Laboratoriya ishi №1
Mavzu: XVIII asr fransuz faylasuf
materialistlarining qarashlari. J. Kyuvening
qiyosiy anatomiya va palentologiyadagi ishlari.
Xayvonlarning bir asosda tuzilganligi haqida Sent-
Iler. Tabiiy fanlar rivojini evolyutsion ta`limot
rivojiga qo`shgan xissasini o`rganish.
Darsning maqsadi
: XVIII asr fransuz faylasuf
materialistlarnimg qarashlar va J.Kyuvening qiyosiy
anatomiya va poleontologiyadagi ishlarini o`rganish
Ko`rgazmalar:
plakatlar, tablitsalar.
Darsning borishi:
J.Kyuvening
qiyosiy anatomiya
va poleontologiyadagi ishlari
XV asrning yarmi buyuk geografik kashfiyotlar bilan
xarakterlanadi. XV asrdaAfanasiy Nikitin quruqlik
orqali, Vasko da Gama dengiz yo`li orqali Hindistonni
kashf etadilar. Ulardan anchaginaoldin O`rtaOsiyolik
olimlardan
Abu
Rayhon
Beruniy,
Nosir
Xisrav,
keyinchalik Zahiriddin Muhammad Bobur,
Muhammad
Haydar MirzaAfg`oniston orqali Hindistonga borganlar.
Abdurazzoq Samarqandiy esa g`arbdan Hind okeani orqali
kemada borib, Hindistonning janubiy rayonlarida bo`lgan.
Xristofor Kolumb 1492-94 yillardaAmerika, Kuba vaAntil,
Porto-Riko, Yamaykani kashf etadi vaAbu Rayhon
Beruniyning
Yerkurrasining
g`arbiy
pallasidakatta
quruqlik
borligi
to`g`risidagi
taxminini
amalda
isbotlab beradi. Amerigo Vespuchchi esa 1501 yili
Janubiy Amerika sohillarini tekshiradi. 1519-1522 yillarda
Fernan Magellan Yerkurrasini birinchi martaaylanib
chiqadi. Nihoyat, 1770-1771 yillarda ingliz Djeyms Kuk
Avstraliyani kashf etadi. SHu
tariqa dunyoning hozirgi
zamon xaritasi yaratiladi. O`zgayerlar aholisi bilan savdo-
sotiq va iqtisodiy aloqalar bog`lanishi Yevropadagi
ko`pgina davlatlarda ishlab chiqarishni kengaytirishga
imkon beradi. Oqibatda XV asrning oxirigakelib,
Yevropadagi ko`p davlatlarda ishlab chiqarishning asosiy
tarmoqlari bo`yicha texnikaviy inqilob amalgaoshiriladi.
1665 yili bug`
mashinasi, 1667 yilga kelib mexanik
mashina kashf etiladi. Jamiyatning rivojlanishi fan,
adabiyot, san`at vatexnikaning keng ko`lamda rivojlanishi
uchun shart-sharoit vujudga keltiradi. SHu sababli bu
davrga kelib, Yevropadagi Oksford, Kembridj, Rim, Parij,
Praga, Vena kabi yirik shaharlarda
dastlabki universitetlar
tashkil etiladi. Ular tabiiy-ilmiy bilimlarni tarqatish
manbaiga,
ilm-fan
durdonalarini
saqlash
markazigaaylanadi. Bu davrda uzoq joylarga safarga
chiqmagan 4-5 tilda gaplashaolmagan, bir necha sohada
ijod qilmagan bironta buyuk kishi deyarli topilmas edi.
Uyg`onish davrining eng mashhur namoyandalaridan biri
bo`lgan italiyalik Leonardo da Vinchini misolgaolsak, u
faqat ulug`
rassomgina emas, shu bilan birga ulug`
matematik, mexanik, injenYerbo`lib, fizikaning bir
qancha sohalaridaajoyib kashfiyotlar qilgan siymo edi.
XV-XVIII asrlarga kelib, geografiya, fizika,
matematika,
astronomiya,
kartografiya
birmuncha
rivojlandi. Polshalik olim Nikolay Kopernik o`z
tadqiqotlarigaasoslanib, yunon astronomi Ptolomeyning
geosentrik sistemasi noto`g`ri ekanligini va Yerboshqa
sayyoralar singari Quyosh atrofidahamda o`z o`qi
atrofidaaylanib turishini isbotlab
berdi va geliosentrik
nazariyagaasos soldi. Italiyalik olim JordanoBruno
(1548-1600) Kopernik ta`limotini rivojlantirdi hamda
koinot bepoyon, bizning Quyosh sistemamiz koinotdagi
yagona sistema emas, balki koinot bir necha sistema va
dunyolardan tashkil topgan, uning rivojlanishi qarama-
qarshi kuchlar kurashidan iborat, deb ta`kidlaydi.
O`rtaasrlardagiga qaraganda uyg`onish davrida tabiat
to`g`risidagi bilimlar anchagina rivojlangan bo`lsada, XV-
XVIII asrlardatabiat
bir-biridan ajralib qolgan, o`zaro
bog`liq bo`lmagan alohida narsa-hodisalarning tasodifiy
to`plami, deb e`tirof qilindi va undagi rivojlanish jarayoni
inkor etildi.