Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Markaziy zaldan pastga sakkiz qirrali keng xonaga tushiladi. U yerda 
sag‘analar bor. Qachonlardir xonaning devorlari rang-barang naqshlar va toshlar 
bilan ziynatlangan; o‘ymakor marmar sag‘analar turgan bu xonaning zamini oq 
marmar bilan qoplangan. 
Ishratxonaning janubiy-g‘arbga qaragan qismi o‘z mutanosibligi jihatdan 
aniq qubbasimon peshtoq bilan ajralib turadi. Peshtoqning quyi qismi bo‘yiga 
ketgan qambar ravoqchalarga bo‘lingan, ikki yonida esa ikki qavatli ayvoncha bor. 
Ishratxonaning shimoli-sharqiy tarafi bezakli ravoqlardan iborat bo‘lib, ular 
chetdagi ayvonchalardan boshlanib, markaziy devor ravog‘iga qarab ko‘paya 
boradi. Ziynat berishda pushti rang va sayqallangan pishiq g‘ishtdan foydalanilgan. 
Ayrim g‘ishtlar orasidagi choklarga lojuvard yoki ko‘k sirli koshinlar ishlatilgan. 
Inshootning turli joylaridagi hoshiyalarga rang-barang naqshli, yumaloq yoki 
tuxumsimon bezaklar bilan jilo berilgan. 
Ishratxona Markaziy Osiyoda yangi uslubda barpo etilgan inshootlardan. 
Uning konstruksiyasida bir-biri bilan kesishadigan to‘rtta ravoq kabi yangi uslub 
qo‘llanilgan. Bu uslub gumbazli binolarni yanada mustahkam bo‘lishini 
ta’minlagan. Turli qismlarida yangi qurilish uslubining o‘nlab variantlari 
ishlatilgan. Bunday katta inshootni bezash, pardozlash, ziynatlashda ham yangi 
usullardan foydalanilgan. Devoriga naqsh solishda kundal uslubi birinchi bor shu 
yerda ishlatilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
XIVA ME’MORCHILIGI 
 
Ichan qal’a 
Ichan 
qal’ada 
me’moriy 
va 
shaharsozlik 
kompozitsiyalarini 
o‘rganish uchun keng imkoniyatlar 
mavjud. Ichan qal’a Xivaning ichki 
qal’a qismidir. U Dishan qal’adan 
kungurador 
devor 
bilan 
qisman 
ajratilgan. Dishan qal’adan baland 
qo‘rg‘ontepaga o‘xshab ko‘rinadi. Ichan 
qal’aga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota 
deb nomlangan darvozalaridan kirilgan. 
Ichan qal’aning yaratilish tarixi uch davrga bo‘linadi: mo‘g‘ullar istilosidan 
keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XVI-XVII asrlardagi 
tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil; 
Xo‘jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-1688-yillar), 
XVIII-XX asrlardagi tiklanish. 
Uchinchi davrda mahalliy me’morchilik an’analari asosida masjid, madrasa, 
tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo‘l o‘tkazilgan, 
masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga 
qaratib tim va toqlar qurilgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825-yillar), 
Ollohqulixon (1825-1842-yillar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar) 
hukmronligi yillarida bu yerda qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy, 
madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud 
maqbarasi qad ko‘targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo. 
Ichan qal’a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo‘llanib kelingan uslub 
– inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo‘sh)dan foydalanilgan. 
Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me’morchiligining 
o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik 
madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Amin Atpanoboy minorasi 
hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil 
etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, 
karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o‘ziga xos ansamblni tashkil etgan. 
Qutlug‘ Murod Inoq bilan Ollohqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid 
o‘rtasidagi maydoncha shu ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva 
yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va 
boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. 
Shaharning vertikal dominanti – koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom 
hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining 
gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib 
turadi. Maqbara ro‘parasida supa tarzli Sherg‘ozixon madrasasi qurilgan. 
Ichki shaharning asosiy ko‘chalari Xivaning rabotida – tashqi shaharda,
 
Dishan qal’ada davom etib, to‘rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish