Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 Gallus bankiva 
degan yovvoyi turdan kelib chiqqan . 
Darvin morfologik, ekologik, paleontologik, arxeologik ma’lumotlar asosida 
xonakilashtirilgan boshqa hayvonlar, madaniy o`simliklarning kelib chiqishini ham 
tahlil qildi. Ularning ko`pchiligi, Darvin mulohazasicha, monofiletik yo`l bilan 
vujudga kelgan, ya’ni bitta yovvoyi turdan paydo bo`lgan. Barcha quyon zotlari 
yovvoyi quyondan kelib chiqqan bo`lib, u Yevropaning janubida keng tarqalgan. 
Xonaki eshak tur xillari Habashistonning yovvoyi eshagining naslidir. Xonaki 
o`rdaklarning ajdodi oddiy yovvoyi o`rdakdir. Karamning tur xillarining ajdodi 
O`rta dengiz qirg`oqlarida keng tarqalgan 
 
yovvoyi tur hisoblanadi. 
Ba’zi bir xonakilashtirilgan hayvonlar kelib chiqishi jihatidan polifiletikdir. 
Yevropa qoramoli ikkita yovvoyi turdan — dasht qoramoli
 
bilan o`rmon 
qoramolidan, xonakilashtirilgan itlar bo`ri va chiyabo`ridan, qo`ylar esa Yevropa 
mufloni, arxali va arxardan vujudga kelgan. 
Xilma-xil zot va navlarni chiqarishda inson qaysi usullardan kengroq 
foydalangan, degan masala Darvin davrida turlicha hal qilingan edi. Ayrim 
fikrlarga ko`ra, zot va navlar tasodifiy o`zgarishlar natijasida vujudga kelgan. 
Boshqa fikrlarga ko`ra, zot va navlar ular hayot sharoitining o`zgarishi tufayli 
kelib chiqqan. Uchinchi xil fikr bo`yicha, buning asosiy sababi chatishtirish 
hisoblanadi. Darvin zot va navlarning to`satdan paydo bo`lish hodisasini chuqurroq 
o`rgandi. Chunonchi, 1791 yili Amerika fermerlaridan birining podasida oddiy 
merinos qo`ylardan tanasi kalta va oyoqlari qiyshiq qo`zi tug`ildi. Ularni 
ko`paytirish natijasida ankon qo`y zotlari yaratildi. Shuningdek, mashan qo`y 
zotlari, itning taksa va teryer, mups, buldog zotlari, qoramolning niata, tovuqning 
xoldor polyak zotlari, atirgul, xrizantemaning ko`p navlari, shaftolining tuksiz 
mevali navlari to`satdan vujudga kelganligi aniqlangan. Darvin yuqoridagi 
dalillarga asoslanib, ayrim hollarda zot va navlar to`satdan vujudga kelishini 
e’tirof etdi. Lekin bu hol tabiatda juda kam kuzatiladi. Ikkinchidan, tasodifan 
o`zgargan formalar inson uchun hamma vaqt ham foydali bo`lavermaydi (masalan, 
dumsiz yoki jingalak yolli otlar, toq tuyoqli cho`chqalar va hokazolar).
Qayd qilinganlarni e’tiborga olib, Darvin inson uchun foydali belgi-xossalarga 
ega bo`lgan barcha nav va zotlar faqat tasodifiy o`zgarishlar asosida vujudga 
kelganligini e’tirof etmaydi. Darvin o`simliklar bilan hayvonlarni xonaki sharoitda 
uzoq saqlash ularning mahsuldorligini oshirishga, iqlim o`zgarishi esa terisining 
qalinligiga, jun qavatining zichligiga, ko`p oziq yeyish esa tanasi hajmining, turli 
qismlarining o`zaro munosabatiga ta’sir etishini qayd qildi. Shu bilan bir qatorda 
Darvin ayrim zot yoki navlar har xil iqlim va tuproq sharoitida o`ziga xos 


54 
belgilarni saqlab qolishini, faqat ayrim formalargina o`zgarib, boshqa formalar 
o`zgarmasdan qolishini, ba’zi hollarda esa bir xil hayvon gruppalari (masalan: 
kaptarlar) bir necha bo`g`in davomida bir xil sharoitda boqilsa ham, har xil 
yo`nalishda o`zgarishini (masalan: tumshug`i uzun yoki qisqa bo`lishini) 
ta’kidladi. Binobarin, yangi hayvon zotlari, o`simlik navlari hosil bo`lishida faqat 
hayot sharoitining o`zigina yetakchi rol o`ynamasligi e’tirof etildi. 
Darvin organlarning mashq qilish-qilmasligi ham yangi zotlarni chiqarishda 
muhim ahamiyatga ega emasligini qayd qildi. To`g`ri, organlarning mashq qilishi 
ularning rivojlanishiga, mashq qilmasligi esa funksiyalarining susayishiga olib 
keladi. Xonaki cho`chqalar oyog`ining ingichka va kalta bo`lishi, xonaki tovuqlar, 
o`rdaklar va g`ozlarda uchish qobiliyatining yo`qolganligi, ba’zi cho`chqa, it, quyon 
zotlarida quloq suprasining osilib turishi mashq qilmaslik oqibatidir. Lekin xonaki 
hayvonlarda mashq qilmaydigan organlar (pat, tumshuq, shox) o`zgarganligi 
e’tiborga olinsa, Darvin mulohazalarining naqadar to`g`ri ekanligiga hech qanday 
shubha qolmaydi. 
Xonakilashtirilgan ba’zi bir hayvon zotlari, madaniylashtirilgan o`simlik 
navlari har xil formalarni chatishtirish yo`li bilan chiqarilgan. Shu yo`l bilan it, 
cho`chqa, bug`doy va boshqa polifiletik zot va navlari yaratilgan. Tovuq, o`rdak, 
g`oz, kaptarlar kelib chiqishiga ko`ra monofiletik bo`lsada, xilma-xil zotlarga ega. 
Binobarin, bunday guruhlarda turlararo chatishtirish ro`y bermagan. Zotlararo 
chatishtirish esa dastlabki zotlar vujudga kelgandan keyingina amalga oshirilgan. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, hayvon zotlarini, 
o`simlik navlarini chiqarishda belgining to`satdan o`zgarishi, turlararo va zotlararo 
chatishtirish, tashqi muhitning organizmga bevosita ta’siri ma’lum darajada rol 
o`ynagan. Biroq bularning birortasi ham xilma-xil zot, navlar hosil bo`lishida asosiy 
omil bo`la olmaydi, ular orasidagi tafovutlar, inson ehtiyojlari uchun foydali 
moslanishlar qanday paydo bo`lgan, degan muammoni hal qilib bera olmaydi. Shunga 
ko`ra, Darvin xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o`simliklardagi o`zgarish 
jarayonini har tomonlama puxta o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi va 
masalani ijobiy hal etdi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish