1. Ch. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati.
Chariz Robert Darvin 1809 yil 12 fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida
shifokor
oilasida
tuhildi.
U
bolaligidayoq
tabiatdagi voqea – hodisalar, qushlar hayotini
kuzatishga,
o`simliklar
va
minerallardan
kolleksiyalar to`plashga qiziqar edi. Darvinlar
uyning bir tomonida xilma – xil manzarali daraxt
va butalar ekilgan bog` bo`lib, ikkinchi tomonida
daryo oqar edi. Yosh Chariz bo`sh vaqtlarini
tabiat quchig`ida o`tkazar, qushlar, hashoratlarni
kuzatib, baliq tutar va ov bilan shug`ullanar edi.
U 1817 – yili maktabga borgan bo`lsada, o`sha
davrda hukmron bo`lgan “klassik maktab”
sinchkov
Darvinda
hech
qanday
qiziqish
uyg`otmadi. Darvin 16 yoshga to`lgach, otasi
uning kelgusida shifokor bo`lishini ko`zlab,
Edinburg universitetning meditsina fakultetiga
o`qishga kiritdi. Biroq universitetdagi darslar ham
quruq “klassik” o`qitishga asoslanganligi, ayniqsa,
Chariz Robert Darvin
Odam anatomiyasidan o`qiladigan ma’ruzalar zerikarli ekanligi,
narkozsiz operatsiya-
lar qilinishi yosh Darvinda tibbiyotda fanlariga nisbatan qiziqish uyg`otmadi.
O`g`lining medik bo`lish havasi yo`qligidan xabardor bo`lgan otasi uni 1828 –
yili Kembridj universitetning ilohiyot fakultetiga o`qishga berdi. Bu yerda ham u
xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga qiziqmasada, uni tashlab ketmadi.
Chunki universitetda ilohiyotga oid darslar bilan birga tabiyot fanlari ham o`qitilar
edi. Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa talabalardan ajralib turgani
sababli universitetdagi yirik tabiatsunos olimlarning diqqat e’tiborini o`ziga jalb
etdi. Botanika professori Genslo, geologiya professori Sedjvik Darvinning tabiyotga
oid bilimlarini rivojlantirishga yaqin dan yordam berdilar. U tajribali geolog Sedjvik
tomonidan Shimoliy Uelsga uyishtirilgan geologik ekskursiyalarda faol ishtirok etdi.
Darvin A. Gumboltning Janubiy Amerikaga qilgan safar xotiralarini o`qib, safar
qilishga ko`proq qiziqa boshladi.
Darvin 1831 – yili universitetni tamomlagandan keyin pastor bo`lib ishlashdan
ko`ra ko`proq tabiyotshunoslik sohasidagi, tadqiqotlarga moyillik sezdi. Chunki bu
davrga kelib, u botanika, zoologiya, geologiya sohasidagi adabiyotlardan yaxshi
xabardor, tabiiy sharoitda bu fanlar bo`yicha tadqiqot ishlarini olib borish
metodikasini anchagina egallagan edi. Bundan xabardor bo`lgan professor Genslo uni
ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo`ylab safarga jo`natilayotgan “Bigl”
kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiyotshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya
berdi.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |