Genetika va evolyutsion


a. Organ bajaradigan funksiyaning kengayish prinsipi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

a. Organ bajaradigan funksiyaning kengayish prinsipi 
1912 yili Plate 
tomonidan aniqlangan. Bu prinsipga muvofiq organ bajarayotgan birinchi darajali 
funksiya deyarli o`zgarmasa ham, ikkinchi darajali funksiyalar soni ortadi. Bu o`z 
navbatida organning funktsional faoliyati sifat jihatdan o`zgarishiga sabab bo`ladi. 
Masalan, ikki pallali mollyuskalarda jabra nafas olish funksiyasini o`tashi bilan 
birga oziq moddalarni suv oqimi bilan og`iz bo`shlig`iga haydash vazifasini ham 
bajaradi, ya’ni o`z funksiyasini kengaytiradi. Tuban qisqichbaqasimonlarda 
antennalar faqat sezuv organi bo`lib qolmay, bir vaqtning o`zida harakatlanish organi 
hamdir. Uchuvchi baliqlarda ko`krak suzgich pardalari faqat suzish vazifasini 
bajarmay, ayni bir vaqtda muvozanat yoki elkan funksiyasini ham bajaradi. Qushlar 
tumshug`i oziqlanishdan tashqari, patlarni tozalash, moylash, uya qurish va 
himoya funksiyalarini o`taydi. Quruqda yashaydigan umurtqali hayvonlarda 
oyoqlarning asosiy funksiyasi yurishdan iborat. Lekin ular boshqa funksiyalar, 
masalan, daraxtga chiqish, yer qazish, hujum qilish, himoyalanish, qashlash kabi 
funksiyalarni ham bajaradi. 
b. Funksiyalariing almashinish prinsipi
dastlab Darvin, so`ngra 1875 yili 
Dorn tomonidan aniqlangan. Ma’lumki, har bir organ bir qancha funksiyani 


198 
bajarsada, ulardan biri asosiy, qolganlari ikkinchi darajali funksiya bo`lib 
hisoblanadn. Muhitning o`zgarishi tufayli, birinchi va ikkinchi darajali funksiyalar 
o`zaro o`rin almashinishi, ya’ni organ bajarayotgan asosiy funksiya ikkinchi darajali 
bo`lib qolishi yoki tamomila reduksiyaga uchrashi, uning o`rniga ikkichi darajali 
funksiyalardan birortasi birinchi darajali funksiya bo`lishi va buning natijasida 
organning tuzilishi o`zgarishi mumkin. Chunonchi, asalari va arilarning qorni 
qismidagi 8 va 9-juft oyoqlari yurish funksiyasidan tuxum hujayralarini saqlash 
vazifasini bajarishga o`tgan. Quruqda yashovchi sut emizuvchilardan yo`lbars, it, 
ayiq, ot, kiyiklarda yurish, chopish oyoqlarining birinchi darajali funksiyasi bo`lsa, 
zarur sharoitda ular suzish funksiyasini ham bajaradi. Lekin bu funksiya ikkinchi 
darajali funksiya hisoblanadi. 
Tarixiy rivojlanish jarayonida sut emizuvchilardan ba’zilarining quruqlikdan 
suv muhitiga o`tishi tufayli ularning oyoqlarida suzishi birinchi darajali funksiyaga 
aylangan. 
39-rasm.
Funksiyaning almashinishi: 1 - dengiz mushugida keyingi oyoqlar hali 
asosiy funksiya — yurishni yo`qotmagan: 2- tyulenda esa keyingi oyoqlar yurish 
funksiyasini yo`qotib, suzish funksiyasini bajaradi. 
Yurish esa ikkinchi darajali bo`lib qolgan (oq ayiq, morj, tyulenlarda) yoki 
tamomila reduksiyaga uchragan (kit, delfinlarda). Xuddi shunga o`xshash, 
ko`rshapalaklarda ham uchish funksiyasi rivojlangan. Funksiyaning almashinishi 
organ bajarayotgan funksiyaning ko`proq moslanish tomonga yo`nalishi prinsipi 
zaminida amalga oshgan (39-rasm). 
Organlarning filogenetik o`zgarish prinsipi yuqorida bayon etilgan prinsiplar 
bilan tugallanmaydi. Ular nihoyatda xilma-xil bo`ladi. Bulardan tashqari, 
funksiyaning aktivlashishi, immobilizatsiyasi, ajralishi ham bor. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish