80
spirallanishi qanday o`zgarganligini tekshirdi.
Uning kuzatishlariga qaraganda,
pliotsen davrining quyi qatlamlaridagi mollyuskalar chig`anog`ining
tashqi ko`rinishi
hozirgi vaqtda Janubiy Yevropada yashaydigan polyudinalarga, yuqori qatlamlardagi
chig`anoqlar esa Janubiy Xitoyda tarqalgan viviparus mollyuskalariga o`xshash
bo`lgan. Bu misolda vaqt o`tishi bilan mollyuskaning bir turi ikkinchi turiga
aylanganligining ashyoviy dalilini ko`ramiz.
4.
Evolyutsion ta’limotning o`simliklar va hayvonlar fiziologiyasiga tadbiq
etilishi.
Evolyutsion ta’limot o`simliklar fiziologiyasining rivojlanishiga ham o`z
ta’sirini ko`rsatdi. Darvin ta’limoti asosida o`simliklar fiziologiyasini
rivojlantirishda K. A. Timiryazevning (1843—1920)
xizmatlari benihoyat katta
bo`ldi. Uning mulohazasiga ko`ra, fiziologiya fani tirik tabiatdagi hodisalarni
tasvirlash bilan cheklanib qolmay, balki ularning sabablarini aniqlashga intilmog`i
zarur. Darvin tirik
tabiatdagi har qanday organizm, organning tuzilishi va
funksiyasi tarixiy rivojlanish natijasidir, deb uqtirgan edi.
Modomiki shunday ekan,
nima uchun o`simliklarning bargi yashil, degan savol tug`iladi.
K.A. Timiryazev o`simliklar bargining yashil bo`lishi quyosh nuridagi
energiyaga boy o`ta qizil nurlarni qabul qilishga moslanish natijasi ekanligini,
chunki o`simliklardagi assimilyatsiya quyosh nuri spektorining qizil nurlari ta’sirida
eng yuqori samara berishini hamda fotosintez jarayonida
karbonat angidiridning
parchalanish miqdori yashil barglarga ta’sir etuvchi qizil nurlar energiyasiga to`g`ri
proportsional ekanligini birinchi bo`lib tushuntirib berdi. U yashil o`simlik-
larning fotosintetik xossasi — moddalar va energiyaning saqlanish qonuni tirik
tabiatga ham xos ekanligini isbotladi.
O`simliklar tomonidan uglerod o`zlashtirilishiga asosiy sabab quyosh
energiyasi ekanligini qayd qilib, uning ishtirokida
o`simliklarning xlorofill
donachalarida karbonat
angidrid bilan suv qo`shilib, organik moddalar hosil
bo`lishini, quyosh energiyasi harakatdagi (kinetik)
energiya holatidan yashirin (potentsial) energiyaga
aylanishini, oziqdagi yashirin energiya yerdagi
barcha tiriklik
uchun zarur energiya manbai
bo`lishini ta’kidladi. Bu bilan yashil o`simliklarning
kosmik roli ochib berildi. Shu bilan bir qatorda,
fotosintez natijasida ajralib chiqadigan kislorod
barcha aerob organizmlarning nafas olishi uchun
zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Timiryazev yashil
o`simliklar xlorofilining tuzilishi bilan hayvonlar
qonidagi
gemoglobinning
tuzilishi
o`rtasida
ximiyaviy va fiziologik yaqinlik borli giga birinchi
bo`lib kishilar e’tiborini qaratdi va unga o`simlik-
lar bilan hayvonlarning
kelib chiqishidagi birlikni
ko`rsatuvchi fiziologik dalil sifatida yondashdi.
Evolyutsion ta’limot odam va hayvonlar fiziologiyasiga ham katta ta’sir
ko`rsatadi. I.M.Sechenov (1829-1905) evolyutsion fiziologiyaning asoschisi
Do'stlaringiz bilan baham: