. 2 Mato tanlash va asoslash
Men madelim uchun sidirg’a matosini tanladim
III. Texnologik qism
III.1 ERKAKLAR SOROCHKASINING KONSTRUKSIYASINI QURISH
Sorochka konstruktsiyasini qurish, gavda o’lchov belgilarini tanlashdan boshlanadi. O’lchov belgilari qiymati namunaviy (tipaviy) me’yoriy hujjatlardan (GOST yoki tarmoq standartlari), fan bo’yicha mavjud darsliklardan yoki muayyan qomatni o’lchash orqali aniqlab olinadi. Misol tariqasida 1 - jadvalda 176-100-88-44 o’lchamli namunaviy qomatning o’lchov belgilari keltirilgan.
Bu yerda: R = 176 sm, OkIII = 100, Obel = 88, Obo’y = 44.
1-jadval.
Erkaklar namunaviy qomatning o’lchov belgilari
O’lchov belgilarining nomlanishi.
|
Shartli belgisi
|
O’lchov belgisining asosiy qiymati, sm.
|
Bo’yin yarim aylanasi
|
Sbo’y
|
20,5
|
Uchinchi ko’krak yarim aylanasi
|
Sk III
|
50.0
|
Bel yarim aylanasi
|
Sbel
|
44,0
|
Orqa kenglik
|
Short
|
20,4
|
Ko’krak kengligi
|
Shold
|
19,2
|
Yelka aylanasi
|
Oel
|
32,2
|
Orqaning bo’yin nuqtasidan orqa qo’ltiq sathigacha bo’lgan uzunligi (ko’krak balandligi ham hisobga kirgan).
|
Vqo’l.o’m
|
21,4
|
Yelkaning qiya kengligi
|
Shel
|
15,5
|
Gavdaning orqadan belgacha uzunligi (ko’kraklar balandligi ham shu hisobga kirgan)
|
Dort.bel
|
45,5
|
Yelka qiyaligining balandligi (orqadan)
|
Vel.qiya
|
48,9
|
Sorochka uzunligi
|
Dkiy
|
77,0
|
Gavda old qismining belgacha uzunligi
|
Dold.bel
|
56,6
|
Yeng uzunligi
|
Deng
|
64,0
|
Yelka qiyaligining old tomondan balandligi
|
Vold.qiya.el
|
45,5
|
Ya’ni: R = 176 sm, Sg III = 50,0 sm.
Sbel = 44, 0 sm, Sbel = 20,5 sm.
Sorochka konstruktsiyasini chizish uchun konstruktiv qo’shimchalar qiymati model silueti, gazlama turiga bog’liq holda tanlanadi (2-jadval).
2-jadval.
Konstruktiv qo’shimchalar qiymati
Qo’shimchalar nomi
|
Qo’shimchalarning shartli belgilanishi
|
Gavdaning yopishib turish darajasiga mo’ljallangan qo’shimchalar
|
Ko’krak kengligiga
|
Pk
|
7,5 10,5
|
Bo’ksa yarim aylanasiga
|
Pbo’k
|
5,5 6,0
|
Yeng o’mizi kengligiga
|
Peng.o’m
|
3,5 4,5
|
Qo’l to’laligi uchun yelka aylanasiga
|
PShbo’y.o’m
|
9,8 10,8
|
Orqa bo’yin o’mizi kengligiga
|
PVbo’y.o’m
|
1,5
|
Orqa bo’yin o’mizi balandligiga
|
PVbo’y.o’m
|
0,9
|
Ko’krak chizig’i bo’yicha bemalollik qo’shimchasi (Pk) konstruktsiya asosiy bo’laklari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi. (3-jadval).
3-jadval.
Bemalollik qo’shimchasining konstruktsiya bo’laklariga taqsimlanishi
Bemalollik qo’shimchasining qiymati, sm.
|
Ort bo’lak, (30 %).
|
Yeng o’mizi (40 %)
|
Old bo’lak
(30 %).
|
7,5
|
2,25
|
3,0
|
2,25
|
8,5
|
2,55
|
3,5
|
2,56
|
9,5
|
2,85
|
3,8
|
2,85
|
10,5
|
3,15
|
4,2
|
3,15
|
4-jadval.
Erkaklar sorochkasi konstruktsiyasini qurish uchun dastlbki hisoblar
Bo’lak
|
Chizmada belgilanishi
|
Ko’krak chizig’i bo’yicha taqsimlani- shi
(Sk III)
|
Bemalollik qo’shimchasi- ning taqsimlanishi (Pk).
|
Bo’laklar bo’yicha kengligi
|
Urabotka
|
Bo’laklarning umumiy kengligi
|
Ort bo’lak
|
GG1
|
20,4
|
3,0
|
23,4
|
0,25
|
23,65
|
Yeng o’mizi
|
G1G2
G3 G4
|
10,4
|
4,0
|
14,4
|
-
|
14,4
|
Old bo’lak
|
GG3
|
19,2
|
3,0
|
22,2
|
0,25
|
22,45
|
J A M I:
|
50,
|
10,
|
60,0
|
0,5
|
60,5
|
Sorochka konstruktsiyasining chizmasi 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval.
. Sorochka ort bo’lak model konstruktsiyasining chizmasi
a-taxlamasiz ort bo’lak; b-koketka ulash qirqimida taxlama modellash.
Erkaklar sorochkasi old bo’laklar model konstruktsiyasining chizmasi
III.2 Erkaklar sarochkasi andozalarini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish va bichish
Sorochka modeli tashqi ko’rinishi uning vazifasiga, mavsumiga, gazlama turiga, yosh guruhiga mos holda tanlanadi. Andoza tayyorlash uchun ayniqsa gazlamaning texnologik xossalari, tikish uchun tavsiya etilgan jihoz va uskunalar, modelning ommaviy yoki individual tartibda ishlab chiqarilganligi, sorochka modelining xususiyatlarini inobatga olish zarur.
Sorochka yon, yelka, yeng, o’miz qirqimlariga ishlov berish usuli bilan tikiladigan uskunalar, ishlab chiqarishda qabul qilingan texnologiya tartibi va sorochka vazifasiga bevosita bog’liq ravishda belgilanishi kerak.
Sorochka andozalarini tayyorlash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar bo’lishi shart: model-konstruktsiyasining chizmasi (T.42) kiyim bo’laklarini yig’ish chizmasi (T.45, T.46), tikish uchun tavsiya etilgan materiallar xossalari haqqidagi ma’lumotlar. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (ko’krak, bel, bo’ksa, o’rta chiziq, etak, yeng qiyamasi, chuqurligi, cho’ntak o’rni). Montaj kertiklar yon qirqimda (2 tadan) koketkani ort bo’lakka ulash qirqimida (tahlama o’rnini ko’rsatuvchi kertik), yeng qiyamasida, taqilma plankasida va yeng yon qirqimida, (manjet ziylarini bukish o’rni) belgilanadi.
Andoza tayyorlash va bichish uchun tanlangan modelning tashqi ko’rinishi 1-rasmda ko’rsatilgan.
S
1-rasm. Erkaklar sorochkasining tеxnik rasmi
orochka uchun asosiy va qotirma andozalar ishlab chiqiladi. (1-jadval). Asosiy andozalar yoqa, koketka, yeng, manjet, cho’ntak bo’laklari uchun, qotirma andozalar esa yoqa va taqilma plankasi uchun ishlab chiqiladi. Erkaklar sorochkasi bo’laklarining andozalarini qurish va rasmiylashtirish tartibi 2-rasmlarda; chok haqlari qiymatlari 2-jadvalda, bo’laklarda tanda ipining yo’nalishi va undan mumkin bo’lgan chetga og’ish qiymatlari 3-jadvalda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi: Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |