2.Organizmlarning yashash uchun kurashi.
Darvin «yashash uchun kurash» iborasini keng, majoziy ma’noda ishlatadi va
uning zaminida rivojlanayotgan organizm tashqi muhitning tabiiy omillariga va
boshqa tirik mavjudotlarga bog`liq bo`lishini, shuningdek, individlarning o`zini nasl
bilan ta’minlashdagi muvaffaqiyatini tushunadi. Sahrolar chekkasida o`sadigan
o`simliklar to`g`risida fikr yuritganda, ular qurg`oqchilikka qarshi kurashmoqda,
deyishadi. Ocharchilik davrlarida yirtqichlar o`rtasidagi o`lja uchun bo`lgan
kurash bir vaqtning o`zida yashash uchun kurash hamdir.
Organizmlarning muhitga qaramligi turli-tuman va ularning har biri konkret
sharoitda yashash uchun kurash holida namoyon bo`ladi. Ba’zi hayvonlar (mayda
yirtqichlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar)
boshqa yirik hayvonlarga o`lja bo`ladi. Binobarin, ulardan har birining hayoti o`z
61
dushmanlariga bog`liq. Ikkinchi tomondan, ularning hammasi oziq manbaiga ham
qaramdir. Yirtqich hayvonlar (yirtqich sut emizuvchilar, hasharotxo`r va yirtqich
qushlar, ko`pgina baliqlar, hasharotlar) soni ularni oziqlantiruvchi manbaga, ya’ni
har xil yo`llar va vositalar bilan ta’qib qilinadigan g`animlarga, g`animlarning
hayoti esa o`z navbatida ularni ta’qib qiluvchi dushmanlarga uzviy bog`liqdir.
Ba’zi organizmlarning hayoti va soni ular tanasida hayot kechiruvchi ekto va
endoparazitlar bilan uzviy bog`liqdir. Fitofaglar o`simliklar bilan oziqlanganligi
uchun ularning hayoti o`simliklarga, o`simliklar esa ularni nobud qiluvchi
hayvonlarga bog`liq. Avtotrof o`simliklarning fotosintez jarayonida zarur bo`lgan
moddalarning asosiy manbai tuproq, suv, havo hisoblanadi. O`simliklar, o`z
navbatida, tabiatni ana shu moddalar bilan boyitish manbaidir. Har qanday
mavjudot o`zida harorat, namlik, havo va tuproqning tabiiy va kimyoviy
xossalarining ta’sirini namoyon etadi, aniqroq aytganda, har bir organizm hayot
uchun kurashadi.
Xilma-xil organizmlar o`z hayot faoliyatida bir-biri bilan bog`liq, ya’ni har
bir mavjudotning o`zidan keyin nasl qoldirish imkoniyati faqat anorganik sharoitga
emas, balki ko`proq boshqa organizmlarning hayot faoliyatiga ham bog`liq.
Ba’zi organizmlarning hayoti har xil o`zga organizmlarga bog`liq ekanligini
boshqa dalillar bilan ham isbotlash mumkin. Ko`pchilik mayda sut emizuvchilar
va qushlar (sichqonsimon kemiruvchilar, oq kaklik)ning nobud bo`lishi faqat oziq
zapasiga bog`liq emas, balki ularni ko`plab qiruvchi yirtqichlar (ukki, qarchig`ay,
tulki va boshqalar)ga bog`liqdir. Vaqt-vaqti bilan sichqonsimon kemiruvchilar yoki
hasharotlarning ayrim turlariga mansub organizmlar epizotiya bilan kasallanib ham
ko`plab qirilib ketadi.
Organizmlarning
o`zaro
bir-biriga
bog`liqligi
hamma
vaqt
ko`zga
tashlanavermaydi. Ko`pincha bu bog`lanishlarning bir tomoni, ya’ni organik
mavjudotlarning anorganik sharoitga bog`liqligi namoyon bo`ladi. Lekin shu bilan
birga boshqa muhim tomonlari ham bir-biriga bog`liq. Masalan, qoqio`t
o`simligining atrofi boshqa o`simliklar bilan band bo`lganligi sababli uchma
urug`i boshqa (bo`sh) yerlarga tarqaladi. Qush, reptiliya, baliqlar tuxumining
sariqligi, shuningdek, o`simliklar urug`idagi endosperm murtak uchun oziq vazifasini
bajaradi.
Hayvonlar bilan o`simliklarning geografik tarqalish sabablarini iqlim
sharoitiga bog`laydilar. Ba’zi hollarda haqiqatan ham shunday bo`ladi. Biroq
ko`pincha tur o`rnini mazkur sharoitda hayot talablarini ma’lum muvaffaqiyat
bilan qondira oladigan boshqa tur egallaydi. XIX asrda Janubiy Amerikaning La-
Plato tekisliklari Yevropadan keltirilgan qushqo`nmas o`simligi bilan qoplandi.
Oqibatda shu o`simlikning mahalliy turlari yashash uchun kurash tufayli siqib
chiqarildi. Qayerda to`qnash kelishidan qat’i nazar, sariq suvarak yashash uchun
kurashda doim qora suvarakni siqib chiqaradi. Avstraliyaga Yevropadan olib
kelingan oddiy ari yashash uchun kurashda mahalliy arini tezda siqib chiqargani
aniqlangan. Demak, har bir organizmning hayoti boshqa organizmlarga
bog`liqligi hamma yerda ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu bog`lanish oshkora yoki
yashirin bo`ladi. Mavjudotlar g`animlarga hujum qilishda, umuman, oziq
topishda, dushmandan va noqulay sharoitdan himoyalanishda, ko`payish, naslini
yetishtirish uchun zarur sharoitni egallashda bir-biriga bog`liqdir. Chunki ularsiz
62
hayotni saqlash, nasl qoldirish aslo mumkin emas. Binobarin, organizmlarning
o`zaro bog`liqligi tirik tabiatdagi munosabatlar ichida eng zaruri hisoblanadi. Har bir
turning xarakterli belgilari, areali, tur soni, oziqlanishi, ko`payishi va eng asosiysi bir-
biriga moslashishi organizmlar o`rtasidagi munosabat bilan aloqador. Yashash uchun
kurash ayniqsa, ehtiyoji o`xshash bo`lgan organizmlarda ko`zga yaqqol tashlanadi.
Masalan, Janubiy Afrikada jirafalar baland akatsiya va boshqa daraxtlarning
barglarini uzib olib yeyishga intiladi. Ba’zan bir xil hayot sharoitiga bog`liq bo`lgan
ikki xil mavjudotlar o`rtasida yashash uchun kurash boradi. Kemiruvchilar va
tuyoqlilar yoki hasharotlar va tuyoqlilar o`zaro yagona oziqlanish maydoniga ko`ra
bir-biriga bog`liq. Buning oqibatida bir guruh tomonidan o`simliklarning ko`plab
iste’mol qilinishi o`z raqibining och qolishiga, bora-bora nobud bo`lishiga olib keladi.
Ko`p hollarda esa yashash uchun kurash uncha yaqqol ko`zga tashlanmaydi.
Bir turga mansub organizmlarda yashash uchun kurashning formasi keskin
namoyon bo`ladi. Darvin bir turga mansub individlar o`rtasidagi yashash uchun
kurash ayniqsa keskin bo`lishini bug`doy, xushbo`y no`xat, tog`
qo`ylari, tibbiyot zulugi,
har xil kaptar, to`ng`izlar, AQShdagi bo`rining ikki tur xili, tukli olxo`ri, shaftoli
misolida ko`rsatdi. Sistematik jihatdan bir-biridan uzoq guruhlarda u ahyon-ahyonda,
bir avlodga mansub turlar orasida esa yashash uchun kurash tez-tez ro`y beradi.
Yashash uchun kurashni organizmlarning sistematik o`rni emas, balki ekologik yaqin-
ligi belgilaydi.
Tabiiy sharoitda tarqalgan organizmlarda ham individual farqlar uchraganligi
sababli tur xili va turga mansub mavjudotlar o`zaro aynan o`xshash bo`lmaydi. Shu
sababli birorta hayvonning nobud bo`lishi, ikkinchisining barhayot bo`lishi tasodifiy
hodisa emas. Odatda, mukammal himoya vositalariga, chunonchi, yaxshi eshitish
organiga, himoya rangi, dushmanlardan yashirinish instinktiga ega bo`lgan organizmlar
noqulay sharoitdan saqlanib, nasl qoldiradi. Bunday vositalarga ega bo`lmagan
organizmlar esa nobud bo`ladi.
Hayvonlar va o`simliklar o`rtasidagi yashash uchun kurash individual rivojlanishning
turli bosqichlarida: o`simliklarda urug`, o`simta va voyaga yetgan davrda, hayvonlarda
tuxum, lichinka va voyaga yetgan organizm davrida ro`y beradi.
«Yashash uchun kurash» birinchidan, yirtqichlar o`rtasida g`animlarni egallash
uchun bo`ladigan ayovsiz kurash — hujum; ikkinchidan, organizmlarning abiotik
sharoitga qaramligi yoki stixiyaga qarshi kurashi; uchinchidan, bir xil o`simliklarning
o`sishi va rivojlanishi uchun ko`proq joy egallashga oid passiv formadagi hayot poygasi;
to`rtinchidan, parazit organizmlarning o`z xo`jayiniga qaramligi; beshinchidan, bir turga
mansub organizmlar o`rtasidagi hayot poygasi; oltinchidan, har xil turlarga mansub
organizmlarning bir xil sharoitga bog`liqligi zaminida vujudga keladigan passiv hayot
poygasidan iborat.
Darvin mulohazasiga ko`ra, organizmlarning tez urchishi yashash uchun kurash
sababchisidir. Lekin organizmlarning ko`p yoki oz nasl berishi turga kiruvchi
organizmlar o`rtacha miqdorini belgilashga asos bo`lolmaydi. Darvin uqtirishicha kondor
2 ta, tuyaqush 20 ta tuxum qo`yadi. Shunga qaramay, o`z joyida kondor miqdor
jihatdan ko`p qushdir. Bo`ron qushi atigi bitta tuxum qo`ysa ham, u miqdor jihatdan
yer yuzidagi eng ko`p qushlar qatoriga kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biror turga mansub organizmlarning soni qoldirilgan nasl
soniga emas, balki muhitning biotik va abiotik omillariga bog`liq. Ko`p hollarda turga
63
mansub organizmlar soni qoldirilgan nasl soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi.
Chunki qoldirilgan naslning faqat oz qismi voyaga yetib, ko`pchiligi individual
rivojlanishning dastlabki davrlarida nobud bo`ladi. Faqat oziq resurslari yetarli,
dushmanlari kam bo`lgandagina ko`p nasl qoldiruvchi turlarga mansub organizmlar
qisqa vaqt ichida son jihatdan tez ko`paya oladi. Shira, tuban qisqichbaqasimonlar,
chigirtkalar va boshqalarning ba’zi vaqtda juda ko`payib ketishi bunga yaqqol misol
bo`ladi. Boshqa vaqtlarda esa ko`p tuxum qo`yadigan organizm turlari ko`plab qirilib
ketadi. Odatda, tuxumi, embrioni va lichinkalarini himoya qilish vositalariga ega
turlargina urchiganda kam tuxum qo`yadi, urug` qoldiradi. Qaysi tur organizmlari tez
va ko`p qirilsa, ular shuncha tez tiklanadi. Umuman olganda, hayvonlarda ko`p tuxum,
o`simliklarda ko`p urug` qoldirish muhim biologik moslanish bo`lib, u tarixiy jarayonda
turni saqlashga qaratilgan moslanishlardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, tabiatda har
qanday organizmning hayoti boshqa organizmlarga, muhit sharoitiga bog`liqligi ko`zga
tashlanib turadi.
Organizmlarning muhitga bog`liqligi ikki xil ko`rinishdan iborat. Ulardan biri
organizmlarning abiotik muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi, ikkinchisi, bir
organizmning boshqa organizm faoliyatiga bog`liqligidir. Organizmlar orasidagi hayot
poygasi ham o`z navbatida ikki ko`rinishda namoyon bo`ladi. Ular bir turga yoki har
xil turga mansub organizmlar o`rtasida yuz beradigan hayot poygasidir.
Bayon etilganlardan tashqari, organizmlar o`rtasidagi oshkora kurash ham
tabiatda uchraydigan hodisalardan biridir. Bunday kurash ba’zan bir turga mansub,
ba’zan har xil turga mansub organizmlar o`rtasida sodir bo`ladi. Darvin o`z ta’limotida
«yashash uchun kurash» organizmlarning haddan ziyod ko`payishi natijasidir, deb e’tirof
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |