O‘quv yili umumiy o‘rtа tа’lim mаktаbning



Download 207,93 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi207,93 Kb.
#579758
Bog'liq
11-sinf Tarix -2022 imtihon javoblari


TARIX FАNI
2021-2022-O‘QUV YILI
UMUMIY O‘RTА TА’LIM MАKTАBNING
11-SINF O‘QUVCHILАRI UCHUN
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
BILET
JAVOBLARI



11-SINF.
1-BILET
1. Shayboniylar davlatining tashkil topishi.
Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaslikka qodir shaxsni ko’rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayol tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi. Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxonni qo’llab quvvatlaydilar: Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bisib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o’zaro kurashlaridan char­chagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruho­niylari va hatto aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shaybo­niyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganlar. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o’z hokimiyatini o’rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi. Muhammad Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun u 1499-yilda Movarounnahrni zabt etishga kirishdi. U bu o’rinda temuriylarni sarosimaga solib qo’ygan jang usuli-to’lg’amani qo’lladi. 1500-yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandni egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrobegi og’aning xoinlar gapi bilan ish tutishi oqibatida sodir bo’ldi. Xoinlar Zuhrobegi og’ani Muhammad Shayboniyxonga maxfiy ravishda "Men ham o’zbek urug’idanman, agar siz meni nikohingizga olsangiz, o’g’lim bilan sizning hukmingizni tan olib, Samarqandni siz xon hazratlariga topshirurmiz" mazmunidagi xatni yuborishga ko’ndiradilar. Ayni paytda, Zuhrobegi og’a Shayboniyxon oldiga Termiz, Chag’aniyon, Hisor va Badaxshon zabt etilgach, bu hududlarni o’g’li Sulton Ali Mirzoga berilishi shartini ham qo’ygan edi. Muhammad Shayboniyxon o’zini bu shartlarga rozidek qilib ko’rsatdi. Samarqand taxti egallangach esa Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Onasi Zuhrobegi og’a esa boshqa kishiga nikohlab berildi. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxon 1501-yilda Samarqandni uzil-kesil egalladi. Katta qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503-yilda Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egalladi. Ularga Ulug’bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sulton­begimning o’g’illari Ko’chkunchi Sulton va Suyunchxo’jalarni hokim etib tayinladi. 1504-yilda esa Farg’ona egallandi. Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi. Buxoro shahrini esa ukasi Mahmud Sultonga topshirdi. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrda mustahkamlanib olgach, endi Xorazmni zabt etishga kirishdi. 1505-yilda Urganch shahrini bosib oldi. 1507-yilda esa Xurosonga yurish boshladi. So’nggi yillarda o’zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallash qiyin bo’lmadi. Avval Hirot qo’shinlari tor-mor etildi. Shahar beayov talandi. Shundan so’ng Hirot o’zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo’qotdi. Xurosonning ham bo’ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz-Samarqand qo’l ostida birlashtira oldi. Shu tariqa u XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab temuriyzodalar amalga oshira olmagan vazifani bajardi. Shunday qilib, Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan shiddatli va beayov urushlari oqibatida Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o’z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxon hukmronligi o’rnatildi va davlatchiligimiz tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.

2. Tillakori madrasasi haqida ma’lumot bering.


Samarqandning Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan. Yalangto‘shbiyning buyrug‘i bilan ikkinchi yirik madrasa Tillakori 1646-1660-yillar mobaynida qurilgan. Uning qurilishida pishgan va xom g‘isht, loy, yog‘och, oltin suvi va qimmatbaho toshlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning dizayni: peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldasta mezanalar egallagan. Peshtoq ravog‘idagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659-1660-yillarda bajarilganligi yozilgan. Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yo g‘och o‘ymakorligida pardozlangan. Hovli sahni (50x50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadonlariga panjaralar ishlangan. 1930-yillarda bu yerda maxsus ustaxona tashkil etilib, koshinlarning qadimiy rangini topish yo‘lida tadqiqot ishlari olib borilgan. Inshootning uslubiga keladigan bo‘lsak, Sharq me’morchiligini o‘zida mujassamlashtirgan, gumbazsimon, “Chor” uslubida qurilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, dastlab u Yalangto‘shbiy Bahodirning kichik maqbarasi nomi bilan atalganligiga qaramay xalq orasida Tillakori nomi bilan mashhur bo‘lgan. Jumladan hozirgi kunda me’moriy inshoot muzey vazifasini o‘tamoqda. Me’moriy inshoot ko‘pgina xalqaro sayyohlarning e’tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.

3. Abdurauf Fitrat hayoti va faoliyati.


Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ildi. 1909-1913 yillarda esa adib Turkiyada, Istanbul dorilfununida tahsil oladi. U yerda zamondoshlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati»ni tuzadi. Fitrat 1919-20 yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh-qosh bo‘ddi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi. 1923-1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi. O‘smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi. Fitratning «Muxtasar islom tarixi» (1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.

11-sinf Tarix fani yakuniy davlat attestatsiyasi biletlar javoblarining to’liq shaklini olish uchun Ijtimoiy fanlar metodik xizmati guruhi tashkilotchisi oily toifali tarix fani o’qituvchisi Axmedov Anvar Muratovich bilan bog’laning. Imtihon biletlari javoblari word dasturida kitobcha shaklida pechatga berish uchun tayyorlangan. 32 bet.


Narxi 25 ming so’m. Tel nomer +998907481982
Download 207,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish