O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

soxta 
traxeyalar
‖ deyiladi. 
Tengoyoqlilar tuxumlari urg‘ochi hayvonlar ko‘ krak xaltasida rivojlanadi. Tuxumdan 
chiqqan lichinkasi ko‘krak oyoqlarining kuchsiz rivojlanganligi bilan voyaga yetgan davridan 
farq qiladi. 
Tengoyoqlilar dengiz va chuchuk suv havzalarida hamda quruqlikda yashashga 
moslashgan 4500 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismi dengiz bentosi 
tarkibiga kiradi. Bir qancha turlari planktonda uchraydi. Dengizlar, sho‘ r suvli ko‘llara va 
daryolarning quyi oqimida uzunligi 10 sm keladigan dengiz suvaragi (
Nesidothes entomon

uchraydi. Hovuz, ko‘ l va tinch oqar suvlarda suv xo‘tikchalari 
Asellidae 
oilasi vakillari ko‘p 
uchraydi. Quruqlikda esa zaxkashlar (
Oniscoidea
kenja turkumi) keng tarqalgan. 
Tengoyoqlilar orasida (
Oniscoidea
) ayniqsa, katta amaliy ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo 
cho‘ llarida keng tarqalgan 
Hemilepistus cristatus
tuproqda 60-100 sm chuqurlikda in quradi. 
Inning ichida harorat qishda birmuncha iliq, yozda salqin, namlik doimo bir xil bo‘ladi. Ayrim 
tengoyoqlilar baliqlar terisida va boshqa qisqichbaqasimonlar jabra bo‘ shlig‘ida parazitlik 
qiladi. 
Zaxkashlar inlarida oila bo‘lib yashaydi. Indan faqat kechqurunlari va ertalab chiqadi; 
qishda esa karaxt holatga o‘tadi. Zaxkashlar o‘ simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproq 
hosildorligini oshirishda yordam beradi. Ular in qazib, tuproq qatlamlarini aralashtiradi; 
tuproqqa suv shimilishi va havo o‘tishini yaxshilaydi. Shu sababdan ular ini atrofida o‘simlik 
yaxshi o‘sadi. Zaxkashlarning tuproq hosil qilishdagi faoliyatini yomg‘ir chuvalchanglari bilan 


tenglashtirish mumkin. Sernam sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan 
Hemilepistus zachvatkini
zaxkashi o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi. 
Har xil oyoqlilar, ya‘ni yonlab suzarlar
(Amphipoda) 
turkumi. Yonlab suzarlarning 
tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Bosh 
bo‘limi birinchi, ba‘zan ikkinchi ko‘ krak bo‘g‘imi bilan qo‘shilib ketgan. Fasetkali ko‘zlari va 
ikki juft moylovlari yaxshi rivojlangan, og‘iz organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Bosh qalqoni 
ostida muvozanat organi joylashgan. Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan birmuncha farq 
qiladi. Shu sababdan ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan. 
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi olti bo‘g‘imdan iborat; qorinoyoqlari yaxshi 
rivojlangan. Uch juft ikki shoxli oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, suzish 
uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli, lekin ular orqa tomonga 
egilgan. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar - uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish 
davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum xaltasi hosil bo‘ladi. Xaltadagi tuxumlar 
ichida embrionlar rivojlanadi. Yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi. 
Yonlab suzarlarga 4500 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda suv tubidagi 
loyqada yoki naysimon inlarda yashaydi. Ayrim turlari planktonda hayot kechiradi. Chuchuk 
suvli ko‘ llarda ko‘l yonlab suzari 
Gammarus lacustris
, oqar suvlarda 
G.balanicus
keng 
tarqalgan. Yonlab suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Suv 
havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish ayniqsa muhim 
ahamiyatga ega. 
O‘noyoqlilar (Decapoda) turkumi. O‘ noyoqlilar - yirik va eng murakkab tuzilgan 
qisqichbaqasimonlar (129-rasm). Ularning bosh qismi prototsefalonda ikki juft moylovlari va 
poyachali bir juft fasetkali ko‘zlari joylashgan. Harakatchan poyacha ko‘rish maydonini 
kengaytiradi. Poyachada joylashgan ichki sekretsiya bezlari gormonlari pigmentni hujayrada 
tarqalishi, tullash, modda almashinuvi, qon tarkibidagi shakar va kaltsiy miqdorini boshqarish 
jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Qisqichbaqalarning murakkab ko‘zlari pigment hujayralar qavati 
bilan ajralib turadigan juda ko‘p mayda ommatidlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik uzundumli 
qisqichbaqasimonlar antennulalari 2-3 shoxli bo‘ladi. Antennalardagi tuklar hid bilish, tuyg‘u 
va kimyoviy sezgi organi vazifasini bajaradi. 
O‘noyoqlilarning ko‘ krak bo‘g‘imlari uch juft jag‘ bo‘g‘imlari bilan qo‘shilib, yaxlit 
jag‘ko‘krakni hosil qiladi. Jag‘ko‘krakni orqa tomondan karapaks yopib turadi. Ko‘pchilik 
turlarida karapaksning oldingi qismi o‘tkir uchli rostrumni hosil qiladi. Oldingi uch juft ko‘krak 
oyoqlari jag‘oyoqlarga aylangan. Jag‘oyoqlari oziqni ushlash va uni og‘iz teshigiga surish 
uchun xizmat qiladi. Qolgan 5 juft ko‘krak oyoqlari yordamida ular o‘rmalaydi. Shu sababdan 
ular o‘noyoqlilar deb ataladi. Oldingi bir juft ko‘krak oyoqlari oziqni ushlash uchun xizmat 
qiladi. 
Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlarining qisqichi bor. Krablar va 
zohid qisqichbaqalarning faqat birinchi juft oyoqlari; krevetkalarning oldingi ikki juft oyoqlari, 
daryo qiskichbaqalari, omarlar va ayrim krevetkalarning oldingi uch juft oyoqlarida qisqichlar 
rivojlangan. Odatda oldingi ko‘krak oyoqlarining qisqichlari boshqalariga nisbatan kuchliroq 
bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim o‘noyoqlilarda qisqichlar bo‘lmaydi. Qisqichlar ko‘pincha 
asimmetrik, ya′ni ulardan biri ikkinchisidan yirikroq bo‘ladi. Omarlarning yirik qisqichi dengiz 


kirpilarining qattiq po‘sti va mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik qisqichi esa 
krevetka va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dengizlarda tarqalgan 
chorlovchi krablarning o‘ng qisqichi chap qisqichiga nisbatan juda yirik bo‘ladi. Ayrim 
o‘noyoqlilarning keyingi ko‘krak oyoqlari ham o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Masalan, zohid 
qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa tanasini chig‘anoq ichida ushlab 
turish uchun xizmat qiladi. 
O‘noyoqlilarning jabralari oyoqjag‘lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imi bilan 
bog‘langan yoki ko‘krak oyoqlarining tanaga birikkan joyida joylashgan. Karapaks jabralarni 
ikki yon tomondan yopib olishi tufayli jabra bo‘ shlig‘i paydo bo‘ ladi. Suv jabra bo‘ shlig‘iga 
qisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imlari o‘rtasida joylashgan teshiklar 
orqali kirib, karapaksning oldingi tomonidan chiqib ketadi. Quruqlikda hayot kechiradigan qis-
qichbaqalar (masalan, palma o‘g‘risi 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish