Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Markaziy zaldan pastga sakkiz qirrali keng xonaga tushiladi. U yerda
sag‘analar bor. Qachonlardir xonaning devorlari rang-barang naqshlar va toshlar
bilan ziynatlangan; o‘ymakor marmar sag‘analar turgan bu xonaning zamini oq
marmar bilan qoplangan.
Ishratxonaning janubiy-g‘arbga qaragan qismi o‘z mutanosibligi jihatdan
aniq qubbasimon peshtoq bilan ajralib turadi. Peshtoqning quyi qismi bo‘yiga
ketgan qambar ravoqchalarga bo‘lingan, ikki yonida esa ikki qavatli ayvoncha bor.
Ishratxonaning shimoli-sharqiy tarafi bezakli ravoqlardan iborat bo‘lib, ular
chetdagi ayvonchalardan boshlanib, markaziy devor ravog‘iga qarab ko‘paya
boradi. Ziynat berishda pushti rang va sayqallangan pishiq g‘ishtdan foydalanilgan.
Ayrim g‘ishtlar orasidagi choklarga lojuvard yoki ko‘k sirli koshinlar ishlatilgan.
Inshootning turli joylaridagi hoshiyalarga rang-barang naqshli, yumaloq yoki
tuxumsimon bezaklar bilan jilo berilgan.
Ishratxona Markaziy Osiyoda yangi uslubda barpo etilgan inshootlardan.
Uning konstruksiyasida bir-biri bilan kesishadigan to‘rtta ravoq kabi yangi uslub
qo‘llanilgan. Bu uslub gumbazli binolarni yanada mustahkam bo‘lishini
ta’minlagan. Turli qismlarida yangi qurilish uslubining o‘nlab variantlari
ishlatilgan. Bunday katta inshootni bezash, pardozlash, ziynatlashda ham yangi
usullardan foydalanilgan. Devoriga naqsh solishda kundal uslubi birinchi bor shu
yerda ishlatilgan.
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
XIVA ME’MORCHILIGI
Ichan qal’a
Ichan
qal’ada
me’moriy
va
shaharsozlik
kompozitsiyalarini
o‘rganish uchun keng imkoniyatlar
mavjud. Ichan qal’a Xivaning ichki
qal’a qismidir. U Dishan qal’adan
kungurador
devor
bilan
qisman
ajratilgan. Dishan qal’adan baland
qo‘rg‘ontepaga o‘xshab ko‘rinadi. Ichan
qal’aga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota
deb nomlangan darvozalaridan kirilgan.
Ichan qal’aning yaratilish tarixi uch davrga bo‘linadi: mo‘g‘ullar istilosidan
keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XVI-XVII asrlardagi
tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil;
Xo‘jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-1688-yillar),
XVIII-XX asrlardagi tiklanish.
Uchinchi davrda mahalliy me’morchilik an’analari asosida masjid, madrasa,
tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo‘l o‘tkazilgan,
masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga
qaratib tim va toqlar qurilgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825-yillar),
Ollohqulixon (1825-1842-yillar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar)
hukmronligi yillarida bu yerda qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy,
madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud
maqbarasi qad ko‘targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo.
Ichan qal’a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo‘llanib kelingan uslub
– inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo‘sh)dan foydalanilgan.
Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me’morchiligining
o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik
madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Amin Atpanoboy minorasi
hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil
etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi,
karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o‘ziga xos ansamblni tashkil etgan.
Qutlug‘ Murod Inoq bilan Ollohqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid
o‘rtasidagi maydoncha shu ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva
yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va
boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan.
Shaharning vertikal dominanti – koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom
hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining
gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib
turadi. Maqbara ro‘parasida supa tarzli Sherg‘ozixon madrasasi qurilgan.
Ichki shaharning asosiy ko‘chalari Xivaning rabotida – tashqi shaharda,
Dishan qal’ada davom etib, to‘rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib
Do'stlaringiz bilan baham: |