kelib chiqishi halqali chuvalchanglar parapodiylari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Nauplius
jag‘lari antennalar orqasida joylashgan bo‘lib, dastlab suzish uchun xizmat qiladi. Lichinkada
ichak, bosh miya, ikkita qorin nerv gangliysi, nauplius ko‘zi va
bir juft antenna bezlari ri-
vojlangan. Qolgan bo‘g‘imlar tananing bo‘g‘imlarga bo‘linmagan keyingi qismidan hosil
bo‘ladi. Dastlabki ikki juft pastki jag‘lar va oldingi ko‘ krak oyoqlari shakllanishi bilan lichinka
metanauplius stadiyasiga o‘tadi. Keyinchalik boshqa ko‘krak oyoqlar va qorin oyoqlar
shakllanadi;asta-sekin fasetkali ko‘zlar paydo bo‘ladi. Tana o‘ simtalari va bo‘g‘imlarning to‘la
shakllanishi bilan lichinka voyaga yetgan hayvonlarga o‘xshab ketadi. Rivojlanish davomida
lichinka po‘st tashlab turadi.
Yuksak qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlarida
rivojlnish dastlab yuqorida
keltirilgan yo‘nalishda boradi. Masalan, krevetkalarda tuxumidan chiqqan nauplius lichinkasi
rivojlanib, metanaupliusni hosil qiladi. Metanauplius esa rivojlanib, faqat yuksak
qisqichbaqasimonlar uchun xos bo‘lgan zoyea stadiyasiga o‘tadi. Zoyea lichinkasinng og‘iz
organlari, oyoqjag‘lari va qorin bo‘limi bo‘g‘imlari rivojlangan; ko‘krak oyoqlari to‘la
rivojlanmagan, qorinoyoqlardan faqat keyingi jufti shakllangan.
Metamorfozning bundan
keyingi mizid bosqichida ikki shoxli ko‘ krak oyoqlar to‘la shakllanadi; qorin oyoqlar paydo
bo‘ladi. Mizid lichinka tullagach, yosh qisqichbaqaga aylanadi.
Odatda yuksak qisqichbaqalar tuxumi sariqlikka boy bo‘ladi. Shuning uchun
metamorfoz davri yoki uning bir qismi tuxum ichida o‘tadi.
Daryo qisqichbaqasi, dafniya va
chuchuk suv qisqichbaqalari xuddi shunday rivojlanadi. Tuxumdan voyaga yetgan davriga juda
o‘xshaydigan qisqichbaqacha chiqadi. Postembrional rivojlanish metamorfozsiz boradi.
Krablarda lichinka rivojlanishining bir qismi tuxum ichida o‘tadi. Metamorfoz juda qisqarib,
tuxumidan zoyea lichinkasi chiqadi.
Tullashi. Qisqichbaqalarning tullashi murakkab fiziologik o‘zgarishlar natijasida sodir
bo‘ladi. Tullash oldidan gemolimfa va to‘qimalarda har xil organik va mineral moddalar
to‘planadi; moddalar almashinuvi jarayoni tezlashib ketadi. Kutikula
tarkibidagi moddalar bir
qismini gemolimfaga o‘tishi natijasida eski kutikulai yupqalashadi. Eski kutikula ostida
gipodermadan yangi kutikula hosil bo‘ladi. Buning uchun zarur bo‘lgan moddalar gemolimfa
va to‘qimalardan olinadi.
Tullash davrida eski kutikula yorilishi natijasida hosil bo‘lgan teshikdan hayvon
sirg‘alib chiqadi. Eski kutikula qini -
ekzuviy
bo‘shab qoladi. Yangi
kutikula egiluvchan va
yumshoq bo‘lganidan hayvon tez o‘sadi. Hayvon tanasi hajmining yiriklashuvi asosan to‘
qimalarga ko‘p miqdorda suv shimilishi, hujayralarning bo‘linib ko‘payishi natijasida sodir
bo‘ladi. Tullashdan so‘ng mineral tuzlarning ko‘p to‘planib borishi bilan kutikula qattiqlashib,
hayvon o‘sishiga tosqinlik qiladi.
Tullash jarayonini gormonal sistema nazorat qiladi. Bu jarayonda sinus bezlarining
neyrosekretor hujayralari va endokrin bezi gormonlari muhim ahamiyatga ega. Endokrin bez
gormonlari tullashni tezlashtiradi. Ko‘z poyachasida joylashgan neyrosekretor
xujayralarning
gormonlari esa endokrin bezi gormonlari ta‘sirini to‘ xtatib turadi. Tullash davrida endokrin
bezi gormonlari ko‘p ishlab chiqariladi. Tullash tamom bo‘lgach, bu bez gormoni kamayib,
ko‘z poyachasidagi neyrosekretor hujayralar gormonlari ko‘p ishlab chiqarila boshlanadi.
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi
Qisqichbaqasimonlar
jabraoyoqlilar,
sefalokaridlar,
jag‘oyoqlilar,
yuksak
qisqichbaqasimonlar, chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar kenja sinfariga bo‘linadi.
Jabraoyoqli qisqichbaqasimonlar (
Do'stlaringiz bilan baham: