7. Gomologik va analogik organlar.
Darvingacha ko`p biologlar umurtqalilarning turli sinflariga mansub hayvonlarda
ba’zi organlar o`xshash ekanligiga diqqat-e’tiborni qaratdilar. Sent-Iler birinchi
marta analogik organlar to`g`risida mulohaza yuritdi. Bu termin asosida u hozirgi
zamon tushunchasi bilan aytganda, gomologik organlarni e’tirof qildi. Keyinchalik
qayd qilingan tushunchaga yanada aniqlik kiritildi. Funksiya jihatdan o`xshash
organlar
analogik,
kelib chiqish jihatdan o`xshashlari
gomologik organlar
deb atala
boshlandi.
Odatda,
gomologik organlar
hayvonlar tanasida bir xil joylashgan, o`xshash
murtakdan rivojlangan va tuzilishi ham o`xshash bo`ladi. Gomologik organlarga
quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oldingi oyoqlarini misol qilib
ko`rsatish mumkin. Chunonchi, baqa, kaltakesak, ko`rsichqon, ayiqning oldingi
oyoqlari, kitniig lasti, qushlarning qanoti, ko`rshapalaklarning uchish pardasi har xil
vazifa bajarishidan qat’i nazar, bir xil tuzilgan bo`ladi. Ularning hammasi yelka,
bilak, tirsak, kaftust, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topgan. Umurtqalilarning
201
har xil guruhlarida skeletning katta-kichikligi, shakli har xil bo`lsa ham tuzilishi
o`xshashligi uchun ular gomologik organlar hisoblanadi. O`simliklarda novda
metamorfozidan hosil bo`lgan tugunak, piyozbosh, ildizpoyani gomologik organlarga
misol qilib ko`rsatish mumkin.
Gomologik organlarni o`rganish u yoki bu organning kelib chiqishini isbotlashda
muhim o`rin tutadi. Masalan, ilonlarning zahar bezlari so`lak bezlarining
o`zgarishidan kelib chiqqanligi, kapalaklarning so`ruvchi xartumchasi boshqa
hasharotlarning pastki jag` juftlariga gomolog ekanligi isbotlangan.
Anologik
organlar
deganda, kelib chiqishi,
tuzilishi har xil, lekin vazifasi o`xshash bo`lgan
organlar tushuniladi. Chunonchi, baliqlarning jabrasi ichakning halqum qismini teshib
o`tgan jabra yorig`idagi jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlaridan tashkil
topgan. Dengizda yashaydigan har xil halqali chuvalchanglarda harakatlanish
organlari — parapodiyalar atrofidagi ayrim segmentlarning tashqi o`simtalari jabra
vazifasini bajaradi.
40-rasm.
O`simliklar bilan hayvonlarning analogik organlari:
A — zirkning tikani bargning: B-oq akatsiya tikoni yon bargning; V —do`lana
tikoni novdasining; G — maymunjon tikoni po`stloqning o`zgarishidan hosil bo`lgan;
D — umurtqali hayvon va boshoyoqli mollyuskaning ko`zi boshqa-boshqa
boshlang`ich asosdan rivojlangan.
Itbaliqning tashqi jabrasi, baliqlarning jabrasi, shuningdek, qushlar va
kapalaklarning qanoti kelib chiqishi va tuzilishiga ko`ra har xil bo`lib, lekin bir
xil vazifani bajaradi (40-rasm).
Analogik organlar o`simliklar dunyosida ham ko`plab uchraydi. Chunonchi,
tokning jingalaklari novdaning, oddiy no`xatniki bargning o`zgarishidan hosil
bo`lgan. Ayrim hollarda gomologiya bilan analogiya, ya’ni organlarning tuzilishi
bilan funksiyasi o`zaro o`xshash bo`ladi. Masalan, qushlarning qanoti bilan
202
ko`rshapalaklarning uchish pardasi taqqoslansa, ular tuzilishi, funksiyasiga ko`ra
o`xshashligini ko`ramiz. Shuningdek, umurtqali hayvonlarning ko`p organlari
(bosh miyaning har xil qismlari, orqa miya, sezuv organlari, yurak, jigar va
boshqalar) ham tuzilishi va funksiyasiga ko`ra o`xshash bo`ladi. Organlarning
analogik va gomologik o`xshashligini aniqlash evolyutsion rivojlanish yo`lini, turli
formalar orasidagi qarindoshlikni va nihoyat tabiiy tanlanish ta’siri yo`nalishini
ifodalashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |