Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Ulug‘bek madrasasi 
Tarixiy 
obida 
Mirzo 
Ulug‘bek 
tomonidan bunyod etilgan. 
Asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lgan 
Ulug‘bek Amir Temurning kenja o‘g‘li 
Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, 1394-yil 22-
martda 
Eronning 
Sultoniya 
shahrida 
tug‘ilgan. U 1409-yil otasi Shohruhning 
yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va 
u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U hukmdor bo‘lishi bilan 
birgalikda, buyuk olim bo‘lib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, 
tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. 
Me’moriy obida bunyod etilgan davrda Temuriy shahzodalar o‘rtasida 
o‘zaro taxt uchun kurashlar kechayotgan davr edi. Shunday sharoitda Temurning 
kichik o‘g‘li Shohruh 1409-yil Xuroson va Movarounnahrni birlashtirishga 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
muvaffaq bo‘ldi. Ulug‘bek esa Movarounnahrning hukmdori sifatida siyosiy 
faoliyatini boshladi. Ulug‘bek hukmronligi davrida Movarounnahrda ilm-fan, 
madaniyat, binokorlik yuksak darajada rivojlandi.
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi XV asrning birinchi choragida, 1417-
1420-yillarda bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan: g‘isht (xom 
va pishiq), loy, yog‘och (tut va yong‘oq)lardan keng foydalanilgan. Me’moriy 
obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, 2 qavatli, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli 
(56x81 m), bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng 
toqili ravoq (balandligi 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (balandligi 32 m) 
mavjud bo‘lgan. 
Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar 
bilan yakullangan. Peshtoq ravog‘i cheti 
morpech shaklida. Peshtoqi, gultastasi va 
tashqi devorlarida girrix naqshining turli 
namunalari aks etgan. Moviy va ko‘k 
koshin hamda sopol g‘ishtlar vositasida 
Samarqanddagi 
Ulug‘bek 
madrasasi 
geometrik naqshlar bilan bezatilgan devor 
sathi yozuvlar bilan o‘zaro uyg‘unlashib, ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Peshtoq 
orqali hovliga o‘tiladi. Hovli atrofi 2 qavatli hujralar (48 ta) bilan o‘ralgan. 
Madrasaning shimoliy va janubiy tarzlari o‘rtasida tashqi tomondan alohida 
peshtoqlar bor. Madrasaning 4 tomonini darsxona va ayvon egallagan. Masjid 
janubiy-sharqiy tomonga cho‘zilgan. Tashqi to‘rt burchagida 4 ta baland minora 
bor. Xonaqoh va ba’zi hujralar ichkarisi naqshin bezaklar bilan pardozlangan. 
Bezaklari orasida kufiy va suls yozuvlari uchraydi.
Madrasa qo‘shminorali, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, 
gumbazli, arkli, “Chor” uslubida qurilgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, madrasa Registon 
maydonidagi birinchi qurilgan inshoot.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapirsak, vayron 
bo‘lgan, 2-qavati qiyshaygan guldastasi, devorlaridagi o‘chib ketgan bezaklari 
qayta tiklangan (1936), V.Shuxov va M.Mauerlar loyihasi asosida shimoli-sharqiy 
minorasi ta’mirlangan (1932). E.Gendel qiyshaygan minorani o‘z holiga keltirgan 
(1965). Tamirlashda A.Umarov, Sh.G‘afurov, K.Jalilov, I.Shermuhammedov, 
A.Quliev kabi ustalar ishlagan. 
Me’moriy obidaga O‘zbekiston hukumati hamda Xalqaro tashkilotlar 
tomonidan 
berilayotgan 
e’tiborga 
to‘xtaladigan 
bo‘lsak, 
mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng yurtimizdagi boshqa me’moriy inshootlar qatorida 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish