QO'SHILGAN QIYMAT S O L I G ' I N I N G MOHIYATI
VA UNING TO'LOVCHILARI
l-§ Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq tizimiga joriy qilinishi hamda
iqtisodiy ahamiyati
Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlar, ishlar va xizmatlar ustiga qo'yil-
ganligi uchun egri soliqlar qatoriga kiradi. Bunday qaraganda uning
to'lovchilari mahsulot ishlab chiqaruvchi, ish va xizmatlarni bajaruvchi
korxona, tashkilot, birlashmadek tuyuladi. Ana shu korxonalar soliqni
huquqiy'to'lovchilari bo'ladilar. Soliq idoralari soliqni o'z vaqtida va to'liq
byudjetga o'tkazishni ulardan talab qiladilar. Aslida esa mazkur korxona,
tashkilot va birlashmalar qo'shilgan qiymat solig'ini mahsulot, ish,
xizmatni sotib oluvchi korxona, tashkilot va birlashmalar sotib olgan
mahsulot, ish, xizmat ustiga qo'yib yuboradilar. Demak, soliqni haqiqiy
to'lovchilari shu mahsulot, ish va xizmatni iste'mol qiluvchi korxonalardir.
Ularning oxirgi qiymati chakana savdo orqali aholiga yetib boradi va oxirgi
iste'molcbilar bo'ladi.
Amaliyotda O'zbekiston Respublikasining soliqlar haqidagi qonun-
lariga binoan, hisobot davri (oyi) uchun realizatsiya qilingan tovarlar
(ishlar, xizmatlar) uchun hisoblab chiqarilgan qo'shilgan qiymat solig'i
summasi bilan qiymati ishlab chiqarish va muomala xarajatlari (masalan,
materiallar, xomashyo, butlovchi buyumlar, yoqilg'ini yetkazib bergan
ta'minotchilarga to'langan haq)ga qo'shiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
uchun to'lanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasi
o'rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqariladi.
Bu umumiy tartib mazkur soliqning qo'shilgan qiymatga solinadigan
soliq sifatidagi mohiyatini ochib beradi. Bu o'rinda korxona bir vaqtning
o'zida ta'minotchiga soliq to'lovchi sifatida ham, tovarlarni sotib oluvchi,
ishlar va xizmatlarni iste'mol qiluvchilardan soliq oluvchi sifatida ham
maydonga chiqadi.
Bunday ahvolda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetishmovchiligi yoxud
ularga talab oshgan sharoitlarda, QQS korxonaning moliyaviy natijasi (foy-
dasi)ga nisbatan haqiqatdan neytral soliqqa ham, mulkchilik shakllaridan
va xo'jaliklarning tarmoqidan qat'iy nazar, barcha korxonalar va bir-
lashmalar tomonidan to'lanadigan universal soliqqa ham aylanadi.
Qo'shilgan qiymat solig'i bilvosita ko'p bosqichli soliq bo'ladi, ishlab
chiqarish va taqsimlash siklidan boshlanib, iste'molchiga sotilishgacha
bo'lgan har bir aktdan undiriladi. Uning obyekti bo'ladi, ushbu jarayon-
larda qo'shilgan qiymat hisoblanadi ya'ni, mahsulot ishlab chiqaruvchi,
59
ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko'rsatuvchi tomonidan yangidan
mahsulot ishlab chiqarish uchun yoki ishlar va xizmatlarni amalga oshirish
uchun sotib olingan xomashyo, materiallar yoki tovarlar va mahsulotlar
ustiga qo'shilgan qiymatdir. Ushbu soliq tovarlar, ishlar va xizmatlar
narxining barcha elementlarini cheklaydi hamda ishlab chiqaruvchining
ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga undaydi.
Qo'shilgan qiymat solig'i hisobotlari asosida davlat sanoat va savdo
kapitalining aylanishi to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ladi va bu makro-
darajada tartibga solishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovarlar
hali haqiqiy va oxirgi iste'molchi hisoblangan hamda soliqning haqiqiy
to'lovchisi bo'lmish aholiga sotilishidan oldin daromad olish imkoniyatiga
ega bo'ladi.
Jahon amaliyoti, qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblashning deyarli bir
xil tizimiga ega. Soliq to'lovchi sotilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va
ko'rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlardan olingan soliq bilan ushbu mah-
sulotlarni ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni amalga oshirish uchun to'
langan soliq summasi orasidagi farkni budjetga to'laydi. Agarda xaridor
lardan olingan soliq summasidan chegirib tashlanadigan mahsulot, ishlar
va xizmatlarni yetkazib beruvchiga to'langan soliq summasi olingan soliq
summasidan ortiq bo'ladi, u holda manfiy qoldiq keyingi davr soliq
to'lovlari hisobiga o'tkaziladi, yoki rivojlangan davlatlarda qo'llanilib kelina
yotganidek, soliq to'lovchiga qaytarib beriladi.
Soliqlarni qismlarga ajratib undirishga imkoniyat beradi, chunki
soliqqa tortish miqyosfga firmalarning barcha sotuvlari kiradi, ammo oraliq
sotib olishlarda to'langan soliq summasi kelgusida jami summadan chiqarib
tashlanadi. «Soliq krediti» nomi bilan atalgan ushbu usul soliq tizimiga
o'zini o'zi tartibga solish elementini kiritadi va soliqlarni undirilishi
yuzasidan tartibni yaxshilaydi.
Qo'shilgan qiymat solig'ining asosiy ustunligi shundaki, ishlab chi-
qarishning.
t
har bir bo'g'inida to'langan soliqning hajmini aniqlash mumkin.
Bu esa, masalan, eksportga berilgan chegirmalarni aniq hisoblashga yor
dam beradi va eksport subsidiyalari berilgan vaqtdagi qonun buzilishlarning
oldini oladi.
Budjetni muvofiqlashtirish muammolari bozor iqtisodiyotga asoslan
gan iqtisod uchun davlat tomonidan bozor iqtisodini tartibga solishda juda
muhimdir. Ushbu muammolar orasida soliqlar yordamida qoplanib turi-
ladigan budjetning daromad qismini shakllantirish alohida o'ringa ega.
Bunda ko'pgina mamlakatlarda asosiy o'rin bilvosita soliqlarga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotga asosan bu soliqlar ga iste'moldan soliqlar (qo'shilgan
qiymat solig'i, savdo va oborotdan olinadigan soliqlar), aksizlar va bojxona
to'lovlari kiradi.
O'zbekiston Respublikasida bilvosita soliqlar davlat budjeti daromad-
larining deyarli yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu soliqlar
narxning asosiy qismini tashkil qila turib, mamlakat ichidagi ishlab chiqa
rish va iste'molga hamda xalqaro savdoda yetarli darajada ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |