85
XX ASRDA EVOLYUTSION TA’LIMOT RIVOJLANTIRILISHI.
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Genetik antidarvinizm. Evolyutsion
nazariyaning genetik asoslari. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi.
1.Genetik antidarvinizm
XIX asr oxiri XX asr boshlarida hujayraning tuzilishi, bo`linishi,
organizmlardagi irsiyat va o`zgaruvchanlik sohalarida bir qancha kashfiyotlar
qilindi. Reaksion olimlar biologiya fani sohasidagi yangi kashfiyotlardan evolyutsion
nazariyaga qarshi kurashda foydalandilar. Ba’zi olimlar so`zda Darvin nazariyasini
e’tirof etsalarda, uning tub mohiyatini o`zgartiradigan qo`shimchalar
va tuzatishlar
kiritishga intildilar.
1900 – 1920 yillar mobaynida ro`y berib, u evolyutsion nazariyaning
tanglikka uchrashi bilan izohlanadi. Irsiyat, o`zgaruvchanlik, tanlash shu
vaqtgacha evolyutsiya omillari sifatida evolyutsion nazariyani tadqiq qilish
ob’ekti bo`lib kelgan edi. Endilikda ular biologiyaning
keyingi
shoxobchalari
bo`lmish — genetika, ekologiya, biosenologiya kabi fanlarning ham tekshirish ob’ekti
bo`lib qoldi. Natijada ana shu masalalar bo`yicha yangi -yangi ma’lumotlar
to`plandi, lekin ular evolyutsion ta’limotga qarshi ruhda talqin qilina boshladi.
Xususan, G. Mendel tomonidan har xil belgili no`xat formalarini chatishtirish
sohasida olingan natijalar duragay organizmlarda belgilarning qo`shilib ketmasligini,
kasb etilgan belgilar nasldan-naslga o`tmasligini ko`rsatsa ham anti-darvinistlar
belgilarning nasldan-naslga turg`un berilish xossasidan turlar o`zgarmas, degan
kreatsionizm g`oyasini tasdiqlash uchun foydalandilar. Olimlardan Kelliker, Ru,
Gyerdvig, Stastburgyer va boshqalar Mendel ochgan
qonunlar umumiy biologik
mohiyatga ega, shunga ko`ra u Darvin ta’limoti o`rniga almashtirishi kerak, degan
fikrni himoya qildilar.
Genetiklarning Darvin ta’limotiga qarshi hujumi uch yo`nalishda bordi. Bular
mutatsionizm, gibridogenez va preadaptatsionizm yo`nalishlaridir.
Xususan, golland olimi G. De Friz (1848—1933) organizmlarning to`satdan
o`zgarishi — mutatsiya haqida nazariya yaratdi. Bu nazariyaga ko`ra, tabiatda
turlar yirik mutatsiyalar tufayli paydo bo`ladi va
ular evolyutsiyaning yagona
sababchisi hisoblanadi. Mutatsion nazariya Darvin ta’limotidagi yashash uchun
kurash, tabiiy tanlanish tufayli moslanishlarni, turlarning vujudga kelishini inkor etdi.
De Friz fikricha, tabiiy tanlanish mutatsiya tufayli vujudga kelgan tayyor turlarni
saqlashdan, muhit sharoitiga mos kelmaydiganlarni nobud etishdan iborat, xolos.
Boshqa golland olimi Ya. Lotsi yangi turlar har xil formalarni chatishtirish, ulardagi
turg`un genlarning kombinatsiyalanishi oqibatida paydo bo`ladi,
degan gibridogenez
nazariyasini ilgari surdi. Uning qayd etishicha, tanlash nomuvofiq kombinatsiyalarni
yo`qotishdan iborat. Genetikani Darvin ta’limotiga qarshi qo`yishda daniyalik olim
V. Iogansenning ishlari katta o`rin tutdi. U etti bo`g`in davomida loviyaning sof
liniyalari va populyatsiyalarida don hajmining nasldan-naslga o`tishini o`rgandi va
tajriba
natijalarini xulosalab, sof liniyalarda tanlash natija bermaydi, u samarasiz
bo`ladi, natijada
uning genetik
strukturasi
o`zgarmaydi.
Shunga
ko`ra,
evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuch bo`la olmaydi, degan. Agar genetik jihatdan
sof liniyalar tabiatda uchramasligi: e’tiborga olinsa, uning xulosalari noto`g`ri
ekanligini bilish qiyin emas.
86
Preadaptatsiya gipotezasining mualliflari L. Keno va Ch. Devenportdir.
Ular fikricha, organizmlardagi moslanish ma’lum muhit sharoitida tabiiy tanlanish
ta’sirining to`plana borishi hisobiga emas, balki aksincha, foydali bo`lgan yakka
holdagi tasodifiy mutatsiya hisobiga amalga oshadi.
evolyutsiya ana shu foydali
mutatsiyalarni tanlashdan iborat, xolos, Angliyalik genetik V. Betson fikricha,
mavjud genlarning yo`qolishi oqibatida mutatsiya ro`y beradi. Boshqacha aytganda,
murakkablashayotgan organizm, aslini olganda genetik
nuqtai nazardan qaraganda,
soddalashish jarayonidan boshqa narsa emas. Binobarin, evolyutsiya dominant
genlarning yo`qolishi tufayli amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: