2.
Evolyutsion nazariya ustida ishlash.
Turlarning o`zgarishi to`g`risidagi dastlabki g`oya Darvinda “Bigl”
kemasidagi safar davridayoq paydo bo`ladi. Lekin bu jarayon sabablarini aniqlash
masalasi hali ko`p jihatdan muammo edi. Darvin Angiliyaga qaytgach, xonaki va
tabiiy sharoitdagi hayvon, o`simliklarning o`zgaruvchanligiga doir ma’lumotlarni
ko`plab yig`a boshladi va 1837 – yilning iyul oyida yon daftariga evolyutsiya
bo`yicha dastlabki mulohazalarni yozdi. Shu vaqtdan boshlab, 20 yildan ortiqroq vaqt
mobaynida u evolyutsiya g`oyasini rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar, dalillarni
to`play boshladi va ularni puxta o`rgandi. Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki
nusxasi 1839 – yili tayyor bo`ldi. Turlar kelib chiqishi nazariyasining asosiy
qoidalari esa 1842 – yili yozilgan qisqacha ochyerkida o`z ifodasini topdi. 1844 –
yilga kelib, turlarning paydo bo`lishi to`g`risidagi ochyerk oxiriga yetkazildi. Bu
davrda sun’iy va tabiiy tanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko`proq
o`ziga jalb etdi.
Darvin turlarning o`zgarishi haqidagi nazariya juda muhim ilmiy kashfiyot
bo`lib, fanda katta qadam ekanligini yaxshi tushungan holda uni har tomonlama
asoslashga harakat qilganligi uchun ham nazariyaning qisqacha mazmunidan faqat
Darvinga juda yaqin olimlar – Lyayel va Gukerlar xabardor edi xolos.
1856-yili Lyayel Darvinga organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi
qarashlarini kengroq bayon etishni maslahat berdi. Shundan keyin u nashr etilgan
“Turlarning kelib chiqishi” asariga qaraganda 4 marta katta hajmli asar yozishga
kirishdi. Lekin asarning yarmini yozib bo`lgach, olimning ilgari o`ylagan fikrlari
tamomila o`zgardi. Gap shundaki, Malayya arxipelagida ish olib borayotgan
taniqli tadqiqotchi, zoolog Alfred Uolles 1858-yil 18 iyunda Darvinga xat va
kichik maqola yubordi. Darvin Uolles yuborgan maqolaning mazmuni bilan
tanishgach, u bilan o`zining g`oyasi va fikrlarida hayron qolarlik darajada
o`xshashlik borligiga ajablandi. Shunga qaramasdan, u Uollesning maqolasini
jurnalda e’lon qilmoqchi va uni evolyutsion ta’limotning birinchi muallifi deb
e’tirof etmoqchi bo`ldi. Lekin Darvin evolyutsion ta’limot ustida 20 yildan buyon
tinmay ishlayotganligidan va juda ko`p faktik materiallarga ega ekanligidan
xabardor bo`lgan Lyayel, Guker va boshqa olimlar bunga e’tiroz bildirdilar va
Darvin o`z ta’limotini qisqa maqola shaklida yozishiga va uni Uolles maqolasi
bilan bir vaqtda e’lon qilishiga maslahat berdilar. Natijada 1858-yili 1-iyulda
Londondagi “Linney jamiyati” majlisida Uolles maqolasi bilan Darvin
nazariyasining qisqacha ochyerki haqida axborot tinglandi va jamiyat jurnalining
avgust
oyi
sahifalarida
Uolles
maqolasi
bilan
Darvinning
“Organik
mavjudotlarning tabiiy holatda o`zgarishi, tabiiy tanlanish, xonaki hayvonlarni
yovvoyi turlar bilan qiyoslash to`g`risida” nomli maqolasi nashr qilindi. Ammo
har ikki maqola ham olimlar diqqatini o`ziga torta olmadi. Natijada Lyayel va
Guker Darvinni o`z nazariyasini qisqacha bo`lsa-da, bitta kitob holida yozib, nashr
ettirishga shoshirdilar va nihoyat, 1859 yil 24 noyabrda «Tabiiy tanlanish yo`li
bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashda eng yaxshi
moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» degan mashhur asari chop etildi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |