bo’lakka tikish baxyaqatorigacha bo’lgan masofaga 1-1,5 sm qo’shib tikiladi.
Cho’ntakni asosiy bo’lakka tikish bezak baxyaqatori cho’ntak chetidan 0,5 sm ichkaridan o’tsa yon va pastki tomonlaridan qayirish uchun 0,5  (11,5) sm; ya’ni 1,5 – 2,0 sm qo’yim qoldiriladi.
Cho’ntakning yuqori chetidan qayirish uchun 4-5 sm qo’yim qoldiriladi.


1-rasm. Erkaklar sorochkasining umumiy ko’rinishi
1-yoqaga ishlov berish; 2-cho’ntakka ishlov berish; 3-eng uchiga ishlov berish




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish