O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

kardial
bo‘lmasi devorida uchta xitin tishchali plastinka bor. Ikkinchi 
pilorik
bo‘lmasidagi yupqa 
kutikulali o‘ simtalar filtrlovchi elak vazifasini bajaradi. Bu o‘simtalar orqali o‘rta ichakka 
faqat suyuq oziq o‘tadi. Oshqozonda oziq maydalanib, qisman hazm bo‘ladi. Oziqning 
maydalanmagan qismi pilorik oshqozondan bevosita orqa ichakka, undan anal teshigi orqali 
tashqariga chiqariladi. Kalta o‘rta ichak jigar bilan tutashgan. Tuban qisqichbaqasimonlar jigari 
o‘rta ichak yon o‘simtalaridan hosil bo‘lgan juft naychalardan, oily qisqichbasimonlar jigari 
bitta umumiy naycha orqali o‘rta ichakka ochiladigan ikkita bo‘lakdan iborat. Jigar suyuqligi 
o‘rta ichakka tushib, yog‘larni emulsiyalaydi; oqsil va uglevodlarni parchalaydi. Jigar 
hujayralari oziq zarralarini qamrab olib, hazm qilish xususiyatiga ham ega. Shunday qilib, jigar 
oshqozonosti bezi funksiyasini ham bajaradi. 
Nafas olish sistemasi. Mayda qisqichbaqalarning maxsus nafas olish organlari 
bo‘lmaydi; faqat terisi orqali nafas oladi. Ko‘pchilik turlari esa jabra orqali nafas oladi. 
Qisqichbaqasimonlarning jabralari halqali chuvalchanglar singari teri bilan bog‘liq bo‘lib, oyoq 
protopoditi epipoditidan kelib chiqqan va plastinkaga o‘xshab shoxlangan o‘simtalardan iborat. 
Jabralar odatda ko‘krak oyoqlarida joylashgan. O‘noyoqli qisqichbaqalarning jabralari 
boshko‘krak qalqoni ostida maxsus jabra bo‘shlig‘ida joylashgan. Daryo qisqichbaqasi jabralari
jag‘oyoqlari va yurish oyoqlari asosida 3 qator bo‘lib joylashgan. Suv boshko‘krak qalqoni 
bilan tana oralig‘ida hosil bo‘ladigan tirqish orqali jabra bo‘ shliqlariga o‘tib, boshqa tirqishdan 
chiqib ketadi. 2-3 juft jag‘oyoqlarining harakati tufayli suv jabralarni yuvib turadi. Gemolimfa 
bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘i jabralar ichiga ham kiradi. Gaz almashinuvi jabralarning yupqa 
kutikulasi orqali sodir bo‘ladi. 


Quruqlikda yashocchi qisqichbaqasimonlarda atmosfera havosi bilan nafas olishga 
imkon beruvchi moslanishlar paydo bo‘lgan. Xurmo o‘g‘risi nafas olish organi jabra bo‘shlig‘i 
o‘rnida hosil bo‘lgan o‘pkadan iborat. Zaxkashlar qorin oyoqlari bo‘shlig‘ida kutikulani tana 
ichiga botib kirishi natijasida hosil bo‘lgan shoxlangan havo naychalari bor. Bu xildagi nafas 
olish sistemasi o‘rgimchaksimonlar va hasharotlarning traxeyalariga o‘xshab ketadi. 
Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi boshqa bo‘g‘imoyoqlilar singari ochiq. 
Gemolimfa tomirlarda va qisman tana bo‘ shlig‘i sinuslarida oqadi. Qon tomirlari devori 
epiteliy bilan qoplangan. Qon aylanish sistemasining tuzilishi nafas olish organlarining 
rivojlanganligi bilan bog‘liq. Tana yuzasi orqali nafas oladigan turlari qon aylanish sistemasi 
soddalashib, faqat yurak saqlanib qolgan yoki qon aylanish sistemasi butunlay yo‘qolib ketgan 
(bargoyoqlilar). 
Qisqichbaqasimonlarning yuragi odatda bir necha kamerali naychaga yoki pufakka 
o‘xshash bo‘lib, tanasi orqa qismida joylashgan. Yurakni miksotseldan hosil bo‘lgan 
xaltasimon yurakoldi bo‘ lmasi o‘rab turadi. Jabralarda kislorod bilan toyingan gemolimfa 
venalar orqali yurakoldi bo‘lmasiga keladi. Yurak devorida ostiylar joylashgan. Daryo qisqich-
baqasi ostiylari 3 juft bo‘ladi; yuragdan oldinga uchta, orqaga bitta yirik arteriya chiqadi. Qon
tomiri bir qancha mayda tomirlarga ajralib, tana bo‘shlig‘iga kelib quyiladi. Kislorodini 
to‘qimalarga berib karbonat angidrid bilan toyingan gemolimfa qorin sinusiga to‘planib, 
jabralarga boradi. U yerda kislorod bilan toyinib, venalar orqali yurakoldi bo‘lmasiga quyiladi. 
Tuban tuzilgan ayrim jabraoyoqlilar yuragi bir necha bo‘lmalarga bo‘lingan uzun nayga 
o‘xshaydi. Bargoyoqli qisqichbaqasimonlarning (dafniya) qon tomirlari bo‘lmaydi; yuragi 
gemolimfani aralashtirish vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlar gemolimfasi 
rangsiz, ba′zan qizil yoki ko‘kish bo‘ladi. Gemolimfa rangi unda erigan nafas olish pigmentlari 
- gemoglobin yoki gemotsianin bilan bog‘liq. 
Ayirish sistemasi. Qisqichbaqasimonlar ayirish organlari kelib chiqishiga ko‘ra halqali 
chuvalchanglar metanefridiylari bilan bog‘liq bo‘lgan antennal yoki maksillyar bezlardan 
iborat. Oliy qisqichbaqalar ayirish organlari bosh qismida joylashgan bir juft uzun chigal 
naychalardan iborat. Naychalar chigalining bir uchi selomik xaltachaga, ikkinchi uchida 
qovuqqa tutashgan. Qovuq antennalar asosida tashqariga ochilgani sababidan ayirish organi 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish