Genetika va evolyutsion


Suniy tanlash natijasida g`o`zadagi xo`jalik uchun qimmatli ba’zi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Suniy tanlash natijasida g`o`zadagi xo`jalik uchun qimmatli ba’zi 
belgilarning o`zgarishi 
Yillar 
Har gektardan 
olingan hosil (s) 
Ko`sakning 
vazni (g) 
Tolasining 
uzunligi (mm
2

Tola chiqishi % 
1913 
10,8 
4,5—5,0 
26,28 
29—31 
1940 
10,8 
5,2 
31,2 
33,4 
1950 
15,3 
5,5 
31,4 
34,4 
1960 
19,6 
6,2 
32,0 
34,7 
1970 
25,1 
6,3 
32,5 
34,8 


56 
Sun’iy tanlashning ijobiy rolini bilvosita dalillarga qarab ham isbotlash mumkin. 
Eng avval shuni qayd qilish kerakki, o`simlik navlari, hayvon zotlari odamning 
xo`jalik, iqtisodiy yoki estetik talablariga muvofiq ravishda chiqarilgan. Shu sababli 
madaniy o`simliklar va xonakilashtirilgan hayvonlar inson uchun foydali belgi-
xossalari bilan o`zaro keskin farq qiladi. Turli g`o`za navlari ko`sagining soni, 
vazni, tezpisharligi va tolasining texnologik sifatlari bilan farq qilsa ham, biroq 
gultojibarglarining, kosachabarglarining rangi va shakli yoki ildizining 
tuzilishiga ko`ra o`zaro o`xshash bo`ladi. Shuningdek, xilma-xil karam navlari 
bargining tuzilishi bilan o`zaro farq qilsa, gulining tuzilishi bilan o`xshash bo`ladi. 
Kapalakgulda aksincha, gullari xilma-xil bo`lib, barglari o`zaro o`xshash. Krijovnik 
o`simligining mevasi esa turli-tuman bo`lib, guli va vegetativ organlari o`zaro 
o`xshash. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Bu dalillar inson sun’iy 
tanlash olib borayotganida organizmlarning barcha belgi-xossalariga e’tibor 
bermay, faqat xo`jalik, iqtisodiy va estetik talablariga muvofiq kelgan belgi-
xossalariga diqqat-e’tiborni qaratganidan dalolat beradi. Bunday qonuniyat faqat 
o`simliklarga xos bo`lmay, balki hayvonlar zotiga ham mansubdir. Chunonchi, 
jundor qo`ylarning juni juda yuqori baholanadi. Har xil qo`y zotlarining juni bir-
biridan keskin farq qiladi. Qoramollarda esa bunday emas. Inson sun’iy tanlash 
jarayonida organizm belgilarini mumkin qadar keskin o`zgartirishga harakat qildi. 
Yovvoyi qoramol bir yilda buzog`ini emizish uchun yetarli bo`lgan 600 l sut bersa, 
inson tomonidan chiqarilgan qoramol zotlari bir yilda 16000 l gacha sut bera 
oladi. Agar yovvoyi bankiv tovuqlari bir yilda 4—13 tagacha tuxum qilsa, sun’iy 
tanlash natijasida chiqarilgan tovuqlar 300-350 tagacha tuxum beradi. 
Sun’iy tanlash yo`li bilan inson o`zi uchun zarur belgi-xossalarni 
takomillashtirishi tufayli hayvonlar bilan o`simliklarning g`ayri-tabiiy formalarini 
vujudga keltirishi mumkin. Inson sun’iy tanlash bilan shunday g`ayri-tabiiy 
formalarni chiqaradiki, ular tabiiy sharoitda inson ishtirokisiz yashashi mumkin 
bo`lmay qoladi. Urug` bermaydigan o`simlik navlari, itlarning junsiz, kaptarlarning 
shamolga qarshi ucha olmaydigan «tovus kaptar» zotlari, cho`chqa va qo`ylarning 
haddan tashqari semiz zotlari bunga yaqqol misoldir. 
Inson sun’iy tanlashni har xil maqsadlarni ko`zlab olib boradi. Buning 
natijasida har xil zot va navlar vujudga keladi, ya’ni boshlang`ich formalardagi 
belgilar tarqalib ketadi. Bu divergensiya hodisasidir. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish