Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Amir Temur qo‘shinlari g‘alaba qozondi. Natijada Sulton Boyazid va uning o‘g‘li
Muso Chalabiy ham qo‘lga olinadi. Misr esa Amir Temurga o‘z itoatkorligini e’lon
qiladi.
Me’moriy obidaning bunyod etilgan davri va tarixi: 1403-yil Amir
Temurning Anqara jangidan qaytishi paytida suyukli va to‘ng‘ich nabirasi
Muhammad Sulton to‘satdan vafot etadi. Samarqandda uning qabri ustida maqbara
qurilishi boshlanadi va keyinchalik Go‘ri Amir deb nom olgan yodgorlik majmuasi
qad ko‘taradi.
Me’moriy obida qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och, maxsus
“qir” qotishmasi, oltin, kumush, marmar,
nefrit toshi va shu kabi ashyolardan
foydalanilgan.
Maqbaraning pastki qismi to‘rtburchak,
ya’ni ”Chor” uslubda, tepa qismi esa Sharq
an’analarini o‘zida mujassam etgan gumbaz
uslubida qurilgan.
Me’moriy obida sayqallanishida reylefli
bezak
qo‘llanilgan
bo‘lib,
bu
uslubda
ishlangan jahondagi ikkita asar ham Samarqandda (Bibixonim masjidi va Amir
Temur maqbarasi), temuriylar davrida amalga oshirilgan. Bizgacha inshootning,
asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbarasi saqlangan. Arxeologik
tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton
qurdirgan madrasa va xonaqoh qoldiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsu
hovlisining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egallagan. Hovlining janubida gumbazli
maqbara joylashgan. Maqbara janubdan Ulug‘bek qurdirgan darcha (1424) orqali
kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyoratxonasi baland toqi – ravoqli, tepasi
yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashqi gumbazi 64 qobirg‘ali,
baland poygumbaz (diametri 15 m., balandligi 12,5 m)ga o‘rnatilgan.
Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatdagi
go‘rxonaga tushiladi. Go‘rxona 8 qirrali. Ziyoratxona serhasham bezaklarga boy.
Bo‘rtma bezak qandillar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi esa yashil
toshdan girrix shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlaridagi darchalarga rangli
oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh
ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan
bezatilgan, gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli adabiy yozuvlar alohida
ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar,
eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning
g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga ko‘ra, bu peshtoq
qoldiqlari XVII asrga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisbati, naqshlari, turli
bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. U xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir
(Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga Temuriylarga mansub
kishilar (Amir Temur va uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx,
Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‘bek va boshqalar)
dafn etilgan. Qabrlarning to‘rida Amir Temurning piri, harbiy yurishlarida unga
hamroh bo‘lgan va uning yuksak, hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka
Do'stlaringiz bilan baham: |