12-mavzu. Yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona va mahallaning mas’uliyati



Download 26,76 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi26,76 Kb.
#286797
Bog'liq
12-mavzu


12-mavzu. Yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona va mahallaning mas’uliyati

  1. Inson tarbiyasi uzoq muddatli, uzluksiz davom etadigan murakkab jarayon ekanligi.

  2. Yosh avlod tarbiyasining uzluksizligi.

  3. Tarbiyaning uch ildizi: sharqona an’analar va demografik xususiyatlar.

  4. Yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda ota-onaning mas’uliyati.

  5. Jamiyat taraqqiyotida va yosh avlod tarbiyasida mahallaning roli.

 Oila, mahalla, taʼlim – tarbiya tizimi yosh avlod maʼnaviyatini shakllantiruvchi va yuksaltiruvchi asosiy maskanlar sifatida

Prezident I.Karimovning yangi kitobida yosh avlod tarbiyasi uchun masʼul boʼlgan uch tabarruk makonga alohida eʼtibor qaratadi: ularning birinchisi –oila, ikkinchisi – mahalla, uchinchisi – taʼlim-tarbiya tizimi. Аgar shu uch makonda maʼnaviy muhit koʼngildagidek boʼlsa, hamma ish koʼngildagidek boʼladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi. Аfsuski, muayyan sabablarga koʼra bugungi kunda har uch makonda ham muammolar ancha-muncha yigʼilib qolgan. Kitobda oila maʼnaviy muhitiga alohida eʼtibor ajratilgan. Baʼzi ota-onalarning oʼsib kelayotgan yosh farzandlarining qiziqish va intilishlariga, ularning “ongu tafakkurida har kuni bir oʼzgarish yuz berib, koʼzida yangi-yangi savollar paydo boʼlayotganiga” jiddiy ahamiyat bermasligi, boz ustiga baʼzi ota-onalar bola oldida oʼzini tutishni bilmay, axloq-odob bobida farzandlariga oʼrnak boʼlish oʼrniga ahli oilasiga qoʼpol muomala bilan farzandlari ruhiga salbiy taʼsir koʼrsatishi, hatto baʼzi oilalarda bolaning maʼnaviy olamida ogʼir asoratlar qoldirishi mumkin boʼlgan oʼzgalar baxtini koʼrolmaslik, fisqu fasod, igʼvo muhiti ham mavjudligi taassuf bilan qayd etiladi va shunday xulosa qilinadi: “Biz oʼz farzandlarimizning baxtu saodatini, iqbol va kamolini koʼrishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-kuydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday taʼsir koʼrsatishi haqida doimo oʼylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan masʼuliyat borligini unutmasligimiz zarur.” Muallif har qaysi xonadondagi maʼnaviy iqlimni yaxshilash haqida bosh qotirar ekan, yana badiiy soʼz qudratiga murojaat qilishni maslahat beradi. Mumtoz adibimiz Аbdulla Qodiriyning “Oʼtgan kunlar”ida tasvirlangan oʼzbek oilalariga xos odob va axloq namunalarini ibrat qilib koʼrsatadi. Oʼzbek xalqining azaliy bolajonligi, oilaparvarligini iftixor bilan taʼkidlar ekan, muallif bunday ezgu tuygʼular farzandlarni “yoshlik chogʼidan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak maʼnaviyat asosida voyaga yetkazish” yoʼlida sarflanishi lozimligini alohida uqdiradi.

Mahalla – insonni jamiyat bilan uygʼunlashtiradigan hamda shu ruhda tarbiyalaydigan eng katta sahovatli goʼsha va beqiyos Vatan. Muallif xalqimizning “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmatli iborasini keltirib, bu soʼzlarni millatimiz uchun “hayotiy haqiqatning ifodasi” deb taʼriflaydi va mahallaning tarbiya maktabi sifatidagi vazifasiga alohida urgʼu beradi.

Kitobda mustaqillik davrida oila maʼnaviy muhitini yaxshilash, azaliy qadriyatimiz boʼlgan mahallaning ijtimoiy maqomini koʼtarish, taʼlim-tarbiya sohasida oʼtkazilayotgan tub islohotlar haqida eslab oʼtish bilan bir qatorda bu sohalarning bugungi dolzarb muamolari haqida batafsil mulohazalar bildiriladi. “Shuni unutmaslik kerakki, -deb yozadi Prezident, - kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi.” Shunday ekan, “bu sohada yuzaki, rasmiy yondoshuvlarga, puxta oʼylanmagan ishlarga mutlaqo yoʼl qoʼyib boʼlmaydi.”

Taʼlim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Taʼlim va tarbiya bir-biridan ajratib boʼlmaydigan uygʼunlikda olib borilishi lozim. Taʼlim–tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson tarbiyasidir. Yosh avlod maʼnaviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki maʼnaviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning yangi kitobida aniq koʼrsatmalar berilgan. Biz ularni kitobning ikkinchi qismi boshlanishida qisqacha koʼrib chiqdik. “Mezon” tarozu degani, yaʼni aniq oʼlchov, meyor, Yevropa terminologiyasida “kriteriy”. Demak, biz yoshlarning maʼnaviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib koʼrsatishimiz durust boʼladi, qaysi oʼlchov, qanday meyorlarni asos qilib olishimiz lozim – bular hammasi kitobda aniq koʼrsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular – ulugʼ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlugʼ maʼnaviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuygʼular.

Аmmo yaqin oʼtmishda bizda bolaga tabiiy va aniq fanlar boʼyicha bilim berish asosiy maqsadga aylanib, bolaning maʼnaviy tarbiyasi oʼz holiga tashlab qoʼyilgan, koʼpincha faqat siyosiy-tashkiliy tadbirbozlikka aylanib ketgan edi. Davlatimiz va hukumatimizning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy dasturi” va boshqa taʼlim jarayoni mazmunini tubdan takomillashtirishga xizmat qiluvchi islohotlari tufayli bu sohaga yangicha eʼtibor qaratildi. Bu saʼy-harakatlarning samaralari borgan sari yorqinroq koʼzga tashlanib borayotganini mamnuniyat bilan eʼtirof etgan holda, hanuz bu yoʼlda qiladigan ishlar, hal qilinishi lozim boʼlgan muammolar birtalay ekanligiga ham Prezident asarida alohida ahamiyat berilgan.

O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida islohotlar hayotning barcha sohalari bilan  uzviy bog`liq holda amalga oshirilmoqda.

Yоshlarimizning barkamol bo`lib etishishida mahalla, oila jamoat tashkilotlari va ta`lim muassasalari alohida o`rin egallaydi.Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol insonni voyaga etkazishga intilish halqimizga xos milliy hususiyatlardandir. Darhaqiqat, barkamol avlod dastlab oilada vujudga keladi, oila muhitida yaxshi yoki yomon insonlar bo`lib voyaga etadi.

    Birinchi Prezidentimiz I.Karimov yoshlarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona hal qiluvchi o`rin turishga e`tibor berib shunday degan edi: “Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o`zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor.  Ular: yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`lida topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, boshini ikki va uyli-joyli qilish”.

   Oilaviy ma`naviyatni yuksaltirishga shaxs sifatida xar bir oila a`zolarining muayyan ma`naviy dunyoga ega bo`lishi ular o`rtasidagi munosabatlar asosida vujudga keladi. Oilada ota va onaning ma`naviy fazilatlari er-xotinlik munosabatlarining sharqona an`analari insoniylik va axloqiylik darajasini belgilab beradi. Oila ma`naviy olami o`zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik,  mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirishi muhimdir. Bunday qadriyatlarning oilada e`zozlanishi, bunga amal qilinishi oilada shunday ma`naviy muhitni yaratadi. Bu esa o`sib kelayotgan avlod qalbi va ongi shakllanishida o`ta muhimdir. SHu asosda har bir oila a`zosining iste`dodi va salohiyati to`la ro`yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Natijada oila ma`naviyat maskani sifatida shakllanib boradi.

   Oila tarbiyasi – bu umuminsoniy jarayonning shunday bosqichidirki, keyinchalik butun umri davomida oladigan ma`rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin poydevor vazifasini o`taydi. Har bir ota-ona o`z burchlarini anglagan holda oilani mustahkamligini ta`minlaydigan hamma xususiyatga to`liq rioya qilishga harakat qilishi, uning vazifa va maqsadlarini tushunishi shart.

    Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida ta`kidlaganidek, “Bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan. “O`z bolangni o`zing asra” degan da`vat faqat quruq shior bo`lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga chuqur  kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur. Buning uchun bu masalani, ya`ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas`uliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo`yish vaqti keldi, deb o`ylayman”.

    Haqiqatan ham har bir ota-ona o`z farzandining tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizning tarbiyalashning muhim shartlari oilalarning mustahkam, ma`naviy sog`lom asosda qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o`zi tarbiyalangan bo`lishidir. Ota-onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. CHunki farzandga til o`rganish, kitob o`qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan illatlardan asrash uchun ularni ilm olishga, kitob o`qishga qiziqtira bilish lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona o`z mas`uliyatini har bir daqiqa his qilib yashashi lozim.

   Oilada sog`lom muhit mavjud bo`lgandagina, ularda har tomonlama sog`lom, barkamol inson shakllanadi. YOshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog`lom, umuminsoniy madaniyat, darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo`lgan kelajak avlodni voyaga etkazishda oila ma`naviyatining tutgan o`rni alohidadir.

   Oila tarbiyasi bo`yicha Buyuk mutafakkirlarimiz asarlarida, muqaddas kitoblarimizda o`ziga xos fikr-mulohazalar bildirgani  diqqatga sazovordir. Jumladan, islom ta`limotida farzand tarbiyasi haqida quyidagicha ta`kidlanadi: “ Islomda tarbiya ta`limdan ko`ra ustunroq va keng qamrovlidir. CHunki tarbiya bolani uyida, ko`chada, maktabda o`zini tuta bilish odoblarini, aql bilan ish yuritib, jismini, nafsini o`ziga bo`ysundirishdek og`ir ishni yo`lga qo`ydi.

  Tarbiyaning asosi oila muhitidir. Bola uyda nimani ko`rsa, shunga tahlid qilib o`sadi. Oilada ota olijanob keng fe`l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq bo`lishi, ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg`amaydigan va muloyim bo`lmog`i lozim.

   Farzandlarimizni sog`lom e`tiqodli, jismonan baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona zimmasiga yuklangan.

    Rasululloh sallallohu alayhi vassalam “Farzandlaringizga suvda suzishni, kamondan otishni, nayza uloqtirishni, otda choptirishni o`rgatinglar” deb farzandlaringizni chaqqon, sog`lom, baquvvat, ziyrak qilib tarbiyalashga ummatni targ`ib qildilar”.(Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari). Zeroki sog`lom va baquvvat farzand hamma joyda ham o`z yurtiga naf keltiradi.

   Oilada ayniqsa, qiz bola tarbiyasiga e`tibor berish asosiy o`rin egallaydi. Qiz bolani erta turmushga bermaslik, ularni ilm-hunar o`rganishga yo`naltirish ham ota-onaning vazifasi hisoblanadi.

    Bu borada davlatimiz tomonidan bir qancha sharoitlar yaratib berilgan va bundan keyin bu masalaga kengroq e`tibor berish borasida bir qancha vazifalar belgilab qo`yildi. Jumladan, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyiga so`zlagan nutqida “Qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste`dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish ular orasida haqiqiy etakchilarni tarbiyalash  ishlarini yanada kuchaytirish kerak” deb ta`kidlab o`tdilar. SHunday ekan, qiz bolaga eng qimmatli an`analar halollik, rostgo`ylik, or-nomus, sharm-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar dastlab oila davrasida shakllanadi.

   Oilaning har bir a`zosi millatning davomiyligini  saqlovchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning rivojini ta`minlovchi, ma`naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi muqaddas makon ma`naviyat maskanidir.

    Insonning shaxs bo`lib shakllanishida, hayotda o`z o`rnini topish, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo`lishida oila asosiy poydevor hisoblanadi. Oila hayotning abadiyligini davomiyligini ta`minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllarni qanday inson bo`lib etishishiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`idir.   

     Bugungi kunda uyushmagan yoshlarni oila muhitida ma`naviy barkamol shaxs qilib tarbiyalash va ular orasidagi mavjud illatlarni bartaraf etishda quyidagi masalalarga e`tibor qaratish foydadan xoli bo`lmaydi:

1.Oila ma`naviyatini yuksaltiruvchi tizimlar faoliyatini yanada yaxshilash

2. Qiz bola tarbiyasi uchun milliy qadriyatlar va an`analarimiz asosida yangi tartiblarni joriy etish

3.Jismoniy madaniyat masalasini oilaviy qadriyatlar darajasiga olib chiqish.

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch – bu kitob va hayotiy

saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va

milliyligimizni boqiy ozod holda ko`rishimiz mumkin.

Vatanga sadoqat, do`stlikka ishonch, oilaga mehr – muhabbat, kattalarga

hurmatda kichiklarga izzatda bo`lish tuyg`usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni

asl ko`rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - u

axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o‘zi uning

ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati,

mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrofmuhitga, mehnatga, kasbga,

ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo`lish tuyg`usini

uyg‘otishga, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayogan

hodisalarga o`z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu

xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarni o`git va

nasihatlarini tinglash, undan to`g`ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish

orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin

ko‘ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin.

"Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7

www.openscience.uz 379

Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy

qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma‘nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz,

milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz.

Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo’lib (inson

umrining oxirigacha o’rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda

rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib

boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko’rib chiqamiz.

Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga

muvofiq bo’ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab

o’tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi

kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog’lom otaonadan sog’lom farzand

dunyoga keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sog’lom avlod to’g’risida fikr

yuritib: «Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqat

jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog’lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli,

ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb

tahkidlaganlar. Farzand tug’ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida

tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri parvarish qilish juda

muhim. Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni ko’rganda xursand

bo‟ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko‟radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli

erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3

yoshgacha bo’lgan bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin

nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa

bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning

bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan

munosabatda bo‟lishi, bolaning sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib

keladi.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya. Maktabgacha bo’lgan

ta’lim muassasasidagi davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Chunki,

bu davrda paydo bo’lgan taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu

davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilishga intilishi, atrofmuhitga

o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir.

Boshlang’ich ta’limda axloqiy tarbiya. Boshlang’ich ta’limda bola hayotida

yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi

muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali o’yin

faoliyatini to’liq tark etmaganligini inobatga olib, o’tiladigan dars mashg’ulotlarini

qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy tahsir yo’llari bir

muncha aniq va tizimli ravishda bo’lib qoladi. Chunki endi xususan odobnoma

darslari o’tila boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda

axloqiy tarbiya berib boriladi.[1]

"Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7

www.openscience.uz 380

Bu davrda turli to’garaklarni uyushtirish ham o’zining ijobiy natijalarini beradi.

O’rta umumiy ta’limda axloqiy tarbiya. O’rta maktab davriga kelib o’quvchi

o’rganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga ko’ra

o’quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bu davrda

o‟quvchilarga o’zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan ko’proq

aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hidislarga o’zlari ham

amal qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi o’quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat,

ezgulik kabi axloqiy tushunchalarning mahnisini tushunib yetadilar.

Oliy o’quv yurtlarida axloqiy tarbiya. Oliy ta’limda yoshlar endi biror

mutaxassislikni tanlagan holda, o’zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, intellektual

qiziqishiga ega bo’ladilar. Shu sababli bu davrda bo’lajak mutaxassislarni axloqiy

jihatdan tarbiyalash muhim. Chunki bu davrda yosh o’zining madaniy-ma’naviy

saviyasini oshirishga intiladi, o‟z ustida qunt bilan ishlaydi, radio, televidenie,

Internet va barcha informatsion vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan

tanishadi. Bu esa yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi.

Ta’limdan keyingi faoliyatda axloqiy tarbiya. Yosh uzoq muddatli va tizimiy

ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy jihatdan egallagan

bilimlarini amaliyotda qo’llab yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradi, uning o’zi

boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay boshlaydi. Uzluksiz

ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi mana endi ko’zga

tashlanadi.

Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat

qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatan’arvar, xalqsevar, mard, har

tomonlama sog’lom, intellektual salohiyatli, bir so’z bilan aytganda sog’lom avlodni

tarbiyalash davr talabi ekan. Bu ishni amalga oshirish esa barchamizning Vatan

oldidagi muqaddas burchimizdir. Shunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga doimo

ehtiborli bo’laylik.

Sharq mamlakatlarida farzandni barkamol inson etib tarbiya qilish eng muhim

vazifa hisoblanadi. Xususan, tarbiyada diniy ta`limotlardan, hadislardan, badiiy

asarlardan, xalq og`zaki ijodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, birgina

shariatda musulmonlar amal qilishi zarur bo`lgan 934 ta talab mavjud. Bundan bola

tana va ruh pokligini, insonparvarlikni o`rgansa. Kitob mutoala qilish yordamida

o`sib kelayotgan bola odamiylik, sadoqat, rahm – shafqat, mehr –muruvvat kabi ezgu

fazilatlarni o`zida shakllantiradi.

Sobiq ittifoq mafkurasi inqirozga uchraganidan keyin yangi jamiyatni

mafkuraviy, ma’naviy, mahrifiy asoslash, xususan, tarbiyaviy ishlarning

metodologiyasi bo’lmish milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish eng muhim

vazifalardan biri bo’lib qoldi. Bu jarayonda tub o’zgarishlarni amalga oshirishda

2000-yil 6-aprelda O‟zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

"Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7

www.openscience.uz 381

I.A.Karimovning rahbarligida o’tkazilgan Kengash alohida o’rin egalladi. Natijada,

2000-yil davomida “Milliy istiqlol g’oyasi” fanini ta‟lim tizimiga kiritish uchun

o‟quv qo’llanmalari, o’quv dasturlari va boshqa zaruriy adabiyotlar O’zbekiston

milliy faylasuflar jamiyatining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqildi. Endigi

vazifa esa uni aholi, xususan, yoshlar qalbi va ongiga singdirish masalasi bo’lib qoldi.

Hozirgi vaqtda bu jarayonni yanada takomillashtirish borasida katta ishlar olib

borilmoqda.

Milliy qadriyatlarni yoshlari ongi va qalbiga singdirish usullari to’g’risida fikr

bildirganda shuni alohida qayd qilmoq kerakki, avvalo mahmuriy yo’l va zo’rlik

usuliga ehtiyotkor bo’lish talab qilindi. Chunki imkoni boricha zo’rlik qilish, majbur

qilish usulidan foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Birinchi Prezidentimiz

I.A.Karimov tahkidlaganidek, “g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr,

jaholatga qarshi faqat ma‟rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”. Bu mustaqil

O’zbekistonda ma’naviy-mahrifiy sohada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning

bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Xullas, g’oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g’oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar

ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud

barcha usullari, shakllari, vositalaridan o’z o’rnida samarali foydalanish umumiy

maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖, Toshkent

―Ma`naviyat‖2008-yil.

2. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent: O’zbekiston



1992.

3. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994.



4. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. T.:

1996 y.
Download 26,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish