ham o‘zgaradi. Pigment sitoplazma markazidagi xromatoforalarda to‘planganida xujayra oqish
rangga kiradi. Pigmentli xujayralar faoliyatini sinus bezlari neyrosekretlari boshqaradi.
Muvozanat saqlash
organlari yuksak qisqichbaqasimonlar, asosan o‘noyoqlilar uchun
xos.
Statotsistalar
deb ataladigan muvozanat saqlash organlari antennulalarning asosiy
bo‘g‘imida joylashgan bo‘lib, xitin po‘stning tana ichiga botib kirishidan hosil bo‘lgan
chuqurchadan iborat. Chuqurcha ichida patsimon sezgir tukchalar bor. Tashqi muhitdan odatda
chuqurchaga qum zarralari tushib turadi. Bu zarralar
statolitlar
(muvozanat toshchalari)
vazifasini o‘taydi. Tullash davrida statolitlar xitin qoplag‘ich bilan birga tushib ketadi.
Qisqichbaqa qisqichlari yordamida yoki boshini qumga bir necha marta tiqib, qum zarralarini
statotsistalar chuqurchasiga tushiradi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Germafroditlik faqat o‘troq hayot kechiradigan mo‘
ylovoyoqlilar orasida uchraydi. Boshqa qisqichbaqasimonlar esa ayrim jinsli bo‘ladi.
Ko‘pchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Ayrim qisqichbaqasimonlar (masalan,
artemiya jabraoyoqlisi) erkaklarida shakli o‘zgargan antenna yoki antennullalar urg‘ochisini
tutib turish vazifasini bajaradi. Daryo qisqichbaqasi erkagining qorin qismi urg‘ochisinikiga
nisbatan ingichka, birinchi va ikkinchi juft oyoqlar esa kopulyativ (kuyikish) organiga
aylangan. Tuban qisqichbaqalar erkaklari urg‘ochilaridan kichikroq. Ayrim parazit va
moylovoyoqli qisqichbaqalarning erkaklari urg‘ochilariga nisbatan juda kichik bo‘ladi.
Qisqichbaqasimonlar jinsiy organari ancha sodda tuzilgan; ko‘pincha bir juft jinsiy
bezlar (urug‘donlar, tuxumdonlar) va ulardan boshlanadigan tuxum yoki urug‘ chiqarish naylari
hamda tashqi jinsiy teshikdan iborat. Urug‘ chiqarish yo‘llari bir juft uzun naylardan iborat.
Urug‘ chiqarish nayi devorida maxsus bezlar sekreti yordamida urug‘ hujayralar bir-biriga
yopishib, ancha yirik qopchiqlar - spermatoforlarni hosil qiladi. Urug‘lanishda erkagi
spermatoforlarni urg‘ochisi jinsiy teshigiga kiritadi yoki uning yaqiniga osib qoyadi.
Jabraoyoqlilar kenja sinfi turlarida tuxum hujayralari partenogenetik rivojlanish xususiyatiga
ega. Ayrim turlarida urg‘ochilari jinsiy teshigi yaqinida maxsus urug‘qabulqilgich joylashgan.
Unda urug‘ hujayralari saqlanadi. Jinsiy teshiklar tananing turli qismida joylashgan. Daryo
qisqichbaqasi erkagi jinsiy teshigi beshinchi juft, urg‘ochisiniki uchinchi juft yurish oyoqlari
koksopoditlarida joylashgan. Ayrim qisqichbaqasimonlarning urug‘ hujayralari juda yirik
bo‘ladi. Chig‘anoqli qisqichbaqalar ayrim turlari urug‘ hujayralari 6 mm, ya‘ni hayvonning
tana uzunligidan bir necha marta ortiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: