O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Qon aylanish sistemasi.
Qon aylanish organlari yurak, yurakoldi bo‘shlig‘i, aorta va 
tana bo‘shlig‘i - lakunlardan iborat. O‘rgimchaksimonlar yuragi har xil tuzilgan. Tanasi 
bo‘g‘imlarga bo‘lingan chayonlarning yuragi qorin bo‘limida ichak ustida joylashgan uzun 
naydan iborat. Yurakning ikki yonida 7 juft tirqishsimon teshiklar - ostiylar ochiladi. 
O‘rgimchaklar yuragi birmuncha kalta bo‘lib, 3-4 juft ostiylarga ega. Kanalarning yuragi esa 
bir juft teshikli kalta xaltachadan iborat. Juda mayda kanalar yuragi bo‘lmaydi. Yurakning 
oldingi va keyingi uchidan bittadan aorta chiqadi. O‘rgimchaklarda faqat oldingi aorta bo‘ladi. 
Gemolimfa tana bo‘shlig‘iga, undan ostiylar orqali yurakka o‘tadi. 
Nerv sistemasi.
Bosh miya ko‘zlarni prototserebrum va xelitserani boshqaradigan 
tritotserebrum bo‘limlardan iborat. Miyaning oraliq bo‘limi deytotserebrum rivojlanmagan. 
Qorin nerv zanjirining tuzilishi tana bo‘g‘imlarining rivojlanishiga mos keladi. Tanasi ko‘p 
bo‘g‘imli vakillari (masalan, chayonlar)da ko‘krak bo‘limidagi nerv tugunlari birga qo‘shilib, 
yirik boshko‘krak nerv tugunini hosil qiladi. Qorin bo‘limida 7 ta kichikroq nerv tugunlari 
bo‘ladi. Qorin bo‘g‘imlari sonining kamayishi nerv tugunlarining qontsentratsiyasiga sabab 
bo‘ladi. O‘rgimchaklarda barcha nerv tugunlari boshko‘krak nerv tugunlari bilan qo‘shilib 
ketgan. Kanalarda tana bo‘limlari birlashib ketishi bilan nerv zanjirining barcha tugunlari bosh 
miya bilan birga qo‘shilib, umumiy yirik nerv massasini hosil qiladi. 
O‘rgimchaksimonlar pedipalpasi, oyoqlari va tana sirtida joylashgan maxsus tukchalari 
havoning tebranishini qabul qiladi. Kimyoviy sezgi, hid bilish vazifasini lirasimon organ 
o‘taydi. Bu organ kutikulada joylashgan, nervlar uchlari bilan ta‘minlangan chuqurchadan 
iborat. Ko‘pchilik o‘ rgimchaksimonlarda 12, 8, 6 juftdan ko‘zlari bor. Ko‘zlar boshko‘krak 
orqasida joylashgan. Chayonlar o‘z juftini bir necha santimetr naridan, ayrim o‘rgimchaklar 20-
30 sm dan tanib oladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish