O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Triops 
concriformis
va 
Lepidurus apus
uchraydi. 
Shoxdor mo’ ylovlilar (Cladocera) kenja turkumi.
Shoxdor mo‘ ylovlilar tanasi ikki 
yondan yassilashgan bo‘lib, ikki tavaqali tiniq xitin chig‘anoq ichida joylashgan. Bir qancha 
turlari (masalan, dafniya) bosh qismi pastga egilgan tumshuqsimon o‘simta - rostrumni hosil 
qiladi. Boshida bitta fasetkali ko‘z, uning oldida oddiy nauplius ko‘zi joylashgan. Dafniyaning 
fasetkali ko‘ zida 22, yirtqich vakillarida 300 tagacha ommatidalar bor. Rostrum ostida kalta 
cho‘ psimon antennulalari joylashgan (123-rasm). Antennalar esa kuchli rivojlangan uzun va 
ikki shoxli patsimon qillar bilan qoplangan bo‘ lib, harakatlanish vazifasini bajaradi. Dafniya 
ikkala antennalarini orqaga siltab, oldinga sakrab harakatlanadi. Shu sababli shoxdor mo‘ 
ylovlilarni ―suv burgalari‖ ham deyishadi. 
Shoxdor mo‘ ylovlilarning ko‘krak bo‘limi 4-6 bo‘g‘imdan iborat. Ko‘krak oyoqlari 
juda ko‘p patsimon qillar bilan ta‘minlangan. Qillar yordamida suvdan mayda oziq zarralarini 
filtrlab oladi. Ko‘krak oyoqaridagi xaltasimon o‘simtalar nafas olish funksiyasini bajaradi. 
Oldinga egilgan qorin bo‘limi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Qorni uchki qismi ikkita tirnoqsimon 
o‘simta bilan tugaydi. Shoxdor moylovlilar rangi qon plazmasi tarkibidagi gemoglobin 
miqdoriga, gemoglobin esa suv tarkibidagi kislorodga bog‘liq bo‘ladi. Suvda kislorod ko‘p 
bo‘lganida qon och qizg‘ish, kislorod tanqislida to‘q qizil rangga kiradi. Qon tomirlari 
bo‘lmaydi. Ko‘krak orqasida joylashgan pufaksimon yuragi qonni tana bo‘shlig‘ida aralashtirib 
turadi. Dafniya yuragi bir minutda 150—500 marta qisqaradi. 
Shoxdor mo‘ ylovlilarning dengiz va chuchuk suvlarda 400 ga yaqin turi bor. Chuchuk 
suvda 
Daphnia pulex
(123-rasm) va bosmina 
Bosmina longirostris
ko‘p uchraydi. Ko‘pchilik 
shoxdor moylovlilar bahor va yozda partenogenez ko‘payadi. Tuxumlarini tanasi orqa 
tomoniga qalqon ostidagi kameralarga qoyadi. Ulardan yana urg‘ochilari chiqadi. Kuzda havo 
sovishi bilan tuxumlar qishlaydigan stadiya 
efippiy
hosil qiladi. Shunday qilib, dafniyalar va 
ayrim shoxdormoylovlilar rivojlanish sikli kolovratkalarga o‘xshab geterogoniya usulida bo-
radi. 
Ko‘pincha shoxdor moylovlilar chig‘anog‘i shakli va o‘lchami yil davomida o‘zgarib 
turadi. Yoz mavsumida dafniya chig‘anog‘i bosh qismida qalpoqcha paydo bo‘ladi; chig‘anoq 
o‘simtasi cho‘ziladi. 
Siklomorfoz
deb ataladigan bu fasliy o‘zgarishlar bosmina (
Bosmina 
logirostris
) uchun ham xoc. Siklomorfoz harorat ta‘sirida suv zichligi o‘zgarishi bilan bog‘liq. 
Yuqori haroratda suv zichligi kamayganidan suzish uchun tana yuzasi kengroq bo‘ lishi lozim. 


Shoxdor mo‘ ylovlilar chuchuk suvlarda har xil umurtqasizlar va baliqlar, ayniqsa baliq 
chavoqlari uchun qimmatli oziq bo‘ ladi. Baliqchilik xo‘ jaliklarida maxsus hovuzlarda dafniya 
va ayrim boshqa qisqichbaqasimonlar ko‘ paytiriladi. 
Jag‘oyoqlilar (
Maxillopoda
) kenja sinfi. Jag‘oyoqlilarning og‘iz organlari yaxshi 
rivojlangan bo‘ lib, ozig‘ini suvdan ajratib olish uchun xizmat qiladi. Fasetkali ko‘ zlari va 
jabralari bo‘ lmaydi. Ko‘ pchilik turlarida qon aylanish sistemasi rivojlanmagan yoki juda 
soddalashgan. Ko‘ kragi odatda 6 bo‘ g‘imdan iborat. Ko‘ krakoyoqlari suzish uchun xizmat 
qiladi. 
Jag‘oyoqlilar keng tarqalgan, dengiz va chuchuk suvlarda turli chuqurlikda uchraydi. 
Ba′zi turlari o‘ troq yashaydi yoki boshqa suv hayvonlari, jumladan qisqichbaqasimonlarda 
parazitlik qiladi. Ular mistakokaridlar, kurakoyoqlilar, karpxo‘ rlar, mo‘ ylovoyoqlilar, xaltako‘ 
kraklilar turkumlariga bo‘ linadi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish