Genetika va evolyutsion


 Monofiletik va polifiletik evolyutsiya



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
2. Monofiletik va polifiletik evolyutsiya. 
Organizmlar guruhi yagona ajdoddan paydo bo`lganligi haqidagi monofiletik 
prinsip hozirgi zamon sistematikaning asosini tashkil etadi. Monofiletik evolyutsiyani 
talqin qilishda keyingi vaqtda ba’zi bir muhim o`zgarishlar ro`y bermoqda. 
Darvin o`z davrida yangi turlar bir individdan emas, ko`p individdan ham paydo 
bo`lishi mumkin, deb hisoblagan edi. Uning fikrlari hozirgi vaqtda mikroevolyutsiya 
haqidagi ta’limot bilan to`liq tasdiqlandi va oqibatda evolyutsiyaning boshlang`ich 
birligi bir individgina bo`lib qolmay, balki populyatsiya ekanligi uzil-kesil hal 
etildi. Bu o`z-o`zidan, monofiletik evolyutsiya haqida fikr yuritganda, «yagona bir 
ajdoddan» paydo bo`lgan, degan iborani aynan tushunish kerak emas. Shunga ko`ra, 
monofiletik guruh deyilganda, o`sha taksonomik darajadagi bir guruhdan kelib 
chiqqan guruh yoki guruhlar tushuniladi. Masalan, kurakoyoqli sut emizuvchilar 
turkumining har xil oilalari, chamasi, yirtqichlar turkumining har xil oilalariga 
mansub turlardan kelib chiqqan. Bu dalillarga asoslanib, hozirgi kurakoyoqlilarni 
polifiletik guruh deb atash yaramaydi. Axir ular yagona turkumdan kelib chiqqan-


194 
ku! Shunga o`xshash, sut emizuvchilar ham reptiliyalarning turli davrlarda yashagan 
bir qancha guruhlaridan paydo bo`lgan. 
Morfologiya, paleontologiya, hayot siklini o`rganish ayrim organizm guruhlari 
mustaqil guruh bo`lishi kerakligini ko`rsatmoqda. Masalan, kemiruvchilar turkumi 
ikkita: quyonsimonlar va kurak tishlilar kenja turkumlariga bo`linar edi. Hozir esa 
bu ikki guruh faqat tashqi tomondan kemiruvchilarga o`xshashligi ma’lum bo`ldi. 
Natijada bu turkumlar 
Lagomorpha 
va 
Radentiaga
ajratildi. Yaqin vaqtgacha kelib 
chiqishi har xil bo`lgan lochinlar va boyqushlar yirtqich qushlar turkumiga kiritilar 
edi. Ular ham endilikda ikki turkumga bo`lindi. 
Monofiletik evolyutsiya bilan bir qatorda polifiletik evolyutsiya ham mavjud. 
Polifiletik evolyutsiya deyilganda, organizm guruhlari tarixiy jarayonda har xil 
tarmoqdan paydo bo`lganligi tushuniladi. Masalan, gulsapsar, tamaki, shuvoq, 
qo`ng`irbosh, g`o`za va bug`doyning ayrim turlari duragaylash va xromosomalari 
sonining ikki hissa ortishi hisobiga kelib chiqqanligi ma’lum. Bu hodisa polifiletik 
evolyutsiya mikroevolyutsiya darajasida ham ro`y berishini isbotlovchi dalildir. 
Duragaylash yo`li bilan yangi avlod olish mumkinligi, ya’ni polifiletik kelib 
chiqish tajribada ko`p marta isbotlangan. Tabiiy sharoitda yashayotgan bir qancha 
avlodlar shunday yo`l bilan hosil qilingan. Ular orasidan arpa bilan elimus, 
tog`olcha bilan o`rik chatishishidan hosil bo`lgan avlodlar bunga misol bo`ladi. 
Ba’zi taksonlarning polifiletik yo`l bilan kelib chiqqanligi haqidagi mulohazalar 
evolyutsiyaning umumiy monofiletik yo`nalishni inkor etmaydi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish