Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

konvergensiya
 
hodisasiga ko`ra divergensiya ko`proq o`rin tutadi. 
Ma’lumki, o`simliklar bilan hayvonlarning dastlabki nav va zotlari hali inson 
tanlashning ijodiy rolini bilmagan vaqtda yaratilgan. Bu masalani yoritish uchun 
Darvin ongsiz tanlash g`oyasini ilgari surdi. Ongsiz tanlash olib borganda, inson 
o`z oldiga o`simlik va hayvon formalarini takomillashtirish, ularning yangi nav va 
zotlarini chiqarishni maqsad qilib qo`ymay, balki yaxshilarini saqlab, yomonlarini 
yo`qota borgan. Bu bilan u, o`zi bilmagan holda, qo`l ostidagi formalarning 
o`zgarishiga sababchi bo`lgan. Ongsiz tanlash natijasida ham xonakilashtirilgan 
hayvonlar, madaniy o`simliklarning xilma-xil zot va navlari vujudga kelgan. Lekin 
uning ta’siri metodik tanlashga qaraganda ancha sust bo`lgan. Darvin ongsiz 
tanlash natijasida qanday qilib dastlabki hayvon zotlari keltirib chiqarilganini 
isbotlash uchun ba’zi bir misollar keltirdi. Qadimgi vaqtlarda yovvoyi qabilalar 
tez-tez o`zaro urishib turgan va yengilganlar o`z ona yeridan quvg`in qilingan, ular 
ko`pincha ocharchilikda hayot kechirgan. Shunday holatda ham ular yaxshi 
hayvonlarni saqlashga intilgan. Darvin «Bigl» kemasida safar qilib yurganda 
Olovli yer orolida yashovchi mahalliy qabilalar hayoti bilan tanishgan. 
Aniqlanishicha, ocharchilik paytida ular ov itlarini saqlab qolish uchun qari 
kampirlardan voz kechganlar, ularning tasavvuricha «qari kampirlardan foyda 
bo`lmaydi, itlar esa vidralarni tutishga yordam beradi». Ocharchilik davom 
etganda, ular itlarni ham so`yishga majbur bo`lganlar. Biroq ular yaxshi itlarni 
saqlab qolib, yomon, ozg`in, qari, kasal itlar go`shtini yeganlar.
Avstraliyada yashovchi mahalliy xalq Yevropa itini qanday bo`lmasin qo`lga 
kiritishga intilgan. Chunki Yevropa iti kenguru ovlashda juda katta yordam 
bergan. Darvin uqtirishicha, bir necha asrlar davom etgan ongsiz tanlash natijasida
zot va navlarning faqat sifati ortmasdan, balki miqdori hamda ular o`rtasidagi farq
ortgan. Ongsiz tanlash orqali O`rta Osiyoda bug`doyning doni to`kilmaydigan 
formalari, poliz ekinlari va mevali daraxtlarning mahalliy navlari chiqarilgan. 
Binobarin, ongsiz tanlash xuddi metodik tanlash kabi, yangi formalarni vujudga 
keltirib chiqaradi, lekin u ongli tanlashga nisbatan sekin bo`ladi. U metodik 
tanlash bilan tabiiy tanlanish o`rtasidagi oraliq formani tashkil etadi. 


58 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish