Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Me’moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan, shulardan: 
turli xil o‘lchamdagi g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh, maxsus “qir” qotishmasi va 
shunga o‘xshash boshqa ko‘plab ashyolardan keng foydalanilgan.
Madrasaning dizayni, ichki va tashqi ko‘rinishi: Sherdor madrasasining 
koshinlari va bezaklari faqat o‘zigagina xos, betakrordir. Madrasa tarhi 
to‘rtburchak, 2 qavatli bo‘lgan. Bosh tarzining 2 qanotida qovurg‘ali gumbaz va 
minoralar joylashgan. Binoning serhashamligi shu peshtoqida, peshtoqning ikki 
tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli 
hujralar (54 ta) va oldi ravoqli ayvon bo‘lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini 
o‘tagan. 1960-1964-yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta 
tiklangan. Shuningdek, Sherdor madrasasining Peshtoq ravog‘i tepasi diqqatga 
sazovor: qizg‘ish zarhal sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq 
ko‘zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog‘du bilan hoshiyalangan.
Madrasa hovlisi va undagi hujralar ham o‘z 
me’moriy yechimlari bilan Ulug‘bek madrasasidan farq 
qiladi. Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan 
usta-me’mor Abdul Jabborning va me’morchilik 
bezaklarini 
yaratgan 
mohir 
usta 
Muhammad 
Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan.
Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar 
ekanmiz, 
O‘rta 
Osiyo 
me’morchiligida 
ko‘p 
uchraydigan gumbazsimon, qo‘sh va “Chor” uslubidan keng foydalanilgan.
Madrasaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me’moriy inshoot 
Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida bir o‘q chizig‘i bo‘ylab joylashgan. Madrasa 
masjid vazifasini o‘tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan 
hisoblanadi. Yana shuni ham aytib o‘tish kerakki, madrasa o‘z davrida qurilgan 
boshqa madrasalardan me’moriy yechimi bilan ajralib turgan. 
Mustaqillik yillarida me’moriy inshootda bir necha bor ta’mirlash ishlari 
olib borildi. Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan 
Samarqanddagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham 
ta’mirlandi. Madrasaning atroflari ko‘kalamzorlashtirilib, o‘zgacha chiroy kasb 
etdi.
Me’moriy obidaga hukumatimiz tomonidan hamda Xalqaro tashkilotlar 
tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ko‘pgina xalqaro 
sayyohlarning e’tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO 
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz 
tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2000-yil 30-avgustda 
“Madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash to‘g‘risida”gi qonun va shu kabi 
huquqiy-me’yoriy hujjatlar me’moriy inshootning huquqiy kafolatidir. 
Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va 
u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat 
himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish