Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Muayyan o`zgaruvchanlik
 
ba’zan 
guruhli (yalpi) o`zgaruvchanlik
 
deb ham 
ataladi, Masalan, oziqning ko`p bo`lishi hayvonlarning mahsuldorligiga va 
o`simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi 
barcha sut emizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi va hokazo.

Nomuayyan o`zgaruvchanlikda
e
sa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur 
yoki zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo`nalishda o`zgaradi va bunday o`z-
garish ayrim individlarda sodir bo`lib, boshqalarida ro`yobga chiqmaydi (9-rasm). 
Chunonchi, bir ko`sakdan rivojlangan o`simliklar, bir ota-ona organizmning avlodi 
bir xil sharoitda yashasa ham ana shu sharoitdan har xil ta’sirlanib, turli 
yo`nalishda o`zgarishi mumkin. Darvin tashqi muhitning organizmlarga nomuayyan 
ta’sirini obrazli ifodalab, shamollashni har xil odamlarda turli oqibatlar — ba’zilarda 
tumov, ikkinchilarda yo`tal, uchinchilarda revmatizm, to`rtinchilarda esa har xil 
organlarning shamollashi natijasiga o`xshash misolda ham ko`rsatgan.
Individual o`zgaruvchanlik tarixiy jarayonda vujudga kelgan irsiy xossalar, 
organizmning yoshi, holatiga qarab turlicha namoyon bo`ladi.
Bir xil sharoitda yashovchi bir zot, navga mansub ikki organizm o`rtasida 
barcha belgi-xossalar bo`yicha to`liq o`xshashlik ko`zga tashlanmaydi. Darvin 
uqtirishicha, 
evolyutsiya 
jarayonida 
muayyan 
o`zgaruvchanlikka 
nisbatan 
nomuayyan o`zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan-naslga o`tadi va 
hamda xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o`simlik navlari va turlarning 
vujudga kelishida nihoyatda muhim rol o`ynaydi. 
Muayyan va nomuayyan o`zgaruvchanlikdan tashqari, Darvin korrelyativ va 
kompensatsion o`zgaruvchanliklarni ham e’tirof qildi.Odatda, 
korrelyativ, 
ya’ni 
o`zaro aloqador o`zgaruvchanlik 
deyilganda, organizmning bir qismini uning 
boshqa qismi bilan bog`liq holda o`zgarishi tushuniladi.
Darvin esa korrelyativ o`zgaruvchanlikka materialistik nuqtai nazarda 
yondashdi. U korrelyativ o`zgaruvchanlikka bir qancha misollar keltirdi. Chunonchi, 
oq mushuklarning ko`zi ko`k bo`lsa, qulog`i kar bo`ladi, qoramolning shoxi bilan 
juni uzunligi o`rtasida ham korrelyativ bog`lanish bor. Oyog`i uzun hayvonlarning 
bo`yni ham uzun bo`ladi. Ba’zi organizmlarning oq rangi bilan ularning kasallanish 
va zaharlanishga bo`lgan moyilligi o`rtasida korrelyatsiya bor. Oq rangli laycha
ovchi itlarning boshqalarga nisbatan ko`proq o`latga uchrashi, oq drozofilaning 
yashovchanlik qobiliyati va nasldorligining past bo`lishi bunga yaqqol misoldir. 
Junsiz itlar tishining tuzilishida anomaliya, ya’ni tishlar sonining ortib yoki kamayib 
ketishi ro`y beradi.
Ba’zi vaqtlarda belgilar o`rtasidagi korrelyativ bog`lanishlar juda murakkab 
bo`lib, ularni payqash qiyin. Masalan, kokildor tovuq, o`rdak, g’oz
zotlarining bosh 
suyagida juda mayda teshikchalar bo`ladi va hokazo. 


49 
Kompensatsion o`zgaruvchanlik 
ba’zi organlar va funksiyalarning rivojlanishi 
bilan boshqalarining yo`qolib yoki zaiflashib ketish hodisalaridan iborat. Bu qonun 
dastlab Sent-Iler tomonidan ilgari surilgan edi. Kompensatsion o`zgaruvchanlikda 
bir-biriga yaqin ikki belgining rivojlanishida teskari korrelyatsiya namoyon bo`ladi. 
Ko`p tuxum qiladigan tovuqlar, odatda, kam go`sht qiladi, ko`p sut beradigan 
sigirlarni esa semirtirish qiyin bo`ladi. Odatda, ertapishar ekinlar kam hosil, 
kechpishar ekinlar serhosil bo`ladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish