65
turga mansub o`simliklar va hayvonlar, odatda, bir xil oziq manbaidan foydalanadi
va bir xil dushmanlardan, tashqi abiotik muhitning bir xil noqulay sharoitidan o`zini
himoya qiladi. Oqibatda ular o`rtasidagi yashash uchun kurash doimiy, ixtiyorsiz
ravishda boradi. Tanlanish zararli individual farqlarga ega formalarni kirish bilan,
ularni ko`payishdan mahrum qilib, o`z ta’sirini ko`rsatadi. Albatta,
foydali
individual o`zgaruvchanlikka ham ularga ega organizmlarni yashab qolishini
ta’minlay olmaydi. Ular faqat shunday belgilari bo`lmagan organizmlarga nisbatan
bir oz afzalliklarga ega bo`ladi, xolos. Agar organizmlar qiriladigan bo`lsa, birinchi
navbatda unchalik foydali bo`lmagan belgilarga ega formalar nobud bo`ladi.
Foydali belgilarga ega formalar esa saqlanib qoladi. Mabodo vujudga kelgan
o`zgaruvchanlik irsiylanadigan bo`lsa, u kelgusi bo`g`inga beriladi. Davomli
o`zgaruvchanlik qonuniga ko`ra, organizm uchun
foydali belgilar kelgusi
bo`g`inlarda ham takrorlanadi.
Tabiiy tanlanishda
karrelyativ o`zgaruvchanlik
ham ma’lum rol o`ynaydi.
Korrelyativ o`zgaruvchanlik organizm uchun foydali belgilar bilan bir qatorda foyda
bermaydigan belgi-xossalariing ham rivojlanishiga olib keladi. Buni odamda bezgak
kasaliga chidamlilik belgisi bilan o`limga olib keluvchi kasallik — yoysimon
anemiya
belgisining
korrelyativ
holda
rivojlanishida
ko`rish
mumkin.
Aniqlanishicha, Afrika va Osiyodagi tropik mamlakatlarda yashaydigan odamlar
populyatsiyasida gomozigota holatda o`limga olib keluvchi yoysimon anemiya
kasalligi ko`p uchraydi. Lekin bu kasallikni qo`zg`atuvchi gen geterozigota holatda
bo`lganda, odam bezgakka chidamli bo`ladi. Shunga ko`ra,
mazkur kasallikni
qo`zg`atuvchi gen tabiiy tanlanish tufayli o`sha yerda yashovchi odamlar
genotipidan tamomila yo`qolib ketmagan va tabiiy tanlanish orqali nasldan-naslga
berila borgan.
Tabiiy tanlanish sun’iy tanlashdan farq qiladi. Sun’iy tanlash organizmlarning
tashqi va ko`zga tashlanadigan belgi-xossalariga ta’sir etadi. Tabiiy tanlanish esa
organizmlarning
barcha ichki, tashqi tuzilishi, belgi-xossalariga bir vaqtda ta’sir
ko`rsatadi. Tabiiy tanlanish sun’iy tanlashga nisbatan juda nozik va aniq bo`ladi.
Odatda, tabiiy tanlanish natijasida paydo bo`lgan belgi-xossalar organizmning o`zi
uchun, sun’iy tanlash natijasida paydo bo`lgan belgi-xossalar esa odam uchun
foydalidir.
Sun’iy tanlanish tufayli qisqa vaqt ichida yangi zot va navlar chiqariladi.
Tabiiy tanlanish esa juda sekinlik bilan barcha populyatsiyalar, tur xillari, turlar,
avlodlar, oilalar, turkumlar, sinflarni hosil qiladi. Agar ongsiz tanlash 10—12 ming
yil, metodik tanlash 200—300 yil davom etayotgan bo`lsa, tabiiy tanlanish bir necha
million yillardan beri mavjud. Binobarin, tabiiy sharoitda
uzluksiz davom etadigan
tanlanish tarixiy jarayondir. Darvin o`z asarining ko`pida sun’iy tanlash bilan
tabiiy tanlanishni o`zaro taqqoslanadi. Uning bu sohadagi fikrlarini quyidagi
qiyosiy jadvalda keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: