Sinf: 5 - “B”
Mavzu: To`ldiruvchi
Darsning maqsadi:
ilmiy maqsad: To`ldiruvchi haqida tushuncha
berish.
tarbiyaviy maqsad: Ilimning qadriga etishga
o`rgatish.
rivojlantiruvchi maqsad: Ma’naviy fazilatlarni
rivojlantirish.
Dars usuli: Ko`rgazmali, savol javob, aralash.
Dars jihozi: to`ldiruvchi ishtirok etgan gaplar
chizmasi
Dars borishi:
I. Tashkiliy qisim:
A) salomlashish
B) Davomatni aniqlash
V) O`quvchilarni darsga hozirlash.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Hol deganda nimani tushunasiz.
Hol qanday so`roqlarga javob bo`ladi.
Hol gapda asosan qanday bo`lak bo`lib ishtirok etadi.
III. Yangi mavzu bayoni :
Dars rejasi :
To`ldiruvchi haqida ma’lumot
To`ldiruvchining belgilanishi.
To`ldiruvchi ham holga o`xshab kesimga bog`lanadi kesimni kengaytiradi.
Kim ni
nima ga Fe`l
da
dan
Kim bilan
nima uchun Fe`l
haqida
tomon
Yuqoridagi savollarga javob ham yozilgan bo`lishi kerak :
Kitobni o`qidi.
Onasiga berdi.
Maktabda o`qidi.
Bog`dan keldi.
Do`sti bilan keldi
Men uchun oldi
Kitob haqida so`zladi.
Darsga tomon berdi.
Shu o`rinda savol berildi: hol ham to`ldiruvchi ham fe`lga bog’lanib kesimni kengaytirar ekan,u holda ular nimasi bilan o’zaro farq qiladi? Ziyrak o’quvchi ular savollar bilan farq qilinishini darrov faximlaydi.To’ldiruvchining uzun chiziq bilan belgilanishi aytiladi.
Fe’lga bog’lanib kimga? nimaga? kimdan? nimadan?kimni?nimani?kim bilan? nima bilan? singari so’rog’larga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi.Tahlilda to’ldiruvchi ostiga chiziqchalar chiziladi.
Masalan:Bu so’zdan Hamid ajablandi.
Qoida tushuntirilgach mustahkamlash uchun 142-mashq bajariladi.
142-mashq.
Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotganida uninig huzuriga shogirtlaridan biri kiribdi.
U ustozining umri tugayotganligini sezib ko’nglini ko’targan bo’libdi.
Kutulmaganda Beruniy unga bir savol berib qoldi.
-Avval sog’ayib oling, shu savolga javobni bilishingiz shartmi? deb so’rabdi, shoir ustozining qiynalishini istamay.
-To’g’ri, umrim tugayapti, ammo shu savollarga javobni bilmasdan ketgandan ko’ra bilib ketganim yaxshi-da,-deb javob beribdi
Beruniy.
IV Mustahkamlash
1.To’ldiruvchi deb nimaga aytiladi?
2. Quydagi berilgan chiziqlar o’rniga tegishli gap bo’laklarini qo’ying.
Men maktabga o’qishga keldim.
V Uyga vazifa
143-mashqni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |