74
VII
bob
. DARVINDAN KEYIN EVOLYUTSION TA’LIMOTNING
RIVOJLANTIRILISHI
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Evolyutsion ta’limot poydevorining mustah-
kamlash, evolyutsion ta’limotni embriologiya, paleontalogiya, hayvonlar va
o`simliklar fiziologiyasi, ekologiyaga tatbiq qilishi.
1.
Evolyutsion ta’limotning kutib olinishi.
Darvindan keyin biologiya fani jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi, chunki
uning ta’limoti tufayli organik mavjudotlarni o`rganishga tarixiy prinsip tadbiq
etildi. Unga asoslanib biologiya fani yangicha tarzda rivojlana boshladi.
Birinchi
bosqich evolyutsion nazariya poydevorini mustaxkamlashga qaratildi. Jahonning
yirik tabiatsunos olimlari o`z tadqiqotlariga tarixiy prinsipni j oriy etish orqali
evolyutsion ta’limotni yangi -yangi dalillar bilan boyitdilar.
Darvinning “Turlarning paydo bo`lishi” asari 1860-yilda nemis, 1862-yilda
Fransuz va 1864-yilda rus tillariga tarjima qilindi.
Darvin ta’limotning to`liq g`alaba qozonishida Angiliyada Geksil, Guker,
Gyermaniyada Gekkel,
AQSHda Aza Grey, Rossiyada K.A. Timiryazev,
I.I.Mechnikov va ilmiy dunyoqarash ruhidagi boshqa progressiv olimlarning
xizmatlari benihoya katta bo`ldi. Darvin ta’limotini targ`ib qilishda Guker haqli
ravishda faxrli o`rin egallaydi. U botaniklar orasida birinchi bo`lib,
florani tarixiy
rivojlanish nuqtayi nazaridan o`rgandi.
Geksil odamning hayvonot sistemasidagi o`rnini qiyosiy anatomiya dalillari
asosida isbotlab berdi. U umurtqali hayvonlarning kalla suyagi bir –biriga
o`xshash ekanligini, panja qanotli baliqlar umurtqali hayvonlarning quruqlikka
tarqalishi uchun zamin yaratganligini qayd qildi.
Gekkel evolyutsion nazariyani biogenetik qonun bilan boyitdi va ko`p
hujayrali organizmlarning kelib chiqishi haqida “gastreya” gipotezasini yaratdi.
Gekkel “Jahon jumboqlari” degan kitobida, ayniqsa,
evolyutsion nazariya
odamning kelib chiqishi to`g`risidagi masalani ilmiy asosda hal qilib
berganligini ta’kidlaydi. Biroq Gekkel biologik va ijtimoiy hodisalarning tub
mohiyatini anglay olmadi va evolyutsion ta’limotdagi yashash uchun kurash,
tabiiy tanlanish kabi g`oyalarni tirik tabiatdan jamiyat taraqqiyotiga ko`chirib,
o`ta reaksion sotsial darvinizm oqimiga asos soldi. Evolyutsion ta’limotning
mazmunini Peterburg universitetning professori S.S.Kutorgo birinchi bo`lib
talabalarga tanishtirdi va 1861 – yili “Otechestvennie zapiski”
jurnalida
noma’lum mualif nomi bilan Darvin ta’limotiga xayrixohlik ruhida yozilgan
taqrizi chiqdi. Shu yili fevral oyida Kutorgo yana bir maqolasini “Biblioteka
dlya chteniya” jurnalida nashr ettirdi.
1863 – yilga kelib, Moskva davlat universitetining professori S.A.Rachinskiy
“Russkiy vestnik” jurnalida “Gullar va xashoratlar” degan maqolasini bostirdi.
1864 – yili Timiryazevning “Darvin asari, uning muxoliflari va sharhlovchilari”
degan maqolalar to`plami bosilib chiqdi. U 1865 – yili “Darvin va uning
ta’limoti” nomi bilan alohida nashr qilindi.
Asarda Timiryazev Darvin
ta’limotining asosiy mazmunini qisqacha bayon etdi.
Bu asar darvinizmni o`rganishda asosiy qo`llanma bo`lib xizmat qildi va
bir necha marta nashr etildi. Timiryazev asari bilan bir qatorda D.I.Pisarevning
75
“Hayvonot va o`simliklar olamida progress” degan maqolalar to`plami,
M.A.Antonovichning “Hayvonot olamida turlarning kelib chiqishi nazariyasi”
kabi maqolalar to`plami Darvin ta’limotining Rossiyada tarqalishiga ijobiy ta’sir
ko`rsatdi.
1880 – yilga kelib, Rossiyala ham Darvin ta’limotiga qarshi kurash
boshlandi. 1885 – yili Danileskiy “Darvinizm” nomi
bilan ikki tomlik kitob
nashr ettirdi. U g`arb adabiyotlaridagi Darvin ta’limotiga qarshi qaratilgan
barcha tanqidiy fikrlarni mazkur kitobda to`pladi va ularga asoslanib bu ta’limot
izchil emas, qarama – qarshi fikrlarga boy va soxta ta’limot deb isbot etmoqchi
bo`ldi. Jurnalist N.N.Straxov Danilevskiyning kitobini sharhlab,
darvinizm
to`liq tor – mor etildi degan fikrni e’lon qildi, K.A.Timiryazev inkor etildimi?
degan o`z leksiyasi va asarlarida Danilevkiy va Straxovga qaqshatgich zarba
berdi. Ilg`or olimlar evolyutsion nazariyani qabul qilish bilan chegaralanmay,
uni keng miqyosda targ`ib qildilar va fanning turli sohalariga tatbiq etib
rivojlantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: