Farg’ona Davlat Unversiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya(turlar bo’yicha) yo’nalishi 20-71B guruh talabasi Sodiqova Husnigulning, Zoologiya fanidan



Download 4,6 Mb.
Sana11.01.2022
Hajmi4,6 Mb.
#344539
Bog'liq
BO‘G‘IMOYOQLILAR (ARTHROPODA) TIPI

Farg’ona Davlat Unversiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya (turlar bo’yicha) yo’nalishi Zoologiya fanidan

AMALIY ISHI

Mavzu:BO‘G‘IMOYOQLILAR (ARTHROPODA) TIPI

Reja:

1.Kirish. Umumiy ma’lumotlar.

2. Tashqi va ichki tuzilishi;

3. Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi.

4. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi.

Yashash muhiti va tarqalishi.

5. Remipedia va Cehpolocarida sinfi

6. Jabra oyoqlilar(Anostraca) va Bargoyoqlilar (Phyllopada)

7. Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) sinfi.

8. Tashqi va ichki tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar.

6. Foydalanilagan adabiyotlar.

7. Xulosa.


1.Kirish. Umumiy ma’lumotlar.

Bo‘g‘imoyoqlilar tipi nihoyatda xilma-xil tuzilgan va har xil muhitga moslashgan 2,0 mln. Turdan ortiq umurtqasizni o‘z ichiga oladi. Ular turlarining xilma-xilligi jihatidan boshqa hamma hayvonlami birga qo'shib hisoblanganda ham bir necha marta ustun turadi. Ular tanasi xitin kutikula bilan qoplangan. Ko‘pchilik hayvonlar kutikulasiga ko’p miqdorda ohak shimilishi natijasida juda qattiqdashadi. Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik tasirdan himoya qiladi; organlar uchun tayanch tashqi skelet funksuiyasini o‘taydi.

Bo‘g‘imoyoqlilaming tanasi va oyoqlari bo'g'imlarga bo‘lingan. Bo‘g ‘imlarning tuzilishi va o‘lchami har xil - geteronom boladi. Kutikula har bo‘g’imda to'rttadan plastinka - skleritlarni hosil qiladi. Orqa plastinka- tergit, ikki yon plastinkalar -plevrit va ostki qorin plastinkasi- sternit deyiladi

Kutikula qalin va qattiq bo‘lib, hayvonlarni erkin harakatlanishi va o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Skleritlar va bo'g'imlar o ‘zaro juda yupqa va pishiq egiluvchan parda yordamida tutashgan. Bo‘g'imoyoqlilar oyoqlari halqali Oyoqlarning bo‘g'imlarga bo‘linganligi va tanaga harakatchan birikkanligi tufayli bo‘g‘imoyoqlilar xilma xil va murakkab harakatlar qila oladi.

Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limiga bo‘linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo‘limlarining o ‘zaro qo‘shilib ketishi va ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. Bosh bo‘limi akrondan va to‘rtta tana bo‘g‘imidan kelib chiqqan. Boshida sezgi va og‘iz organlari joylashgan. Boshining birinchi bo‘g‘imi akron halqali chuvalchanglar prostomiumiga, boshqa to‘rtta bo‘g‘imi tana bo‘g‘imlariga mos keladi. Ko'krak 3-8 bo’g’imdan iborat; unda yurish oyoqlari va qanotlari (hasharotlarda) joylashgan.

2. Tashqi va ichki tuzilishi;

Bo‘g‘imoyoqlilarning to‘p bo‘lib joylashgan ko‘ndalang targ'il muskullari halqalilar teri-muskul xaltasi devori va silliq muskullaridan keskin farq qiladi. Ularning embrional rivojlanishida dastlab selom shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon tugallanmay selom devori yemirilib. selom birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘i bilan qo‘shilib ketib, aralash tana bo'shlig ‘i - miksotsel shakllanadi.

Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o'xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar - ostiylar orqali o'tib, bevosita yoki bir necha tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo'shhg'iga chiqib ketadi. Qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketgan. Shuning uchun uni gemolimfa deb ataladi.

Nafas olish organlari - jabra, o'pka yoki traxeyalar. Jabralar - lurlatnchi suvda yashovchi bo'gimoyoqlilar, traxeya va o'pkalar - quruqlik bo‘g‘imoyoqlilari uchun xos organlar.

Suv bo‘gimoyoqlilarning ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo'lgan bir juIt naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo'g'imoyoqlilarida malpigi naychalari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi

qisimiga ochiladi.

Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o'xshash tuzilgan bo'lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya’ni bosh miya, halqumni aylanib o'tuvchi nerv tomiri - qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum , tritotserebrum bo'limlarga bo' linadi. Bo'g'imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko'zlari bitta linzali oddiy va k o'p linzali murakkab, ya’ni fasetkali bo'lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg'u organlari rivojlangan.

Bo'g‘imoyoqlilar juda xilima-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda ko'payish va nasli to'g'risida g'am xo'rlik qilish bilan bog'liq bo'lgan juda murakkab shartsiz tug'ma reflekslar ham rivojlangan. Oliy bo'g'imoyoqlilarning hayoti

davomida turli xiol shartli reflekslar -ko'nikmalar ham oson hosil bo'ladi.

Ko'pchilik bo'g'imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug'lanish ba'zan urug'lanmasdan partenogenez jinsiy ko'payadi. Azaldan suvda yashaydigan bo'g'imoyoqlilarda urug'lanish tashqi, quruqlik bo'g’imoyoqlilarida ichki bo'ladi. Ayrim vakillari tuxum qo‘yinasdan tirik bola tug‘adi. Ko'pchilik bo'g'imoyoqlilar ancha murakkab o'zgarishlar orqali metamorfoz rivojlanadi. To’liq metamorfoz

rivojlanishda tuxumdan chiqqan nasl voyaga yetgan davriga o'xshash bo‘lmasa qurt deyiladi.

Bo‘g’imoyoqlilaming sariq moddaga boy bo'lgan

tuxumlaridan chiqqan yosh nasli voyaga yetgan davriga o'xshash bo‘lad i.

Bo‘g‘imoyoqlilar faqat tullab o ‘sadi. Tullash o‘sayotgan hayvon uchun tor kelib qolgan eski po‘stning yorilib, hayvon tanasidan tushib ketishidan iborat . Tullayotgan hayvonda eski kutikula faqat tanasidan emas, balki oyoqlari, og‘iz organlari, nafas yo'llari, ichagi oldingi va keyingi qismlaridan ham tushib ketadi.

Bo'g'imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar. Xelitseralilar va trilobitasimonlar kenja tiplariga bolinadi.

3. Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi.

Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiato) kenja tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar azaldan suvda yashovchi hayvonlar hisoblanadi. Ularning jabralari parapodiy o ‘simtalarining o ‘zgarishidan kelib chiqqan. Bir qancha juda mayda vakillarining jabralari bo‘lmaydi, ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan turlari (zaxkashlar) o‘ziga xos tuzilgan traxeyalar bilan nafas oladi. Bu kenja

tipga faqat qisqichbaqasimonlar sinfi kiradi.

Tullash davrida ichakning bu qismlari ham po‘st tashlaydi. Orqa chiqaruv teshigi telsonning qorin tomonida joylashgan. Ularning jigari bir juft hazm qiluvchi bezlardari iborat (2, 3-rasmlar).

2~rasm. Daryo qisqichbaqasi anatomiyasi. A - orqa tomondan ochib ko'rsatilgan В - chaynovchi oshqozon ochib ko'rsatilgan: 1-rostrum, 2- chaynovchi oshqozon, 3-jigar, 4- ichak, 5-yurak, 6, 7-arteriyalar, 8-tuxumdon, 9-qorin nerv zanjiri, 10-jabralar.

4-rasm. Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi. 1 -antennalar arteriyasi,2-oldingi va orta (ko'z arteriyasi), 3-yurak, 4- perikardiy, 5,6-jabra arteriyasi, 7-orqa (qorinusti) arteriyalari, 8-nervosti arteriyasi,9-qorin vena sinusi.

Tuban tuzilgan ayrim jabraoyoqlilar yuragi bir necha bo‘lmalarga bo'lingan uzun nayga o'xshaydi. Bargoyoqli qisqichbaqasimonlarning (dafniya) qon tomirlari bo‘lmaydi; yuragi gemolimfani aralashtirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik qisqichbaqasimonlar gemolimfasi rangsiz. Ba'zan qizil yoki ko'kish bo‘ladi. Gemolimfa rangi unda erigan nafas olish

pigmentlari - gemoglobin yoki gemotsianin bilan bogliq

5-rasm. Metanefriday tipidagi ayinsh organi (antennal bez). A-qovuq, 2- ayirish teshigi,3, 4,5- nay, 6- selomik xalta.

Nerv sistemasi. Qisqichbaqasimonlar nerv sistemasining umumiy tuzilish halqali chuvalchanglarga o ‘xshaydi. Eng tuban tuzilgqan jabraoyoqlilar nerv sistemasi bir juft bosh gangliylari, halqum atrofi qonnektivalar, qorin nerv stvollari va har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan inylashgan nerv gangliylardan iborat.

6-rasm. Qisqichbaqasimonlar markaziy nerv sistemasi tiplari. A - jabraoyoqlilar. В - eufauziylar. V - og‘izoyoqlar. G - o'noyoqlilar. D – kurakoyoqlilar

Qisqichbaqasimonlar bosh miyasi prototserebrum va deytotserebrum bo'limlaridan iborat. Ko‘pincha antennalar tugunlari ham bosh miyaga yondoshib, uchinchi bosh miya bo‘limi tritotserebrumni hosil qiladi. Prototserebrumdan ko‘zlarga, deytotserebrumdan antennulalarga nervlar

chiqadi. Qisqichbaqasimonlar va hamma bo‘g‘imoyoqlilar tanasidagi nerv sistemasi tarkibiga gormonlar ishlab chiqaruvchi maxsus neyrosekretor bezlar ham kiradi. Bu bezlaming gormoni gemolimfaga tushib, barcha organlar faoliyatiga, modda almashinuvi, tullash, metamorfoz kabi

jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Neyrosekretor sistema bezlari bosh miya va qorin nerv zanjirimng turli qismlarida, shuningdek ko‘rish nervlari yo'lida joylashgan. Bezlar sekreti nervlar orqali sinuslariga, ulardan gemolimfaga tushadi.

Embrional rivojlanish. Mezoderma dastlab halqali chuvalchanglar singari selomik xaltachalami hosil qiladi. Lekin bu jarayon tugallanmasdan , mezoderma yemirilib, uning xujayralaridan yurak va boshqa mezodemial organlar shakllanadi. Selom birlamchi tana bo‘shlig‘i biIan qo‘shilib, aralash tana bo'shlig'iga aylanadi. Posiembrional rivojlanishi. Qisqichbaqalar postembrional rivojlanishni murakkablashuvi tuxum hujayrasidagi sariqlik miqdoriga bog'liq. Sariqliqligi kam bo‘lg an tuxumdan ancha sodda tuzilgan nauplius

lichinka chiqadi (7-rasm).

7-rasni. Qisqichbaqasimonlarning

naupleus lichinkasi. 1-antenna,

2-mandibula,3-antenulla,

4-nauplius ko’z,

5-antennal

ayirish bezi, 6-ichak.

8-rasm. Krablarning zoea lichinkasi. 1- murakkab ko‘z, 2-antennulla, 3-antenna, 4,5 2-oyoq jagiar, 6-ko‘rakoyoqlar

boshlangichi, 7-qorin, 8-so‘nggi juft qorinoyoqlari.

9-rasm. Krevetkalarning mizid lichinkasi. 1-antennulla, 2-antenna, 3- ko’krak oyoqlari, 4- qorinoyoqlari, 5- suzgichoyoq, 6-telson.

120-rasm. Krab sinusoid bezi nayrosekretor sistema sxemasi.

1-qorin gangliysi, 2-bosh miya, 3-ko‘rish nervi, 4-ko‘z poyachasi,

5-neyrosekretor hujayralar, 6-neyrosekretor hujayralar



o'simtasi, 7-murakkab ko'z, 8-sinus bezi, 9-endokrin bez.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!!


Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish