G o‘ri Amir maqbarasi
Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va b.) dafn etilgan. Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan.
Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan.
Ziyoratxona o‘rtasidagi marmar panjara bilan o‘ralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Yuqorisi (to‘ri)da Amir Temurning harbiy yurish-larida unga hamroh bo‘lgan va uning yuk-sak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evara-larining qabr toshlari qat’iy tartib-da joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma mar-mar panjara bilan o‘ralgan. Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tu-shiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylash-gan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joy-lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431har biri yuksak san’at asaridir. Ziyorat-xona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus ol-gan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon-dashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-a.ga mansub.
Maqbaraning mutanosiblik nisba-ti, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida me’mor — usta "Muhammad binni Mahmud al-banno Is-faxoniy" nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor ta’mirlandi, gum-bazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madra-sa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta’mir etildi. 1941 y.da musulmon odatiga zid ravishda Amir Te-mur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshiri-lib, ular ruhlari bezovta etildi.
Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilda tugatilgan. Maqbara Amir Temurningtaxt vorisi, deb eʼlon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |