52
guruhdagi tovuqsimon kaptarlarda dum patlarining soni 42 taga yetadi. Vaholanki,
boshqa xonaki kaptarlarda u 12 ta. Turman kaptarlari esa boshqa kaptarlardan
farq qilib, uchayotganda orqasiga to`nkarilib o`ynaydi. Bu ma’lumotlar ham xonaki
kaptar zotlari bir- biridan keskin farq qilishini ko`rsatadi. Shunga qaramay, xilma-xil
zotlar bir-biri bilan taqqoslansa, eng xarakterli formalardan tortib, to yovvoyi qoya
kaptarlarigacha bo`lgan oraliq formalarni ko`rish mumkin.
11-rasm
. Kaptar zotlari va ularning yovvoyi ajdodi. 1. Bo`qoq kaptar.
2. Pochta kaptar. 3. Yakobin kaptari. 4. Tovus kaptar. 5. Ko`k qoya yovvoyi
kaptari.
Darvin xonaki kaptar zotlari qanchalik xilma-xil bo`lmasin, ularning hammasi
bitta yovvoyi tur—qoya ko`k kaptaridan kelib chiqqan, degan xulosaga keldi va bu
fikrning to`g`riligini isbotlash maqsadida bir qancha dalillar keltirdi.
Uning qayd
qilishicha, qoya yovvoyi kaptarlarining kul rangi zangori tus bilan aralashgan,
dumining usti oqish, chetlari qora yo`l-yo`lli bo`ladi. Qanotlarida ham ikkitadan
qora yo`l bor. Mazkur belgilar ko`pgina xonaki zotlarda ham har xil darajada
rivojlanadi. Darvin kaptarlarning ko`pgina zotlariga xos tashqi va ichki belgilarni:
oyog`i, dumi, qanotlari, kalla suyagi, bo`qog`ini, tumshug`ining katta-kichikligi, dum
patlarinnng sonini tekshirdi.
Ularning urchishi, fe’l-atvori, jo`ja ochishi, erkak va
urg`ochi kaptarlar o`rtasidagi munosabatlarni kuzatdi hamda Hindistondan, Erondan
mahalliy kaptarlarning xilma-xilligiga, tashqi, ichki tuzilishiga oid ma’lumotlar oldi
va ularni o`zidagi ma’lumotlar bilan taqqosladi. U o`zidagi barcha ma’lumotlarni
tahlil qilib, barcha uy kaptarlari jamoat qushlari hisoblanishini, daraxtlarga
53
qo`nmasligini, ko`pincha bo`g`otlar ostida bola ochishini, qoya yovvoyi kaptari bilan
chatishib, nasl berishini aniqladi.
Darvin oq va qora kaptarni chatishtirish yo`li bilan ularning naslida qoya ko`k
kaptarlariga o`xshash formalarni olishga muvaffaq bo`ldi. Ba’zan kaptarlarda atavizm
hodisasi ro`y beradi, ya’ni har xil kaptarlarni chatishtirganda, qoya ko`k
yovvoyi
kaptarlariga o`xshash kaptarlar vujudga keladi. Ana shunday dalillarni xulosalab,
Darvin barcha xonaki kaptarlarning ajdodi qoya yovvoyi ko`k kaptari ekanligini
ta’kidlaydi. Bu tur Norvegiyadan to Yapon dengizigacha bo`lgan butun territoriyada
tarqalgan, Yevropada u O`rta Dengiz qirg`oqlarida, Qrim, Don, Kavkazda va O`rta
Osiyo respublikalarida uchraydi. Shuningdek, tovuqlarning barcha xonaki zotlari
ham
Do'stlaringiz bilan baham: