42
5-rasm.
Bigl kemasining safar marshruti.
Yashil Burun orollarida olib borilgan dastlabki geologik kuzatishlarda
Darvin Lyayelning geologik o`zgarishlar asta-sekin borishi haqidagi mulohazalari
boshqa mualliflar nazariyasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga
ega ekanligiga
ishonch hosil qildi.
Janubiy Amerikada olib borilgan kuzatishlar dastlabki xulosalarni yana bir
marta tasdiqladi. Lyayelning geologiya sohasidagi nazariyasi o`simliklar, hayvonlar
ham sekinlik bilan evolyutsiya jarayonini o`taydi, degan g`oyani ilgari surishga
undadi. Kema Braziliyada bo`lganda, Parana daryosi qirg`oqlari yaqinida
Darvin
qurg`oqchilikdan nobud bo`lgan bir qancha hayvonlar suyak qoldiqlarini topdi va
ularning ko`plab qirilishi «halokat nazariyasi» bilan bog`liq emasligini qayd qildi.
Paleontologik qazilmalar ham Darvin fikrlarining yo`nalishiga katta ta’sir
ko`rsatdi. U Janubiy Amerikaniig Baya-Blanka rayonida qadimgi davrlarda
yashagan va qirilib ketgan sut emizuvchilardan milodont, taksodont, megaloniks,
ssilidoteriyalar suyagining qoldiqlarini topdi. Ayniqsa, qirilib ketgan
qadimgi chala
tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo`r, zirxlilarga
o`xshashligi Darvinni hayratlantirdi. U qirilib ketgan va hozirgi davrdagi
tukotuko hamda suv cho`chqalari o`rtasida yanada ko`proq o`xshashlik borligini
aniqladi. Qazilma holda topilgan ba’zi hayvonlar hozir yashayotgan bir qancha
hayvon turkumlarining ayrim belgilarini
o`zida
mujassamlashtirganligi
ham
ma’lum bo`ldi.(6-rasm 1,2).
Bu dalillar
ilgari yashab,
qirilib ketgan
hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar
o`rtasida o`zaro qarindoshlik bor, deb taxmin
qilishga sabab bo`ldi. Buenos-Ayresdan
Santya-Yogacha bo`lgan masofa-da ham
Darvin taksodont, mastodont, ot, Pata-
goniyada esa karkidon, tapir, paleoteriy
kabi
ilgari
kirilib
ketgan
hayvonlar
suyagining
qoldiqlarini
topdi.
Bundan
hayratlangan Darvin: «Bitta qit’aning
o`zida ilgari yashab, qirilib ketgan va
hozir yashayotgan hayvonlar o`rtasida shu
qadar ajablanarli o`xshashlik borligini yer
yuzasida orga-nizmlar paydo bo`lishi va
yo`qolib ketishi haqidagi masalani
qachonlardir, boshqa xildagi har qanday
faktlarga
nisbatan
yaxshiroq
yoritib
berishga men shubha qilmayman» deydi.
6-rasm. Janubiy Amerikaning qirilib
ketgan va hozirgi vaqtda yashayotgan hayvonlari: qazilma holdagi; 1- zirhli
(Wliptodon agper) va (3) yalqov (Mylodon robustus); hozirgi vaqtdagi (2) zirhli
(Tabug noevemcinctum) va (Pradipus tridactulur)
Darvin Kordilera qoyalari bo`ylab qilgan ekskursiyalarida tizmaning markaziy
qismida – 2000 m balandlikda araukariyalar oilasiga mansub 50 ga yaqin daraxt-
ning toshga aylangan qoldig`ini topdi. Ular bir-biridan ancha uzoqda joylashgan
43
bo`lsada, bir guruhni tashkil etardi.
Toshga
aylangan daraxtlarga qarab, Darvin shu yerlarda o`tmishda sodir
bo`lgan voqealarni ko`z oldiga keltirdi. Hayvonlar geografik tarqalishining ba’zi
o`ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi. U Shimoliy va
Janubiy Amerika hayvonlarini o`zaro taqqoslab, ular o`rtasida katta farq borligini
qayd qildi. Chunonchi, Janubiy Amerikada maymunlar, lama, tapir, yalqov,
chumolixo`r, zirhli hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Amerikada uchramaydi.
Darvin bu masalaga tarixiy nuqtai nazardan yondashdi. Uning fikricha, o`tmishda
Amerikaning ikkala qismi bir bo`lib, faunasi o`xshash bo`lgan, keyinchalik esa
Meksikaning janubida quruqlik ko`tarilishi tufayli hayvonlarning bir qit’adan boshqa
qit’aga o`tishi uchun to`siq hosil bo`lgan.
Qadimgi hayvonlar qirilib ketgan. Oqibatda Shimoliy
hamda Janubiy Amerika
faunasi o`rtasida hozirgi farq vujudga kelgan.
Darvin Tinch okeanning ekvator zonasida joylashgan va Janubiy Amerikaning
g`arbiy qirg`og`idan 900 km uzoqda bo`lgan Galapagoss arxipelagining hayvonot va
o`simliklar olamini mufassal o`rgandi va ularning o`ziga xosligini ta’kidladi.
Mazkur arxipelag 10 ta asosiy va bir necha kichik orollardan tashkil topgan bo`lib,
uning faunasi va florasi tuzilishiga ko`ra ko`p jihatdan Janubiy Amerika faunasi va
florasiga o`xshash. Shu bilan bir qatorda orollardagi ko`p o`simliklar bilan
hayvonlar turi endemik, ya’ni boshqa joylarda uchramaydigan turlar hisoblanadi.
Masalan, Chatem orolida uchraydigan 16ta o`simlik turidan 12 tasi, Charlz
orolidagi 29 ta o`simlik turidan 21tasi faqat shu orolda uchraydi. Har bir
orolning o`ziga xos hayvonlar turi ham mavjud, qayd etilgan mulohazalar ayniqsa
fil toshbaqa, qorayaloq, vyuroklar turlariga xosdir. Vyuroklar
boshqa xossalaridan
tashqari, tumshug`ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ular orasida
kichik va katta tumshuqli formalar, ko`pgina oraliq formalar uchraydi. Qizig`i
shundaki, har xil orolda tumshug`i turlicha tuzilgan vyuroklar tarqalgan. Yosh
Darvin o`zi ko`rgan hodisalarni izohlab; «Mazkur arxipelagda dastlab qushlar kam
bo`lganligi sababli bir qush turi modifikatsiyaga uchrab, arxipelagning turli
orollariga tarqalgan, deb o`ylash mumkin» deb yozgan edi (7-rasm). Darvin
Yashil Burun orollaridagi hayvonlarni o`rganib, ular Afrika qit’asi qirg`oqlarida
uchraydigan hayvonlarga o`xshash bo`lsa ham, lekin ko`p xossalari bilan ulardan
farq qilishini qayd qiladi.
7-rasm.
Galapagoss arxipelagining
vyuroklari.
1.
Geospiza magnistris;
2.
G. Fortis
3.
G. Parvula
4.
Certhidea oliraceo
U o`z kuzatishlari natijasiga asoslanib, okean orollaridagi hayvonlar bilan
o`simliklar yaqin qit’adan tarqalgan, lekin tabiiy sharoit boshqacha bo`lganligi
tufayli vaqt o`tishi bilan fauna va flora ham o`zgargan va o`ziga xos xususiy
xossalarga ega bo`la borgan, degan mulohazani o`rtaga tashlaydi. Albatta bu
44
mulohaza kreatsionizmga tamomila qarshi bo`lib, turlarning o`zgarishi, ularning
kelib chiqishi bir – biriga bog`liq ekanligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: