O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

O‟rgimchaksimondar 
(Arachnida)
 sinfi 
O‘rgimchaksimonlar- quruqlikda muhitiga moslashgan, xilma-xil tuzilgan xelitseralilar. 
Moylovlari bo‘lmaydi; faqat oddiy ko‘zlari rivojlangan. Boshko‘krak bo‘limida olti juft 
o‘simtalardan ikki jufti xelitsera va pedipalpalar, qolgan to‘rt jufti a yurish oyoqlari 
hisoblanadi. O‘pka yoki traxeyalar yordamida nafas oladi. Ayirish funksiyasini koksal bezlar 
va malpigi naychalari bajaradi. 
Tashqi tuzilishi.
O‘rgimchaksimonlarning tana bo‘limlari va bo‘g‘imlari turli darajada 
rivojlangan. Chayonlar va solpugalar tanasi ko‘p sonli bo‘ g‘imlardan iborat. Ularda ko‘krak 
oldingi bo‘ g‘imlari yoki hamma ko‘krak bo‘g‘imlari bosh bilan birikib, yxlit boshko‘krak 
hosil qiladi. Ko‘pchilik o‘rgimchaksimonlarda qorin bo‘g‘imlari ham qo‘shilib, tanasi yaxlit 
boshko‘krak va qorin bo‘limini hosil qiladi. Kanalarda hamma tana bo‘limlari va bo‘g‘imlari 
birga qo‘shilib ketgan (131-rasm). 


O‘rgimchaksimonlar tanasining tuzilishi bo‘g‘imlar soniga bog‘liq. Ko‘p bo‘ g‘imli 
o‘rgimchaksimonlar (solpugalar, chayonlar) tanasi cho‘ziq bo‘ladi. Bo‘g‘imlar sonini 
kamayishi bilan tana ham qisqarib boradi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan kanalarning tanasi 
yumaloq bo‘ladi. O‘rgimchaksimonlar kattaligi 0,2 mm dan (kanalar) 20 sm gacha (ayrim 
chayonlar, o‘rgimchaklar) bo‘ladi. 
O‘rgimchaksimonlarning xelitsera va pedipalpalari oziqni ushlab turish va maydalashda 
ishtirok etadi. Ko‘pchilik o‘rgimchaksimonlar (solpuga, chayon, soxtachayon, pichano‘rar, 
ayrim kanalar) xelitserasi kalta, og‘iz teshigi oldida joylashgan. Xelitseralar uchta bo‘g‘imdan 
iborat. Uning ustki bo‘g‘imi harakatchan o‘ tkir tirnoqni hosil qiladi. Kanalar xelitserasi o‘ tkir 
uchli ikki bo‘ g‘imli o‘simtalardan iborat. Pedipalpalar bir nechta bo‘g‘imdan iborat. Asosiy 
bo‘g‘imidagi chaynovchi o‘simtasi oziqni maydalaydi; boshqa bo‘g‘imlari paypaslagich 
hisoblanadi. Chayonlar, soxtachayonlar pedipalpasi qisqichga aylangan. O‘rgimchaklar va 
solpugalar pedipalpasi yurish oyoqlariga o‘xshash tuzilgan sezgi organi hisoblanadi. 
O‘rgimchaksimonlarning to‘rt juft yurish oyoqlari bir xilda tuzilgan. 6-7 bo‘g‘imli 
oyoqlarning uchki qismida tirnoqlari bor. Qorin bo‘limida oyoqlar rivojlanmagan. Chayonlar 
va soxta chayonlarning o‘pka xaltasi, o‘rgimchaklarning o‘rgimchak bezlari shakli o‘zgargan 
qorinoyoqlardan iborat. 
Tana qoplag‘ichi uch qavatli kutikula va uning ostida joylashgan gipoderma va bazal 
membranadan iborat. Kutikula yupqa, uning ekzokutikula qavati suv o‘tkazmaydigan 
mumsimon 
madda 
lipoproteinli 
epikutikula 
bilan 
qoplangan. 
Shu 
sababdan 
o‘rgimchaksimonlar eng quruq joylarda ham yashay oladi. Chayon va o‘rgimchaklarning zahar 
bezlari, o‘rgimchaklar, soxta chayonlar va ayrim kanalarning o‘rgimchak bezlari teri 
epiteliysidan hosil bo‘ladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish