Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


204 
XV 
bob
. ONTOGENEZ VA FILOGENEZNING BIRLIGI. 
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Seversovning filoemriogenez nazariyasi: 
anaboliya deviatsiya, arxallaksis neoteniya, ontogenez evolyutsiyasi, ontogenez 
bosqichlari, ontogenez embrionizatsiyasi. 
Ontogenez 
(grekcha 
ontos 
— shaxsiy, g
enezis 
— rivojlanish demakdir) atamasi fan 
tarixida turlicha tushunilgan. E. Gekkel ontogenez deganda, organizmlarning embrion 
va lichinkalik davrini, A.N. Seversov zigotadan to hayvon organizmining jinsiy 
yetilishigacha bo`lgan davrni tushungan. Haqiqatda esa ontogenez ko`p hujayrali 
organizmlarning zigotadan to tabiiy o`limigacha bo`lgan rivojlanish davrini 
ifodalaydi. Jinsiy yo`l bilan ko`payadigan o`simliklar va hayvonlarda ontogenez 
embrional hamda postembrional davrlarga bo`linadi.
Filogenez (yunoncha phulon – avlod, genezis – rivojlanish demakdir) ma’lum 
sistematik guruhlarning tarixiy rivojlanishi o`z ichiga oladi. Organizmalarning 
shaxsiy va tarixiy rivojlanish evolyutsion ta’limotning eng muhim muammolaridan 
biri 
hisoblanadi. 

evolyutsiya 
jarayoni 
mexanizmini 
aniqlashda, 
tirik 
mavjudotlarning shaxsiy va tarixiy rivojlanishini idora etishga yordam beradi. 
1.
 
Organizmalarning induvidual va tarixiy rivojlanishining parallelizm haqida 
XVII asrda V.Garvey “barcha tiriklik tuxumdan boshlanadi” degan iborani 
ishlatib, barcha organizmlar rivojlanishidagi umumiylikni qayd qilgan edi. 
Hayvonlarning individual (shaxsiy) rivojlanishini o`rganishni K.Volf va ayniqsa
K.Ber boshlab berdi. Ber qiyosiy metoddan foydalanib, bir tipning har xil sinflariga 
kiruvchi hayvonlarning embrion rivojlanishida avval umumiy, so`ngra xususiy va 
nihoyat maxsus organ, belgilar rivojlanishini, ya’ni embrion divergensiyasi ro`y 
berishini asoslab berdi. Evolyutsion ta’limot asoschisi bo`lgan Darvin embrion 
rivojlanishidagi o`xshashlik hamda embrion divergensiyasi hayvonlarning o`zaro 
yaqinligi va muhit sharoitning ta’siri bilan ularda filogenetik divergensiya ro`y 
berganligini ta’kidladi. 
Darvin «Turlarning kelib chiqishi» va boshqa asarlarida ontogenez bilan 
filogenez o`rtasida uzviy bog`liqlik borligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko`ra, 
ontogenez turli tuzilish va xossalarning shakllanishiga olib keladigan murakkab va 
qarama-qarshi jarayondir. Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish bosqichlarining 
takrorlanishi tufayli har xil organizmlarning embrion rivojlanishi umumiylikka ega 
bo`ladi. Embrion o`z rivojlanishining turli bosqichlarida tabiiy tanlanish ta’siriga 
beriladi. Natijada muayyan bosqichlarda yangi moslanish xossalari vujudga 
kelib, ular organizmning rivojlanishi tarixiy rivojlanish doirasidan chetga 
chiqishiga sabab bo`ladi. Shunga ko`ra, ontogenez individual rivojlanish, filogenez 
esa ajdod rivojlanishining oddiy takrorlanishi emas. Ontogenezdagi o`zgarishlar 
ayrim organlar, belgilarning rivojlanishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, 
rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tushib qolishiga, murtak va lichinkada 
moslanish ahamiyatiga ega yangi xossalar vujudga kelishiga, organizmning tuzilishi 
ajdodlarinikiga nisbatan murakkablashuviga yoki soddalashuviga olib keladi. 
Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishida avlod-ajdodi
belgi-xossalarining takrorlanishini 
rekapitulyatsiya 
deb, ajdod belgilarining o`zini 
esa 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish